-
transmission moylar, traktor, avtomobil,
trolleybus, tramvay va boshqa
mashinalarda ishlatiladi;
-
sanoat moylari, dastgohlarda ishlatiladi;
-
gidravlika moylari, mashinalarni gidravlika tizimida ishlatiladi;
-
maxsus kompressorlar,
asboblar, tsilindrli, elektroizolyatsion va vakuum
qurilmalarda ishlatiladigan moylar.
Ishlatish haroratiga ko`ra quyidagilarga bo`linadi:
- past
haroratli, ishlatish harorati 60°S dan oshmagan tarmoqlar
uchun (asboblar uchun, sanoat va boshqalar);
-
o`rtacha haroratli, ishlatish harorati 150...200°S (turbinali, kompressorli,
tsilinrdli va boshqalar);
-
yuqori haroratli, harorati 300°S va undan yuqori tarmoqlarda ishlatish uchun.
Bunga asosan motor moylari kiradi.
Moylash materiallarini umumiy tavsiflari quyidagilardan iborat:
-
moslik, ikki yoki ko’p turdagi moylash materiallarini ekspluatatsion
xususiyatlari va saqlashda turg`unligi yomonlashmasdan aralashish qobilyatini
xarakterlaydi;
-
konsistentsiya, plastik moylash materiallarining tashqi ta`sir ostidagi
deformatsiyaga qarshilik ko`rsatish qobilyati;
-
qovushoqlik indeksi harorat oshishi bilan
qovushoqligini ka-mayishini
xarakterlaydi.
Ishlash jarayonida surkov moylari har xil omillar ta`siri ostida bo`ladi: ishlab
chiqarilgan gazlar va detallarning yuqori harorati, havo
kislorodi va yonilg`i
mahsulotlari bilan jadal kontaktlanish, metallar va detallar qotishmalarining katalitik
ta`siri, ishqalanish tarmoqlarida yuqori solishtirma yuklamalar, moy harakati tezlik
tartibi va mexanizmlar ishlash tartibini o`zgarishi va boshqalar. Bu omillarni ta`siri
surkov moylarida murakkab fizik-kimyoviy jarayonlarni tug`diradi, natijada vaqt
o`tishi bilan sifat ko`rsatkichlari o`zgarib boradi.
Shunday qilib surkov moylariga quyidagi talablar quyiladi:
-
tegishli qovushoqlik va qovushoqlik indeksiga ega bo`lishi;
-
yuqori va termooksidlanish turg`unligiga ega bo`lishi;
-
korroziyaga va yeyilishga qarshi chidamli xususiyatga ega bo`lishi;
-
tashqi muhitni har xil haroratida erkin oqishi;
- belgilangan muddatda ishlashi va detallar sirtida har xil
yig`indilar hosil qilmasligi kerak va
boshqalar
Yuqorida sanab o`tilgan vazifalarni yoki ularni bir qismini yetarli darajada
uzoq muddat davomida ta`minlanishiga erishish uchun moylar bir qator
ekspluatatsion talablarga javob berishi lozim. Bu talablar ichida eng asosiylari
quyidagilardir: moyning qotish harorati imkoniyat qadar past bo`lishi va
ishqalanuvchi detallarning ishonchli ishlashini ta`minlovchi qovushoqlikka ega
bo`lishi; ishqalanuvchi detallarning yoyilishini sekinlatish
uchun yaxshi moylash
xossasiga ega bo`lishi; fizikaviy va kimyoviy turg`unligi yetarli darajada bo`lishi;
metallarni korrozion yemirilishdan saqlashi va tarkibida mexanik aralashmalar va
suvni bo`lmasligi lozim. Bundan tashqari moyni qimmatbaholigi va o`t olish xavfini
ham hisobga olish lozim.
Moy sifatiga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar bir yoki bir necha
ko`rsatkichlar bilan ifodalanadi va bu ko`rsatkichlarning qiymati turli maqsadlarda
ishlatiladigan moylar uchun Davlat standarti asosida me`yorlashtirilgan. Quyida
moylarning asosiy sifat ko`rsatkichlarining mohiyatini va bu ko`rsatkichlarni
avtomobil dvigatellari va boshqa agregatlarning ishonchli va uzoq muddat ishlashiga
ta`sirini ko`rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: