BOTANIKA DARSLARIDA ―DOMINO‖ O‘YINI - Biologiya darslarini o‘tishdan asosiy maqsad mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan
- ma‘naviy barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishdir. Shu bilan birgalikda o‘quvchilaming
- esda saqlab qolish ya‘ni xotirasini mustahkamlash ham muhimdir. Shularni e‘tiborga olgan
- holda 6- sinf botanika kursida domino o‘yinini tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Asosiy
- maqsad: o‘quvchilarning o‘simliklar sisematikasi bobi bo‘yicha olgan bilimlarini
- mustahkamlash.
- O‘yinda bir vaqtda 2-4 nafar o‘quvchi ishtirok etishi mumkin. Har bir o‘quvchi 7 tadan
- domino donalarini olishadi. Domino donalari karton qog‗ozidan kartochka ko‘rinishda
- yasaladi. Har bir kartochkada 2 ta o‘simlik nomi yozilgan.
O‘yin tartibi quyidagicha: lshtirokchilar navbat bilan 7 tadan kartochkalarni olib bir
biriga mazmunan mos kelgan, ya‘ni ma‘lum oilaga mansub o‘simlik nomlari yozilgan tomoni
bilan stolga yoki magnitli doskaga terib chiqadilar. Masalan, stoldagi kartochkada bodom -
oqquray o‘simliklari yozilgan bo‘lsa, ishtirokchilardan kimda (tartib bilan) ra‘nodoshlar yoki
burchoqdoshlar oilasiga mansub bo‘lgan o‘simlik nomlari bo‘lsa, bodom o‘simligi yozilgan
tomonga burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simlikni tirkab qoyishi kerak. O‘yin domino
tartibida shunday davom ettiriladi. Ishtirokchilarning qo‘lida mos kartochka qolmasa, stoldagi
jamg‗armadan kartochka oladi va o‘yinni davom ettiradi. Kim birinchi bo lib qo‘lidagi
kartochkalarning hammasini tamom qilsa, o‘sha g‗olib hisoblanadi. Domino o‘yinini
o‘simliklar sistematikasi bobida 2 ta oila ya‘ni sho‘radoshlar va karamdoshlar oilasini o‘tib
bo‘lgandan keyin boshlash mumkin. Domino o‘yinini o‘ynashda har bir oiladan 7 tadan
o‘simlik tanlanadi.
Dastlabki ra‘nodoshlar va karamdoshlar oilasiga mansub bo‘lgan
o‘simliklar:
Namatak gilos olxo‘ri sholg‗om
Qulupnay jag‗-jag‗ bodom rediska
Olma karam , nok turp
Sho‘radoshlar oilasi mavzusi o‘tilgandan so‘ng.
Olxo‘ri shaftoli bodom teresken
Gilos saksovul na‘matak izen
Gulxayridoshlar oilasi mavzusi o‘tilgandan so‘ng.
Baliqko‘z sho‘rak teresken kanop
Saksovul tugmachagul ebalak bo‘ritaroq
Ismaloq gulxayri sagan jaydari g‗o‘za
Burchoqdoshlar oilasi mavzusidan so‘ng:
Meksika kanop bo‘ritaroq shirinmiya
Tugmachagul sebarga misrg‗ozasi no‘xat
Tokdoshlar mavzusi o‘tilgandan so‘ng
Loviya soyayantoq terakbargli liftok
Yasmiq tok shirinmiya
Sebarga partenot sissus no‘xat partenot sinus.
Keyingi oiladagi kartochkalar xuddi shu tartibda tayyorlanadi. O‘simliklar sistematikasi
bobida 11 ta oila bo‘lib, 66 ta kartochka tayyorlash mumkin. Bu o‘yin orqali o‘quvchilarning
mustaqil fikrlashga, esda qolish qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |