YU.Libix ekinlarning hosildorligi ko‘pincha ular uchun ko‘p kerak bo‘lgan
elementlar
bilan cheklanmaydi, aksincha, tuproqda kam uchraudigan va osimliklar uchun juda kam
miqdorda kerak bo‘lgan elementlar bilan cheklanadi.
Tolerantlik qonuni
Organizmning hayot faoliytini susaytiruvchi omilga cheklovchi omil deyiladi.
SHunday qilib
organizmlar uchun ekologik omillarning etishhmasligigina (minimum) emas balki ortiqchaligi
(maksimumi) ham cheklovchi omil bo‘lishi mumkin
U yoki bu turning yashash imkoniyati bo‘lgan ma’lum bir omilning o‘zgaruvchan chegarasi
tolerantlik deyiladi
Muxitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri-old
qo‘shimchasini qushib, tor doirada moslashganlarga steno-old qo‘shimchasini qo‘shib
nomlanadi. Temperaturaga
nisbatan evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid,
stenogidrid, sho‘rlanishga nisbatan evrigal, stenogal. Ekologik omillarniig ta’sir etish kuchi bilan
organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlarninng o‘zaro ta’siri bosimga nisbatan evribat, stenobat
ekologik guruxlar ajratiladi.
Tashqi muxitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig‘indisi
turning-
ekologiya spektrini tashkil etadi. Masalan, cho‘lda o‘suvchi sho‘raklar tuproqning sho‘rligiga,
kurg‘okchilik va yuqori tsmperaturaga yaxshi moslashgan. Ushbu omillarga moslanish
shuraklarning ekologik spektrini tashkil etadi. Boshqa turlar tuproq sho‘rlanishiga chidamsiz
ekanligini ko‘rish mumkin.
Ayrim turlarning ekologik spektri bir-biriga tug‘ri kelmaydi. Xatto bir xil sharoitda
yashayotgan va moslashish xususiyati xam o‘xshash bo‘lgan turlar ozmi-ko‘pmi miqdorda
o‘zining ekologik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Izen va teresken o‘simliklari kurg‘okchil
va issiq
sharoitga moslashgan turlar xisoblanib, ulardan birinchisi nisbatan kurg‘okchilikka xam, yuqori
xaroratga xam biroz kuchliroq moslashishi bilan ajralib turadi.
Ekologik omillar organizmning turli funksiyalariga xam turlicha ta’sir etadi. Sovuq qonli
xayvonlar uchun xavo temperaturasiiing 40-45°S bo‘lishi modda almashinuvi jarayonini
tezlashtiradi, ammo ularning faolligi, ya’ni xarakatlanishi susayadi. Bunda xayvonlar tinim
xolatiga o‘tadi.
Ayrim individlarning tashqi muxit omillariga chidamlilik darajasi,
kritik nuqtalari,
optimal zonasi xam tug‘ri kelmaydi. Ushbu individning irsiy, jinsiy, yosh yoki fiziologik
xususiyatlari bilan bog‘lik, bo‘lishi mumkin. Don maxsulotlari va unda yashovchi mita
kapalagining g‘umbagn uchun kritik temperatura - 7°S ni tashkil etsa, katta yoshdagilari uchun
22°S, tuxumlari uchun esa - 27°S. -10°S, temperatura g‘umbakni nobud qiladi, ammo ularning
davri va tuxumlariga ta’sir etmaydi.
Muxitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Ushbu omillarning
ta’siri boshqa omillarning mikdoriga bog‘liq bo‘ladi. Buni omillarning uzaro ta’sir etish
qonuniyati deyiladi.
Organizmning normal xayoti uchun ma’lum darajada sharoit talab etiladi.
Agar barcha
shart-sharoitlar qulay bo‘lib, ulardan biri etarli miqdorda bo‘lmasa, uni cheklovchi omil deb
ataladi. CHeklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab
beradi.
Turlarning shimolga tomon siljishiga temperatura omilining etishmasligi ta’sir etsa, kurgokchil
rayonlarda esa namlik yoki yukori temperaturaning ta’siri cheklovchi xisoblanadi. CHeklovchi
omillar fakatgina abiotik omillar bo‘lib kolmay, balki biotik omillar xdm bulishi mumkin. Gulli
usimliklar turlarini biror joyga iklimlashtirishda ularni changlatuvchn xdsharotlar cheklovchi
omil buladi. CHsklovchi omillarnn anikdash amaliy jixatdan muxim axamiyatga ega.
Organizmning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi abiotik omillarning optimal (zona) sharoiti
ta’sirida bo‘lsa, ularning yomon xolati .... (nobud bo‘lishi)
minimal sharoitda, ya’ni abiotik
omillarning salbiy ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Muhit organizmning fiziologik qobig‘i hisoblanib, har qanday muhit fizik, kimyoviy va
boshqa omillarning majmui bilan namoyon bo‘ladi. Omil tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ta’sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir. SHunday qilib, ekologik omilni tirik
organizmlarga moslashish reaksiyalari orqali javob beradigan har qanday muhitning shart-sharoiti
deb qarash kerak.
Ekologik omillarning xilma-xilligi ularni tasniflashni taqozo etadi. Omillarni tasniflashda ularni
xilma-xil ta’siri emas, balki kelib chiqish manbaiga qarab ajratish lozim. Omilni aniqlashda uni
tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘ziga xos ta’siri muhim ahamiyatga ega.
Muhit keng ma’noda qaralib, uning tarkibida faollik ko‘rsatuvchi omillar mavjud.
Omillarni ta’sir etuvchi va hayot sharoiti uchun zarur guruxlarga ajratish mumkin. Ta’sir etuvchi
omillar tirik organizmlar hayotiga kuchli ta’sir etib, ularning xatto irsiy hususiyatlari yoki boshqa
ko‘rinishlardagi o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bularga har-xil mutagen omillarni (nurlanish va
boshqalar) ko‘rsatish mumkin.
Hayot sharoiti uchun zarur bo‘lgan omillar, o‘z navbatida, tirik organizmlarning yashashi
uchun zarur bo‘lgan (hayotini va o‘sishini ta’minlovchi) omillar
va rivojlanish sharoiti
(ontogenezni ta’minlovchi) omillarga bo‘linadi.
YAshil o‘simliklarning hayoti uchun zarur bo‘lgan omillar kosmik (yorug‘lik, harorat) va
erdagi suv va ozuqa omillariga ajratiladi. Ushbu omillar mavqei jihatidan bir-biri bilan barobar,
shuningdek, boshqa omil bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ilmiy-texnik taraqqiyot tufayli inson
yashil o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan kosmik omillarni boshqara olish imkotiyatiga ega bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda ekologik omillar kelib chiqishiga, vaqt bo‘yicha, muhitga, xarakteriga, ob’ektga
ta’sir etishiga va boshqa tomonlarini hisobga olib tasniflanadi.
Biz ekologik omillarni abiotik (o‘lik tabiatning ta’siri), biotik (tirik organizmlar bilan
bog‘liq bo‘lgan ta’sir) va antropogen (insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta’sir)
omillarga bo‘lib o‘rganamiz.
1.Ekologik omillarning tasniflanishi.
2. Abiotik (quruqlikdagi va suv muhitidagi) omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: