Armaturaning fizik-mexanik xossalari.
Armatura po’latlari mexanik xususiyatlariga ko’ra yumshoq yoki qattiq bo’ladi. Yumshoq po’lat plastik va ma’lum darajada (25% gacha) uzayish xususiyatiga ega. Ma’lumki, po’latning asosiy fizik-mexanik xossalari armaturani cho’zishga sinash jarayonida olinadigan «kuchlanish-deformatsiya» s - s diagrammasidan aniqlanadi.
Yumshoq po’lat uchun kuchlanish va deformatsiya orasidagi chiziqli va oqish chegarasining aniqligi o’ziga xosdir. Oquvchanlik chegarasi uchun qo’llaniladigan kuchlanishi-u bunday xolatda namunada kuchlanishni oshirmay turgan xolda deformatsiya ortadi. Uzilishdagi vaqtinchalik qarshilik-u namunani uzilishiga olib keladigan kuchlanish.Yumshoq po’latning oquvchanlik chegarasi u 200-400 MPa, vaqtinchalik qarshiligi esa u 380-600 Mpa ga teng.
Armaturaning mustahkamligini oshirish va uzilishdagi uzayishini kamaytirish uchun o’tda toblash yoki mexanik ishlov berish yoki tarkibiga marganets, kremniy, xrom va boshqa qo’shimchalar qo’shish orqali erishiladi.
Armatura po’latini o’tda toblash, ya’ni termik mustahkamlash qizdirish (800-900°S gacha qizdirish va moyda tez sovutish) va yana qisman qizdirish (300-400°S gacha qizdirish va asta sovutish) orqali bajariladi. Тermik toblangan po’latlarda shartli oqish chegarasi plastik zona tarafiga qarab asta-sekin yuqoriga ko’tariladi. Хuddi shunday xolat «s - s» diagramma yuqori aralashmali (yuqori legirlangan) armatura po’latlari uchun ham xosdir. Bunday po’latlarda aniq ko’rinadigan oqish maydonchasi yo’q. Ular uchun oquvchanlikning shartli chegarasi kuchlanish -0,2 deb belgilanadi, bunda qoldik deformatsiya 0,2% ga teng. Bunda po’latning uzilishdagi uzayishi shartli oquvchanlik chegarasida uzayishi 8% ni tashkil etadi, 0,2 6001000 MPa; u 9001200 MPa.
Po’latni mexanik usulda mustahkamligini oshirish uchun (sovuq xolda cho’zish) ichki kristall to’r tuzilishi xolatini o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Po’latni k- kuchlanishgacha uzaytirilganda, u dan ortishi proporsionallik chegarasini ko’tarilishiga olib keladi. Тakroriy cho’zishda kuchlanishning yangi oqish chegarasi sun’iy ravishda orttirilgandek bo’lib qoladi. Natijada, mustahkamligi oshirilgan oddiy sim armatura olinadi. Ko’p karrali cho’zish po’latni mexanik mustahkamligini oshirishning boshqa turi hisoblanadi, ya’ni unda «s - s» nisbati uzilishgacha chiziqli bo’lib qoladi, bunda mustahkamlik chegarasi anchaga uzayadi. Bunday texnologiya asosida mustahkamligi yuqori bo’lgan armaturali sim olinadi. Qattiq po’latlarning eng ko’p uzayishi 4-6% ni tashkil etadi, oddiy armaturalar uchun u 380550 MPa, yuqori mustahkam simli armatura uchun esa u 13001900 MPa tashkil etadi.
Armaturalarning elastiklik xususiyati elastik moduli bilan xarakterlanadi va u 0,15 dan 0,4 gacha oraliqda bo’ladi.
Тemirbeton konstruksiyalarini yuk ta’sirida me’yorda ishlashi uchun, hamda armatura ishlarini mexanizatsiyalash uchun uning plastiklik xususiyati, charchash natijasida yemirilishi va boshqa holatlari katta ahamiyatga ega. Po’latning plastiklik xossasini kamayishi armaturani mo’rt uzilishiga olib keladi. O’tda toblangan yoki tortish bilan mustahkamlangan po’lat armaturalarni payvandlash mumkin emas, negaki bunda mustahkamlik samarasini yo’qoladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, seysmik rayonlar uchun armatura po’latlarini plastik xususiyatlari alohida ahamiyatga ega, negaki plastiklik xossasi, masalan statik noaniq konstruksiyalarda kuchlanishni tekis taqsimlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |