Meteorologik omil ko‘rsatkichlarini tekshirish. Ko‘rsatkichlarni o‘lchash amaldagi qoidalarga asosan olib boriladi. Ularga ko‘ra havo harorati, namligi va harorat tezligi ish joylarida o‘tirib ish bajariladigan hollarda polda 1 m va tik turib ish bajariladigan bo‘lsa 1,5 m balandlikda o‘lchanadi.
Infraqizil nurlarni har bir manbadan eng ko‘p nurlanish ish joylariga tarqalayotgan yo‘nalishi bo‘yicha o‘lchash asbobini shu yo‘nalishda perpendikulyar ravishda qo‘yib poldan yoki ish maydonidan 0,5, 1,0 va 1,5 m balandlikda o‘lchanadi.
Havo haroratini (konveksion issiqlikni) o‘lchash. Bu maqsadlarda asosan termometr va termograflardan foydalaniladi. Amalda havo haroratini o‘lchash uning namligini o‘lchash bilan bir vaqtda Avgust va Assman psixrometrlarning quruq termometrlaridan foydalaniladi (harorat 500C gacha bo‘lsa). Ish joylarida infraqizil nurlanishlar bo‘lsa ularning termometrga ta’sirini yo‘qotish choralari ko‘riladi. Bu maqsadlarda Assman psixrometr javob beradi. CHunki uning termometrlari uchi maxsus qoplama bilan yopilgan. Termograflar bilan o‘lchanishlar o‘tkazishganda ham ularni infraqizil nurlanish ta’siridan saqlash kerak.
Havo namligini o‘lchash. Havo namligi absolyut,maksimal hamda nisbiy ko‘rsatkichlar bilab aniqlanadi. Absolyut namlik – bir metr kub havoda tekshiruv o‘tkazish sharoitida bor bo‘lgan suv bog‘lari miqdoridir. Maksimal namlik – tekshiruv o‘tkazilayotgan sharoitda bir metr kub havoni to‘la to‘yintirish uchun kerak bo‘ladigan suv bug‘lari miqdori. Nisbiy namlik absolyut namlikning maksimal namlikka bo‘lgan nisbati. Gigienik amaliyotda havoning namlik darajasiga nisbiy namlik bo‘yicha baho beriladi. Nisbiy namlikni o‘lchash uchun mikrometr va gigrograf asboblaridan foydalaniladi.Ammo ishlab chiqarish sharoiti bu asboblardan foydalanishning har doim ilojisi yo‘q.Bu asboblarni ishiga havo harakati tezligi va infraqizil nurlanishlar ta’sir etadi.Buning natijasida olingan ma’lumotlar talabga javob bermaydi.SHu sababdan mehnat gigienasi tajribasidan nisbiy namlikni Avgust va Assman psixrometrlar va maxsus jadvallar yordamida aniqlanadi. Psixrometrlar ikki yonma-yon joylashgan termometrlardan tashkil topgan bo‘lib, biri maxsus mato parchasi bilan o‘ralgan bo‘ladi. O‘lchash o‘tkazish uchun avval mato o‘ralgan termometri qo‘llaniladi. So‘ngra o‘lchash lozim bo‘lgan erga asbob o‘rnatiladi.
6-rasm. Assman psixrometri.
Ko‘rsatkichlar Avgust psixrometidan 15-20 daqiqadan so‘ng, Assman psixrometridan esa 3-4 daqiqadan so‘ng yozib olinadi. Olingan ma’lumotlar quruq va qo‘llangan termometrlar ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘ladi.Bu ko‘rsatkichlar yordamida maxsus jadvaldan havoning nisbiy namligi %da aniqlanadi.