Amaliy mashg`ulot №1 Mehnat xavfsizligi bo’yicha dastlabki yo’riqni asosiy masalalarining namunaviy ro’yxati 1



Download 123,43 Kb.
bet50/63
Sana03.01.2022
Hajmi123,43 Kb.
#313809
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
Bog'liq
практическая ПБ. узб.

Tablitsa – 5.1.

Elektr uzatgichi havo liniyasi pastki faza simidan yer sirtigacha bo’lgan masofa



Liniyalar o’tish hududi

Masofa, m

1

Ochiq kon va tog jinslari hududi

6

2

Odamlar va yer usti transporti o’tishi uchunqiyin bo’lgan joylar

5

3

Pogonalarqiyaliklari

3

4

Temir yo’li elektrlashtirish uchastkasi tutashish simining elektr uzatgichi liniyasi bilan kesishishi (tutashish simidan elektr uzatgichi liniyasigacha)

2

5

Temir yo’lining elektr uzatgichi liniyasi bilan kesishishi (relyslar boshchasidan)

7,5

3. Elektr uzatish liniyalarining chetki simlaridan ularning vertikal tekislikdan eng katta chetlangan holatida yaqindagi bino va inshootlarning chiqib turganqismigacha bo’lgan gorizontal masofa liniyadagi kuchlanish 10 kV gacha bo’lganda eng kamida 2 m va kuchlanish 35 va 110 kV bo’lganda 4 m bo’lishi lozim.

4. 6-10 kV kuchlanishli (simning chetlanish holatida) elektr uzatgichi (statsionar yoki ko’chma) havo liniyasi chekka simidan gorizontal masofaquyidagicha bo’lishi lozim:

a) tayanchning maydon tomonidan osilgan tutashish tarmogi chekka simidan 2,5 m dan kam bo’lmagan tutashish tarmogi bilan yaqinlashganda;

b) avtomobily yo’li yer tasmasi chetigacha kamida 2 m;

5. Kuchlanish ostidagi ekskavatorlar, yuklagichlar, burgilash dastgohlari va boshqalarning elektr uzatgichi liniyalari ostida yoki elektr uzatgichlari liniyalari yaqinida ishlashiga, agar bu mashinalar liniya egasiga tegishli yoki ularga berkitilgan bo’lsa va havodagi masofada ko’tarish yoki surishqismidan uning istalgan holatidan, shuningdek mashina konstruktsiyasidan ruxsat etilgan ko’tarish yoki yon uchishda, yaqin simgacha 1 kV kuchlanishda kamida 1,5 m; 1 dan 20 kV gacha - 2 m; 35 dan 110 kV gacha - 4 m bo’lganda ruxsat etiladi.

6. Ochiq konlarda kuchlanishi 10 kVgacha bo’lgan elektr uzatgichlari liniyalarida ko’chma tayanchlarningqo’llanishiga ruxsat etiladi.

Ko’chma tayanchlar orasidagi masofa hisob-kitob bo’yicha klimatik sharoitlarni hisobga olgan holda aniqlanadi va 50 m dan ziyod bo’lmasligi kerak.

Elektr uzatgichlar havo liniyalarining avtoyo’llar orqali o’tishida shtir izolyatorli tayanchlardagi simlarning mahkamlanishiqo’sh (juft) bo’lishi lozim ( zaboy oldi avtoyo’llari orkali o’tishdan tashqari, u yerda mahkamlanish 1 ta izolyatorda ruxsat etiladi).

7. Kuchlanish ostida, tumanda, momaqaldiroqda, yomgirda,qor yoqqanda, kunningqorongi paytida, shuningdek tayanchlarda ishlashniqiyinlashtiradigan shamolda elektr uzatgichlarining havo liniyalarida ishlashga ruxsat etilmaydi.

8. SHlangliqobiklar ta’miri va egiluvchan kabellar birlashishi vulkanizatsiya yo’li bilan yoki shu maqsadlar uchun sanoat tomonidan ishlab chiqarilayotgan materiallar va komponentlardan foydalangan holda maxsus texnologiyalar bo’yicha amalga oshirilishi lozim. Kabelning sim izolyatsiyasini tiklashni talabqiladigan birlashtirishdan so’ng, kabel dielektrik chidamlilik sinovidan o’tishi kerak. To’g`irlangan tokning sinov kuchlanishi kattaligi 2 Un dan kam bo’lmasligi kerak. Sinov davomiyligi 5 daqiqa.

IZOH: Ochiq konlarda va otvallarda kabel liniyalariniqo’llashda ochiq kon ishlarida ishlatishga ruxsat etilgan maxsus muftalar (birlashtiruvchi kutilar) yordamida kamida 100 m uzunlikdagi kabellar kesmalari birlashtiriladi.

5.4.9. Ko’chma mashinalarni tayminlaydigan egiluvchan kabel shunday yotqizilishi kerakki, bunda uning shikastlanishi, muzlashi, tog jinslari bilan ko’milibqolishi, transport vositalari va mexanizmlarning uning bosish imkoniyati bo’lmasin. Suvli maydonda kabel tayanchlarga (kozel) yotqizilishi kerak. Ekskavator bilan tog jinsini «kabely orqali» yuklash taqiqlanadi. Alohida hollarda ish rahbari tomonidan kabelni shikastlanishdan ishonchli himoyaqilgan hollarda 1 smenadan ko’p bo’lmagan muddatga «kabely orkali» yuklashga ruxsat berilishi mumkin.

Smena boshida, shuningdek ish davomida egiluvchan kabellar ushbuqurilmaga xizmat ko’rsatayotgan xodimlar tomonidan tekshirilishi mumkin.

Agar mashina konstruktsiyasida nazarda tutilgan bo’lsa, egiluvchan kabelni kuchlanish ostida maxsus baraban (moslama) saqlashga ruxsat etiladi.

10. Kuchlanish ostidagi va ko’chma kon mashinalarini (ekskavatorlar, kon-transport komplekslari, burgilash dastgohlari,qayta yuklagichlar va b.) ta’minlaydigan egiluvchan kabelniqo’l bilan harakatga keltirishda xizmat ko’rsatadigan xodimlar tok o’tkazmaydiganqo’lqoplardan yoki dastalari izolyatsiyaqilingan maxsus moslamalardan foydalanishlari shart.

Korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan Yo’riqnomaga muvofiq, ruxsat etilgan bukilish radiusining ortishini, haddan ziyod taranglik, kabelning sinishi va shikastlanish (tishlardagi izolyatsiyalovchi kiydirma va b.) iga yo’lqo’ymaydigan moslama mavjud bo’lganda ekskavator cho’michi yoki mexanizmlar yordamida shunday egiluvchan kabelni siljitishga ruxsat etiladi.




Download 123,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish