Amaliy mashg’ulot №6 Mavzu: Kalla suyagi. Kalla suyagining miya qismi suyaklari: ensa, tepa, peshona va g’alvir suyaklari, ularning yoshga doir xususiyatlari



Download 1,35 Mb.
bet3/5
Sana26.03.2022
Hajmi1,35 Mb.
#511585
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-7-Amaliy mashg\'ulot

Ensa suyagi (os occipitale, qisman kalla qopqog‘ining orqa, pastki tomoni va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi. U oldingi tomondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyaklariga birlashgan. Unda palla, yon qismlar, asosi yoki tanasi tafovut qilinadi. Ensa suyagining ana shu qismlari katta ensa teshigi atrofida joylashadi. Ensa suyagi katta teshik (foramen occipitale magnum) orqali umurtqa kanaliga qo‘shilib turadi.
Ensa suyagining pallasi – sguama occipitalis tashqi tomonga qavarib, ichki yuzasi botiq bo‘lib egilgan serbar plastinka – palladan (squama occipitalis) iborat. Ensa suyagining tashqi yuzasi markazida, tashqi ensa do‘mbog‘i (suyaklanish nuqtasining o‘rni) – protuberantia occipitalis externa bo‘lib, uning ikkala tomonida ko‘ndalang yo‘nalgan g‘adir-budur chiziqlar – linea nuchae superior ko‘rinadi. Ammo shu chiziqdan yuqoriroqda parallel joylashgan eng yuqori g‘adir-budur chiziq – linea nuchae suprema joylashgan.
Ensa do‘mbog‘idan pastga ensaning tashqi qirrasi – crista occipitalis externa yo‘naladi. Ana shu qirradan ikki yonboshga – linea nuchae inferior chiziqlari tarqaladi.

Pallaning ichki yuzasi butsimon tepa – eminentia cruciformis bilan to‘rtta chuqurchaga bo‘lingan, uning o‘rtasida esa ichki ensa do‘mbog‘i protuberantia occipitalis interna bo‘lib, unda tepaga yo‘nalgan egatlar – sulcus sinus sagittalis superioris bilan birga ikki yonbosh tomonda joylashgan egatchalar sulcus sinus transversi ko‘rinadi. Pastki tarmog‘i – ensaning ichki qirrasi – cricta occipitalis interna ensa teshigiga qadar boradi.


Katta ensa teshigining ikki yonboshida pars lateralis joylashgan bo‘lib, u pastki yuzada joylashgan ellips shaklidagi bo‘g‘im do‘mboqchalar – condylus occipitalis orqali I bo‘yin umurtqasining yuqori bo‘g‘im yuzasi bilan qo‘shiladi. Ensa suyagining bo‘g‘im do‘mboqchalari o‘rtarog‘ida til osti nervi o‘tadigan kanal – canalis condylaris joylashgan.



Do‘mboqcha yon tomonida esa bo‘yinturuq vena o‘ymasi – incisura jugularis bo‘ladi. Bu o‘yma chakka suyagidagi ana shunday o‘yma bilan qo‘shilib bo‘yinturuq teshigi – foramen jugularis ni hosil qiladi. Tanasi – pars basilaris ensa teshigining oldingi tomonida joylashgan bo‘lib, 18–20 yoshlarda ponasimon suyak tanasiga qo‘shilib ketadi. Uning kalla bo‘shlig‘iga qaragan yuzasi botiq bo‘lib, ponasimon suyak tanasidagi xuddi ana shunday yuza bilan qo‘shilib, ensa teshigi tomonga yo‘nalgan nishab – clivus ni hosil qiladi. Bu nishabda uzunchoq miya va miya ko‘prigi turadi. Ensa suyagi tanasining ikki chakkasida pastki toshsimon egatcha – sulcus sinus petrosi inferiores ko‘rinib turadi.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish