amaliy mashg‘ulot №1.
Ochiq kon ishlari elementlarining grafik tasvirlanishi.
Ishning maqsadi: Ochiq kon ishlari elementlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish va ularning grafik tasvirlanishi bilan tanishish.
Bevosita yer yuzasidan foydali qazilmalarni qazib olish uchun bajariladigan kon qazish ishlari majmui ochiq kon ishlari deb yuritiladi.
1.1 Ochiq kon ishlarining tabiiy sharoitlarga bog‘liqligi
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish iqtisodiy samaradorligini asoslashga qator tabiiy, kon-texnik, iqlimiy kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan asosiylari: kon er yuzasining relefi, konning er yuzasiga nisbatan qanday chuqurlikda joylashganligi, ruda tanasining yotish burchagi, foydali qazilma yotqizig‘ining qalinligi, shakli, gidrogeologik sharoitlari va boshqalar.
1-rasm. Foydali qazilma koni xududi relefining ko‘rinishlari: a-tekislik; b-nishab; d - ko‘tarilma; e - baland-pastlik; f- suv yuzali (yotqiziq suv ostida).
Konlar er yuzasiga nisbatan yuzaki (qoplama jinslar qalinligi 20 - 30 m gacha), chuqurlikda (qoplama jinslar qalinligi 40 m dan ko‘p), balandlikda va chuqurlik-balandlikda joylashgan bo‘lishi mumkin.
Yotish burchagi bo‘yicha foydali qazilma yotqiziqlari gorizontal, yotiq, qiya va o‘ta qiya bo‘ladi. Yotish burchagi 10° gacha bo‘lgan yotqiziqlar gorizontal va yotiq deb yuritiladi. Gorizontal va yotiq kon yotqiziqlarini qazib olishda qazishdan bo‘shagan maydonlardan qoplama jinslarni joylashtirish uchun foydalaniladi
(2 - a rasm).
2- rasm. Karyerning ko‘ndalang kesim sxemalari.
YOtish burchagi 10°-30° bo‘lgan yotqiziqlar qiya kon deyiladi. Bunday konlarni qazib olishda yotqiziqning yotish yoni karyerning ishlamaydigan yonbag‘irini (bort) tashkil qiladi va qazishdan bo‘shagan maydonga qoplama jinslar to‘kilmaydi. YOtish burchagi 30° dan katta bo‘lgan yotqiziqlar o‘ta qiya konlar deb ataladi va yotqiziqning har ikkala yonini tashkil qilgan qoplama jinslar qazib olinib, foydali qazilma zaxirasi qazishga tayyorlanadi. Bunday konlarni qazib olishda qazishdan bo‘shagan maydonga qoplama jinslar to‘kilmaydi (2-b,d rasm).
1.2. Pog‘ona va uning elementlari
Foydali qazilmalarni, qoplovchi va o‘z ichiga oluvchi tog‘ jinslarini qazish ishlari tabaqalangan holda yuqoridan pastga qarab olib boriladi. Natijada qazish ishlari olib borilayotgan tog‘ jinslari massivi pog‘ona shaklini egallaydi.
Alohida qazish, yuklash va tashish vositalariga ega bo‘lgan (ta’minlangan) va pog‘ona shaklidagi ishchi yuzaga ega bo‘lgan tog‘ jinsi qatlamining bir qismiga pog‘ona deyiladi.
Pog‘onaning qazib olingan tomoni bo‘yicha burchak ostida chegaralovchi qiyalik pog‘ona qiyaligi deyiladi. Pog‘ona qiyaligini uning ostki va ustki maydonchalari bilan kesishgan chizig‘iga mos ravishda ustki va ostki qirralar deyiladi.
Pog‘ona balandligi Hu ish olib borish havfsizligini hisobga olgan holda o‘rnatiladi va ekskavator o‘lchamlari hamda tog‘ jinslarining fizika-texnik xususiyatlariga bog‘liqbo‘ladi. Ko‘plab karyerlarda pog‘ona balandligi 10-15 m ni tashkil etadi, ba’zan esa 20-40 m ga etadi.
Ish olib boriladigan pog‘onani uning balandligi bo‘yicha chegaralovchi gorizontal yuzaga ustki va ostki maydonchalar deyiladi. Qazib olish uchun mo‘ljallangan jihozlar (burg‘ulash dastgohlari, ekskavatorlar, transport vositalari va b.) joylashgan maydon ishchi maydon deyiladi. Ishchi maydon kengligi SHr.p. 40-70 m ni tashkil etadi. Agar maydonda kon ishlari to‘xtatilsa, u holda ish olib borilmaydigan maydon deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |