Amaliy mashg’ulot Kirish. Fan haqida umumiy tushuncha. Fanning maqsad va vazifalari



Download 30,81 Kb.
bet1/2
Sana22.07.2022
Hajmi30,81 Kb.
#839296
  1   2
Bog'liq
1- amaliy mashg\'ulot


  1. Amaliy mashg’ulot

Kirish. Fan haqida umumiy tushuncha. Fanning maqsad va vazifalari
Mashg‘ulotning maqsadi: Fan haqida umumiy tushuncha. Fanning maqsad va vazifalarini o‘rganish.

  1. Fan haqida umumiy tushuncha.

Insoniyat dorivor o‘simlik mahsulotlaridan foydalana boshlagandan to shu kungacha ularning xom-ashyosini saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelgan. Etishtirilgan mahsulotni sifatli xolatda saqlash, undan unumli foydalanish o‘tmishdan inson ehtiyojlarining asosiy vositalaridan biri bo‘lib kelgan. Ko‘chmanchi halqlar yig‘ilgan meva va urug‘larni saqlash uchun maxsus erto‘lalar qazishgan. O‘tmishda xayotiy zarurat tufayli qadimgi qabilalar ham ortiqcha (oziq-ovqat) mahsulotlarni saqlash va zararkunandalardan asrash choralarini o‘rgana boshlashgan.
Mamlakatimiz olimlarining turli hududlarida olib borilgan arxeologik (qazilmalardan) izlanish natijalari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash quldorlik tizimi davridayoq amalga oshirilganligidan dalolat beradi. Bu erlardan maxsulotlar saqlanadigan xumlar, ko‘za va boshqa idishlar topilgan.
Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston sharoitida ham qadimdan asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga katta e’tibor qaratilgan. Dastlab, inson faoliyati uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni saqlash maqsadida ular (go‘sht, yog‘, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar, sabzavot va mevalar) muzlatib qo‘yilgan.
O‘zbekistonda oziq ovqat mahsulotlarini saqlashning eng qadimgi usullaridan mahsulotni ko‘mib yoki osib-quritib saqlash, mevalardan qoqi tayyorlash kabi quritish usullaridan keng foydalanilgan. Mahsulotlarni saqlash, qayta achitish, sabzavot, don, meva, go‘sht, sarig‘-yog‘, suzma, qazi va tuxumni erga ko‘mib va tog‘li xududlarda tabiiy g‘orlarda saqlash, poliz mahsulotlarini osib saqlash, turli meva, qovun, pomidordan qoqi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, rayxon, jambil va achchiq qalampirni quritish amalda keng qo‘llanib kelingan. Asosan quruq mahsulotlar tez buzilmaydiganlar hisoblanib, ular quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan kog‘oz qutilarda saqlangan. Don va un asosan qoplarda, katta ko‘za, xum yoki toldan to‘qilgan savat-qutilarda saqlangan.
Dorivor o‘simliklarni tayyorlash saqlash va qayta ishlash texnologiyasiga doir dastlabki umumiy ma’lumatlarni IX-X asrlarda bayon etilgan manbalarda keltirilgan bo‘lib, bunda asosan Evropa davlatlari bilan savdo-sotiq orqali ularni Markaziy Osiyoga kirib kelishi va chiqishiga doir ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Markaziy Osiyoda X-XII asrlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha bir qator asarlar yaratildi. Ularda esa asosan dehqonchilik, oziq-ovqat va ziravor mahsulotlarini qayta ishlashga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Dorivor o‘simliklarni tayyorlash saqlash va qayta ishlash hamda ulardan tayyorlanadigan preparatlar va dorilarga doir dastlabki sistematik tafsilotlar ma’lumotlarni XIII-XV asrlarda bayon etilgan manbalarda keltirilgan. Manbalarda keltirishicha, XV-asrlardan boshlab maxsus kitoblar chop etilgan va dorixonalar rasman faoliyat ko‘rsata boshlagan.
Ma’lumki, keyingi yillarda dorivor o‘simlik xom-ashyo resurslariga talab oshganligi sababli ulardan oqilona foydalanish, ularni madaniy holda etishtirish, tayyorlangan xomashyoni saqlash va dastlabki qayta ishlash usullarini ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika sanoatini dorivor o‘simlik xom ashyolariga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari qabul qilindi. Bular 2004 yil 28 oktyabrda O‘zR Vazirlar Mahkamasining №508–sonli “O‘zbekiston Respublikasi xududidan tashqariga olib chiqish va olib kirish, biologik resurslardan ratsional foydalanish uchun nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida”gi, “Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013 yil 5 avgustdagi 222-sonli majlisi bayonining 3 bandida ko‘rsatilgan – “Dorivor o‘simlikshunoslik va yangi dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalarini tashkillashtirish uchun dorivor o‘simliklarni sanoat miqyosida plantatsiyalarini yaratish” to‘g‘risidagi qarorlari, “2015 yil 20 yanvardagi № 5-sonli “2015-2017 yillarda o‘rmon ho‘jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va oziqabop o‘simliklar xom-ashyosini etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida” majlis byonnomasi 1.12 bandi”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 19 noyabrdagi “Unabi (CHilonjiyda) plantatsiyalarini kengaytirish, uning shifobaxsh va oziq-ovqatlik xususiyatlaridan keng foydalanish to‘g‘risidagi” 851-f sonli farmoyishi, 2017 yil 3 may oyida Prezident farmoni (PF- 5032-sonli) asosida 7 ta farmatsevtika xududlari (Qoraqalpog‘iston respublikasida-Nukus farm, Surxondaryo viloyatida-Boysun farm, Toshkent viloyatida-Parkent va Bo‘stonliq farm, Jizzax viloyatida-Zomin farm, Sirdaryo viloyatida-Sirdaryo farm, Namangan viloyatida- Kosonsoy farm) tashkil etildi.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashriflari davrida, Respublikamizda za’faron (shafran) plantatsiyalarini barpo etish, farmatsevtika sanoati ehtiyojlarini ta’minlash va eksportbop dorivor o‘simliklarni ko‘paytirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida majlis qarori va unga asosan 2017 yil 21 avgustda Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan №114-yig‘ilish bayonining “Respublikamizda za’faron (shafran) plantatsiyalarini barpo etish, farmatsevtika sanoati ehtiyojlarini ta’minlash va eksportbop dorivor o‘simliklarni ko‘paytirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi EDO-03/1-421-sonli qarori bilan “O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi”, “Agrobank” ATB, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zfarmsanoat” DAK, “Brand Investment Group” MCHJ ta’sischiligida, za’faron (shafran) o‘simligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, uni ko‘paytirish va etishtirish hamda boshlang‘ich jarayonda eksport qilishga ixtisoslashtirilgan “SHafran ilmiy tadqiqot markazi” MCHJ tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2018 yildagi “Respublikada Kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash xajmlarini ko‘paytirish xamda eksport qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3617-son qarori kabi boshqa qaror va qonunlar shular jumlasidandir. Buning natijasida hozirgi kungacha dori-darmon ishlab chiqarish tarmog‘ining o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabi imkon darajasida qondirilmoqda.


  1. Download 30,81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish