2. Optimal ishchanlik davri. Aqliy mehnatni bajarishning stabillashgan davridir. Bunda diqqat dominantligi vujudga keladi.
3. To’liq, kompensatsiya davri. Oldingi davrdan farq qilib, toliqishning dastlabki belgilari paydo bo’la boshlaydi, ammo ularni odamning iroda kuchi kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay turadi.
4. Beqaror kompensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish faoliyatining pasayishi bilan xarakterlanadi, ammo odam iroda kuchi bilan ma’lum vaqtgacha aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi mumkin.
5. Mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toliqishning tez ortib borishi bilan xarakterlanadi, bunda bajarilayotgan aqliy mehnatning mahsuli va samaradorligi keskin kamayadi.
Bu davrlarni dars davomida, kun, hafta, chorak, yil davomida kuzatish mumkin.
Предстакапс
MAVZU:OLIY NERV FAOLIYATI TIPINI ANIQLASH. TALABALAR VA BOLALARDA OLIY NERV FAOLIYATINING TIPINI ANIQLASHNI O’RGANISH.
Ishdan maqsad: oliy nerv faoliyati tipini aniqlash. talabalar va bolalarda oliy nerv faoliyatining tipini aniqlashni o’rganish.
Ishni bajarish tartibi. Har bir talabani qaysi tipga kirishini aniqlanadi.
Oliy nerv faoliyatining turlari. Bu mavzuning boshlanish qismida aytilganidek, odamdek hulq-atvori, aql-idroki, fikirlash, ongi, boshqalar bilan muomilasi va shu kabi barcha ruhiy hususiyatlari uning oily nerv faoliyatini belgilaydi. Oliy nerv faoliyati esa bosh miya yarim sharlari va ularning po’stlog’ida joylashgan nerv hujayralari (nerv markazlari) – ning normal funktsiyasiga yoki ulardagi qo’zg’alish, to’rmizlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir-biriga munosabatigabog’iliq.
I. P. Pavlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning nerv hujayralaridagi qo’zg’alish va to’rmizlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko’ra odam oily nerv faoliyatini quydagi 4 tipga bo’lgan.
1. Kuchli, qo’zg’alish to’rnizlanishdan ustun bo’lgan muozanatsiz tip (holerik). Bu tibga kiruvchi bolalar tinib-tinchimas, juda serharakat, boshqalar bilan tez o’rtoqlashib, tez urishib qoladigan arzimas narsaga yig’lab, o’zidan-o’zi kuladigan hususiyatga ega bo’ladi. Bunday bolalarning zehni yaxshi bo’ladi-yu, ammo hulq-atvori juda murakkab bo’lib, ularning tarbiyasi ota-ona, o’qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug’diradi
2.Kuchli, muvazanatlashgan, kam harakat tip (sangvinik). Bu tipga kiruvshi bolalar qobilyatlik, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladi, atrobdagi kishilar va o’rtoqlariga yaxshi munosobada bo’ldi.
3.Kuchli, muvozanatlashmagan, kam harakat tip (flegmatik). Bu tip vakillari qobiliyatli, zehnli, yuvosh bo‘ladi, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq atvori, atrofdagi kishilar va o‘rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo‘ladi.
4.Kuchli, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo‘zgalishdan ustun tip (melanxolik). Bu turdagi bolalar kamxarakat, ishyoqmas, qo‘rqoq, mustaqil fikr ega bo‘lmagan, fikrlash qobiliyati past bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |