oid standartlarda faqat 100
0
S dagi qovushoqlik qiymatinigina keltirmasdan, 0
0
S dagi
qovushoqlik qiymati ham keltiriladi, shuningdek qovushoqlik indeksi ko`rsatiladi.
Qovushoqlik indeksi o`lchovsiz kattalik bo`lib, etalon moyga nisbatan
tekshirilayotgan moyning qovushoqligini haroratga bog`liq holda o`zgarish
darajasini ko`rsatadi. Qovushoqlik indeksini aniqlashda
maxsus jadvallar va
nomogrammalardan foydalaniladi.
Harakat o`zgarishi bilan qovushoqligi qancha kam o`zgarsa, moyning
qovushoqlik xossalari shuncha yomon va qovushoqlik indeksi past bo`ladi. Indeksi
yuqori bo`lgan moyning qovushoqligi yuqori bo`ladi,
bunday moylar yuqori
haroratlarda ishqalanayotgan detallarni ishonchli holda moylaydi, past haroratlarda
esa dvigatelni yurgazib yuborishni qiyinlashtiradigan darajada quyuqlashmaydi.
Ko’pchilik hollarda moylarning standart haroratlardan boshqa haroratlardagi
qovushoqligini aniqlash zarurati paydo bo`ladi. Moyning belgilangan
qovushoqlikka ega bo`lish haroratini (dvigatellar uchun
moyning ishga tushirish
xususiyatini baholash bilan bog`liq bo`lgan) aniqlash yanada muhimdir. Qator
tekshirishlar natijasida dvigatelni oson ishga tushirilishini ta`minlaydigan va bunda
detallarni kuyish va jadal yeyilishini oldini olishni ta`minlaydigan
qovushoqlik
chegarasi motor moylari uchun 1
.
10
4
mm
2
/s deb belgilangan. Moyning ishga
tushirish xususiyati deganda moy qovushoqligi 1
.
10
4
mm
2
/s bo`ladigan
haroratni
hisoblash yo`li bilan aniqlash tushuniladi. Moy qovushoqligi 2
.
10
4
mm
2
/s ga yetsa
moyni moylash tizimida aylanishi to`xtaydi.
Moy qovushoqligining haroratga bog`liqlik xususiyatini yaxshilashning eng
samarali usullaridan biri moyga qovushoqligi yuqori bo`lgan qo`shilmalar
qo`shishdir. Bunday qo`shilmalardan nisbatan keng tarqalgan molekulyar massasi
10000-20000 gacha bo`lgan poliizobutilendir.
Poliizobutilen va boshqa
qo`shilmalarni moyga 2-5 foiz miqdorida aralashtirish moyning qovushoqligini bir
necha marta (har qanday haroratlarda deyarli bir xil) oshiradi.
Moylarga qo`shilmalar qo`shib quyultirish yo`li bilan bir qator moylar olinadi,
jumladan keng qo`llaniladigan moylardan biri M-4
3
/6V
1
moyi. Vazifasi va 100
0
S
dagi qovushoqligi bir xil bo`lgan M-6A va M-4
3
/6V
1
moylarini o`zaro taqqoslash
ularni harorat ta`sirida o`z xususiyatlarini turlicha o`zgartirishini ko`rsatadi. M-6A
moyidan foydalanilganda dvigatelni ishga tushirish mumkin bo`lgan
eng past
harorat (qizdirmasdan) minus 25
0
S bo`lsa, M-4
3
/6V
1
moyidan (quyultirilgan moy)
foydalanilganda esa minus 40
0
S.
Do'stlaringiz bilan baham: