1.Haddan tashqari ruhiy zo`riqish holati.Boshqacha aytganda chegaradan chiqib ketgan ruhiy holat.Bu inson ruhiy holatining buzilishiga,ruhiy ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Bunda ko`zga yaqqol tashlanadigan holatlar-harakatlarning
susayishi,koordinatsiyalarning buzilishi,noto`g`ri harakatlar va
boshqa salbiy holatlarning yuz berishi kuzatiladi.
Xaddan tashqari ruhiy zo`riqish holati ikki turli bo`lishi mumkin: tormozlovchi va jo`shtiruvchi (qo`zg`atuvchi) turlari.
Tormozlovchi turi-harakatlarning sekinlashishi va cheklanganligi bilan xarakterlanadi.Mutaxassis o`z ish vazifasini avvalgi chaqqonlik bilan bajara olmaydi.Javob reaktsiyalarining tezligi pasayadi.Fikrlash jarayoni sekinlashadi, eslash yomonlashadi,ilgari bo`lmagan parishonxotirlik paydo bo`ladi va tinch holatda bu odamga xos bo`lmagan boshqa salbiy belgilar paydo bo`ladi.
Jo`shtiruvchi (qo`zg`atuvchi) turi-yuqori darajada aktivlik,ko`p gapirish, qo`llarning va ovozning titrash belgilari bilan namoyon bo`ladi.Operator zarurati bo`lmagan asboblarning holatini tekshirish,o`z kiyimlari holatini to`g`rilash, qo`llarni bir-biriga ishqalash va sh.o`.ko`plab harakatlar qiladi.Odamlar bilan muloqotda jizzakilik,qiziqqonlik va unga xos bo`lmagan qo`pollik,qo`rslik,ranjish kabi salbiy sifatlar paydo bo`ladi.
2.Alohida ruhiy holat.Operatorning ruhiy holati
nazoratini tashkil qilishning zarurati,mutaxassislarda ularga
xos bo`lmagan,kutilmaganda yoki tashqi omillar ta`sirida yuzaga
chiqadigan,uning ishlash qobiliyatini o`zgartiradigan alohida
ruhiy holat paydo bo`lishi bilan bog`liq.Bunga ongning
paroksizmal(o`qtin-o`qtin)faoliyati buzilishi,kayfiyatining
buzilishi,kishi ruhiyatiga ta`sir qiluvchi(stimulyatorlar,alkogol va sh.o`) moddalarni iste`mol qilish bilan bog`liq holatlar misol bo`la oladi.
Mastlik va surunkali ichish xavfsizlik uchun juda katta muammodir.
Ish paytida mast qiluvchi ichimliklarni ishchanlikka salbiy tasir qilishi hammaga malumdir.
Malumotlarga qaraganda,avtomobil` jarohatlarining 40-60%
ichkilik oqibatida, ishlab chiqarishdagi o`lim xodisalarining 64% mastlik xolatida jabrlanuvchining noto`g`ri harakati oqibatida sodir bo`ladi.
Kishi ruhiy faoliyatining atrof-muhit tasiri ostida o`zgarib turishi ishlab-chiqarish tashkilotchilari oldiga yangi muammolar qo`yadi.
Paroksizmal holat-bu qisqa muddatli(sekunddan bir necha minutgacha)hushdan ketishdir.U kelib chiqishi turlicha bo`lgan(bosh miyaning kasallanishi,epilepsiya), miya faoliyatining buzilishidir.Ayrim hollarda insonning yerga kulashi, tananing qattiq qaltirashi,qo`l va oyoqlarning akashak(qotish) bo`lib qolishi kuzatiladi.
Paroksizmal holati operator faoliyatida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa avtotransport haydovchilari,montajchilar,yuqorida ishlovchi quruvchilar uchun juda xavfli holatdir.Bunday ishlarga paroksizmal holatga moyil kishilar qo`yilmaydi.
Ruhiy o`zgarishlar va affekt holat kishida ruhiy ta`sir ostida paydo bo`ladi. Kayfiyatning pasayishi,loqaydlik holati bir necha soatdan 1-2 oygacha davom etishi mumkin.Bu holat qarindosh yoki yaqin kishilarning o`limi yoki konflikt vaziyatlardan keyin kuzatiladi.Bunda beparvolik,lanjlik,tanglik,susayish,fikrlash jadalligining susayishi hollari kuzatiladi.Kayfiyatning pasayishi o`z-o`zini nazorat qilishning yomonlashuvi bilan bog`liq bo`lib,ishlab chiqarish jarohatiga sabab bo`lishi mumkin.Hafagarchilik,xaqorat,omadsizlik ta`sirida kishida affekt holati rivojlanishi mumkin(affekt-hissiyotlarning,ichki tuyg`ularning portlashi).Affekt holatidagi kishida keskin,agressiv va vayron qiluvchi harakatlar kuzatiladi.Affekt holatiga moyil kishilar jarohatlanishga moyil hisoblanib,mas`uliyati yuqori bo`lgan ishlarga qo`yilmasligi kerak.
Ishdagi ixtilofli vaziyatlar,o`z ishidan qoniqmaslik,ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar hafagarchilikka olib keladi.Bu gohida kishi ruhining tushib ketishiga olib kelsa,gohida agressivlikka,shafqatsizlikka,ayrim hollarda yuvvoshlik va itoatkorlikka olib keladi.
Havotir(xavfni_kutish_holati)'>Havotir(xavfni kutish holati)-bu xavfga nisbatan emotsional reaktsiya holatidir.Kishi bunday holatda xatoga yo`l qo`yishi,xavfli harakatlar qilishi ehtimoli ko`proq bo`ladi.U kishida notavonlik,qat`iyatsizlik,tashqi omillar oldida ojizlik, gumonsirash va sh.o`.xislatlar ko`rinishida ifodalanadi.
Havotir kishida qo`rquv,hurkish,sarosimaga tushish shakllarida namoyon bo`ladi.Sarosimaga(dahshatga)tushish holati ishlab chiqarishda xavfli vaziyatlarning paydo bo`lishiga yoki rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan barcha omillar muntazam yoki vaqtincha xavfli vaziyatlar yoki baxtsiz hodisalar paydo bo`lishi imkoniyatlarini oshiradi,lekin bular albatta baxtsiz hodisaga yoki xavfli vaziyatga olib keladi deb bo`lmaydi. Boshqacha aytganda ularni bevosita xavfga olib keluvchi sabablar deb qarash kerak emas.
3.Ishlab chiqarish ruhiy holati.Bu ruhiy holat mehnat faoliyati jarayonida paydo bo`ladi va quyidagi guruhlarga bo`linadi:
a)Nisbatan barqaror va uzoq davom etadigan holat.Ular insonni ushbu aniq ishlab chiqarish korxonasiga,aniq mehnat turiga munosabatini belgilaydi.Bu holat(ishdan qoniqish yoki qoniqmaslik,qiziqish yoki loqaydlik va h.k.)kollektivning umumiy ruhiy kayfiyatini bildiradi.
b)Vaqtinchalik,ma`lum bir vaziyatga bog`liq,tez o`tib ketadigan holat.Turli nosozliklar yoki ishlovchilar orasidagi o`zaro munosabatlar ta`siri ostida kelib chiqadi.
v)Mehnat faoliyati davomida vaqti-vaqti bilan vujudga keladigan holat.Bunday holatlar ko`p uchraydi.Masalan,ishga rag`bat,ishga tayyor emaslik,ish qobiliyatining yuqoriligi,charchash,ishning xarakteri bilan bog`liq holatlar: zerikish, mudrash,loqaydlik va sh.o`.
Faoliyat davrida ruhiy zo`riqish holati diqqatga sazovor holat hisoblanadi, chunki u faoliyatning samaradorligi va xavfsizligiga bevosita ta`sir qiluvchi belgi hisoblanadi.Ruhiy zo`riqishning quyidagi turlari diqqatga sazovor:
Do'stlaringiz bilan baham: |