Aholisi
Janubiy Osiyoning hozirgi aholisining katta qismi asosiy yevropoid irqiga mansub.
Faqat yarim orolnig janubiy qismi va Shri-Lankaning aholisi irqiy belgilariga qarab
(badani, sochining qora rangi va boshqalar) avstroloidlarga yaqin turadi. Shimoliy
sharqning qator qabilalari janubiy mongoloid irqiga mansub.
Shimolda Hind-Yevropa tillari (hind, bengal va boshqalar), janubda dravid (masalan,
tamil.) Dekan va shimoliy sharqiy Hindistonning qator tillari Janubiy –Sharqiy Osiyo,
Tibetda va Xitoyda tibet-birma va mund tillari bilan yaqin turadi. Shri-Lanka aholisining
ko’pchilik qismi hind-yevropa (singal ) tilida ozchilik qismi dravid (tamil) tilida
so`zlashadi.
Ma'lumki, hind-yevropa tillarida so’zlashuvchi oriylar Hindistonga er.avv. II ming
yillikda kirib kelganlar. Singallar materikdan Shri-Lankada er.avv. I ming yillikda paydo
bo’lganlar.
Janubiy Osiyning qadimgi tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi:
1. Eng qadimgi hind sivilizasiyasi. Taxminan er. avv. XXIII-XVIII asrlar bilan
belgilanadi. (ilk shaharlar, davlatlarning paydo bo’lishi)
2. Er. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida oriylarning paydo bo’lishi. Er. avv. II
ming yillikning oxiridan er.avv. VII asrgacha «Veda» davri. Bu davrda yaratilgan
muqaddas kitoblar «vedalar» nomi bilan mashhur.
3. «Budda davri». Er. avv. VI-III asrlar. Budda dinining paydo bo’lishi va tarqalishi
davri. Bu davrda iqtisodiyotning yuqori taraqqiyoti, shaharlarni shakllanishi-yirik davlatlar
Mauriylar Umum Hind davlatining tashkil topishi.
4. Er. avv. II asrdan eramizning V asrigacha . «Klassik davr» janubiy Osiyo
mamlakatlarining iqtisodiyoti va madaniyatini gullab-yashnagan davri.
Janubiy Osiyoga xos jihat taraqqiyotning merosiyligi va davomiyligidir. Qadimgi va
o’rta asrlarda bu yerda keskin etnik o’zgarishlar yuz bermadi. Ijtimoiy munosabatlarda
kasta tuzumi va madaniy an'analarning barqarorligi ko`rinib turadi. Qadimgi
Hindistonning ko’pgina asarlari hozirgacha hinduizm va buddizmning muqaddas kitoblari
hisoblanadi. Yozma manbalar bizgacha juda ko’plab yetib kelgan. Sanskrit tilini o’rganish
qadimgi til grammatik asarlariga, asosan Panini grammatikasiga (er. avv. IV asr)
asoslanadi. Adabiyot asosan diniy madhiyalar (rigveda va boshqa vedalar) ritual sharxlar,
nasihatlar to’plamidan iborat.
Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog`och ishlatilgan. Tosh va
bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo bo’lgan. Yana shuningdek, Hind
qadimiy obidalarini o`rganish asoan XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar,
Moxenjo-Daro, Xarappa katta maydonlarda qazib ochilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: