4-ma`ruza: Drenaj tizimi. Shaxar xududida drenaj tizimining qo‘llanilishi.
Reja
1. Drenaj tizimining tasnifi.
2. Drenaj turlari va ularning xususiyatlari.
3. Shahar hududi uchun drenaj tizimini tanlash
Drenaj tizimi –NimA?
Drenaj- sizot suvlarini sun’iy pasaytirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar tizimidan iborat bo‘lib, u u‘zoq vaqt uzluksiz ishlashga mo‘ljallanadi.
Drenaj tizimi orqali tuproqning suv balansini tartibga solish masalasi hal qilinadi, binolar, o'simliklar va yer egalari uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Drenaj tizimi - hududni ortiqcha namlikdan himoya qilish uchun mo'ljallangan, hudud yoki inshootning butun perimetri bo'ylab joylashgan va bir-biriga bog'langan quvurlar (drenlar) va drenaj quduqlarining yoyilgan tuzilishi.
Drenaj quvurlari (drenlar) drenaj tizimining muhim va asosiy elementidir. O'tgan asrning 90-yillarigacha drenaj quvurlari asosan keramika va asbest-sement quvurlardan iborat edi.
Drenaj quvurlari (drenlar) drenaj tizimining muhim va asosiy elementidir. O'tgan asrning 90-yillarigacha drenaj quvurlari asosan keramika va asbest-sement quvurlardan iborat edi.
Bunday drenajlarni yotqizish nisbatan uzoq vaqtga cho`zilar edi, chunki u dastlabki tayyorgarlikni talab qilardi: asbest-sement quvurlarida ko'plab kesish ishlari va teshiklar qilib chiqilgan.
Bunday drenajlarni yotqizish nisbatan uzoq vaqtga cho`zilar edi, chunki u dastlabki tayyorgarlikni talab qilardi: asbest-sement quvurlarida ko'plab kesish ishlari va teshiklar qilib chiqilgan.
Keramika drenaj quvurlari bir-biriga kamdan-kam hollarda filtrli gilzalar orqali ulangan va ko`pincha tutashuv bo'g'inini uchma-uch ulashda himoya qilish uchun mox, somon va keyinchalik shisha toladan foydalanilgan.
Drenaj tizimining quvurlari drenaj quduqlari tomon qiyalik bilan yotqizilishi kerak, shunda drenajlangan maydondagi barcha namlik bir joyda to'planadi, u erdan yomg'irli kanalizatsiya tizimiga yoki drenaj nasosi orqali boshqa joy (masalan, yaqin suv havzasi)ga quyiladi. Drenaj tizimini tashkil qilish jarayonida qiyaliklarning bir xilligi juda muhimdir. Bu omil loy tuproq bilan ishlashda ayniqsa ahamiyatli bo'ladi. Drenaj tizimining quvurlari orasidagi masofa tuproqning o'tkazuvchanligiga, yog'ingarchilikning intensivligiga va tuproqni drenajlash talablariga (odatda 5-12 metr) bog'liq.