AMALIY MASHG`ULOT №16
Suv qochirish va quritish
1. Suvli konniqazish paytida karyerlar loyihasida konchilik ishlarini bexatar olib borishni ta’minlaydigan, ularquritish choralari ko’zda tutilishi kerak, yuza yoki yerosti suvlari oqib keladigan karyerlar suvqochirish tizimi bilan jihozlanishi lozim.
2. Ular orqali yerosti kon inshootlariga yuza suvlilarining oqib o’tmasligi uchun drenaj shaxtasi, shtolynya, shurf, burg`ilashqudug`i va shu kabilar stvolining og`zi ishonchli himoyalanishi kerak.
3. Drenaj shaxtasi nimstantsiyalari ta’minoti ikki elektr uzatish liniyasi bo’yicha bajarilishi va har biri shaxtani maksimal yuklanishini ta’minlashi kerak.
4. Bosh suvqochirishqurilmasi ishchi nasoslarining jami unimdorligi, sutka davomida kelishi mumkin bo’lgan eng ko’p suvni kamida 20 soat ichida haydab chiqarishni, ta’minlashi kerak.qurilma bir xil bosimda jami unimdorligi ishchi nasoslar unumdorligining 20-25 % q teng bo’lgan zaxira nasoslarga ega bo’lishi kerak.
5. Bosh suvqochirishqurilmasi yonida suvto’plagich bo’lishi kerak, va uni hajmi ochiq usul bilan suvqochirishda kamida 3 soatlik, yerostida suvqochirishda kamida 4 soatlik me’yoriy suv oqimiga hisob kitobqilinishi lozim. Drenaj shaxtalarida suvto’plagich ikki bo’linmaga ega bo’lishi kerak.
6. Drenaj shaxtalari va karyerlardagi suvqochirishqurilmalari nasosi buzilganda o’rniga zaxiraviy nasosni avtomatik ishga tushiradigan jihozi bo’lishi va boshqaruv pulytiga signal bergan holda ularni ishlashi yuzasidan distantsion boshqarish va nazoratqilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
7. Drenaj shaxtasi bosh suvqochirishqurilmasi kamerasining poli stvololdi (stvol oldida joylashgan) inshootlaridagi tortib olish yo’li relysi kallagi sathidan 0,5 m baland bo’lishi kerak.
Suvqochirish ishlari uzliksizligi va xodimlar xavfsizligini ta’minlaydiganqurilmalar va tadbirlar ishlab chiqish sharti bilan bosh suvqochirishqurilmasi kamerasining chuqurlashtirilgan turini (stvololdi ho’jaligiquyi sathida) o’rnatishga ruxsat etiladi.
8. Drenaj shaxtasiniqurishda inshootga suv yorib kirishini hisobga olib odamlarni xavfsiz chiqishi va jihozlar saqlanishini ta’minlaydiganqurilmalarni ko’zda tutish lozim.
9. Bosh suvqochirishqurilmasi nasos kamerasi: nasos stantsiyasi poli sathidan 7 m dan kam bo’lmagan balandlikdagi stvolga chiquvchiqiya yo’lakli shaxta stvoli; kamida bitta germetik yopiladigan yo’lakli stvololdi ho’jaligi bilan birlashtirilishi kerak.
10. Yerosti drenaj kon inshootlarini o’tkazishda suvli gorizont tagidan jinslar tuzilishi vaqattiqligiqarab kon inshootlarini o’tkazish pasporti bilan uzunligi ko’zda tutiladigan ilgarilatishqudug`ini burg`ilash lozim, ammo harqanday vaziyatda 5 m dan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |