Armaturalash usullari.
Тemirbeton konstruksiyalarni ishlab chiqarishni tezlashtirish maqsadida payvandlangan sim to’r va karkas ko’rinishidagi armaturalar qo’llaniladi. Uzunasiga ishchi sterjen bir yoki ikki qator qilib joylashtiriladi. Uzunasiga joylashtirilgan sterjenlarni ko’dalangiga joylashtirilgan sterjenlar bilan bir tomonlama payvandlash texnologik jihatdan qulayroq.
Yassi karkaslarni ba’zan to’r deb ham yuritiladi. Yassi karkaslar odatda opalubkaga o’rnatilgandan so’ng loyihada ko’rsatilgan xolatlarini saqlash uchun bir-biri bilan ulash uchun bog’lovchi sterjenlar qo’llaniladi, natijada fazoviy karkas hosil bo’ladi.
Payvand karkaslarini loyihalashda kichik diametrli sterjenlarni kuydirib qo’ymaslik uchun payvandlash texnologiyasi shartlarini hisobga olish zarur, buning uchun dw>0.25d bo’lishi shart, bunda dw-ko’ndalang qo’yilgan sterjenlar diametri, d-uzinasiga qo’yilgan sterjenlar diametri. Payvandlangan karkaslar uzun elementlarni (to’sin, ustun va h.k.) armaturalash uchun, payvand to’rlar esa asosan plita konstruksiyalarini armaturalash uchun qo’llaniladi. Ishchi sterjenlar yo’nalishiga qarab:
a) uzunasiga joylashgan ishchi armatura;
v) ko’ndalangiga joylashgan ishchi armatura;
s) har ikkala yo’nalishda joylashgan ishchi armatura turlariga bo’linadi. Тo’rlar o’rama va yassi holda bo’ladi. O’rama to’rlarda uzunasiga qo’yilgan ishchi armatura diametri 5mm dan ortiq bo’lmagan armaturalardan tayyorlanadi. Agar diametri 5mm dan ortiq bo’lsa, ishchi armaturasi ko’ndalang joylashgan o’rama to’rdan yoki yassi karkaslardan foydalaniladi. O’rama to’rlarda ko’ndalang sterjenlarning maksimal diametri 8mm dan oshmaydi.
O’rama va yassi to’rlar V-1, Vr-1, A-I, A-II, A-III sinfli armaturalardan tayyorlanadi.
Тo’qima to’r va karkaslar murakkab ko’rinishli shakllarda va monolit konstruksiyalarda, shuningdek dinamik va ko’p takrorlanadigan yuk ta’sirida ishlaydigan konstruksiyalarda qo’llaniladi. Тo’qima to’r va karkaslar yumshoq (d 0,8...1 mm) sim bilan sterjenlar bir-birini kesib o’tgan joyidan bog’lab chiqiladi.
Armaturalarni chokli yoki yoyli payvandlash usuli bilan hamda payvandlamay birlashtiriladi. Zavod sharoitida 10 mm va undan ortiq diametrli armatura sterjenlarni birlashtirish uchun chok ulash (kontakt) usulidagi payvandlashdan foydalaniladi(1.1 -rasm). Qurilish sharoitida 20 mm va undan ortiq sterjenlarni chokini ulash uchun yoyli vanna usulida payvandlash qo’llaniladi. Diametri 20 mm dan kam bo’lgan sterjenlarni ikki tarafidan qo’yilgan armatura bo’lagiga to’rt yon chok yey payvand qilinadi. Shuningdek, ikki uzun (bir tomondan) yon chokli payvand ham qo’llash mumkin Payvand to’rlarining uchlari bir-biriga kirgan holda ishchi armatura yo’nalishida chok payvandsiz bajariladi. Birlashtirilayotgan ishchi sterjenlar har xil yoki bir xil yo’nalishda joylashtiriladi. Bunda to’rning uzunasiga ishchi armatura birlashgan qismida ko’ndalang ikki dona sterjendan kam bo’lmagan payvandlangan to’rlari bir-biriga kirgan holda joylashishi kerak.
Тo’rdagi ishchi sterjenlarning payvandlangan qismining zaruriy uzunligini beton va armatura sinfiga bog’liq holda formula yordamida aniqlanadi.
Ikkinchi yo’nalishda (ishchi armatura ko’ndalang joylashgan holda) payvand to’r choklari (taqsimlovchi armatura birlashtirilayotgan paytda) bir biriga 50 mm kiritilib taqsimlovchi armatura diametri 4 mm gacha bo’lsa, agar diametri 4 mm dan ortiq bo’lsa 100 mm uzunlikda payvandsiz bir-biriga kiritiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1.Armaturaning vazifasiga kura turlari
2.Yuza shakliga kura turlari
3.Ishlatilishi kura turlari
4.Armaturaning fizik-mexanik xossalari
5.Armaturalar tavsifi.
6.Armaturalash usullari.