Amaliy mashg`ulot №1 Mehnat xavfsizligi bo’yicha dastlabki yo’riqni asosiy masalalarining namunaviy ro’yxati 1



Download 123,43 Kb.
bet33/63
Sana03.01.2022
Hajmi123,43 Kb.
#313809
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
Bog'liq
практическая ПБ. узб.

AMALIY MASHG`ULOT №14

Traktor va avtomobily transporti
1. Karyerda avtomobily transportidan foydalanishda «Yo’l harakatiqoidalari», «Avtomobily transporti xodimlari uchun mehnat muhofazasi bo’yichaqoidalar», «Konqazib oluvchi korxonani yo’l transportidan foydalanishda ishlarni bexatar olib borishqoidalari» va boshqa avtomobily transportidan xavfsiz foydalanish bo’yicha me’yoriy hujjatlarning mazkurqoidalarga zid bo’lmaganqismlariga amalqilish kerak.

2. Avtomobily yo’llarining plani, shakli, harakatqismini eni va bo’ylamaqiyaligi amaldagi «qurilish me’yorlari vaqoidalari» talablari va harakat xavfsizligini hisobga olgan holda loyiha bilan belgilanadi.

Yo’llar to’kma va betlariqattiq gruntlardanqo’tarilishi kerak. Bu maqsad uchun torf, chim va o’simlikqoldig`idan foydalanishga yo’lqo’yilmaydi.

Transheyalarga boradigan vaqtinchalik (foydalanish muddati ko’pi bilan bir oy bo’lgan) yo’llarqurilishi, ular bo’ylab transport harakatlanganda eni kamida 1,5 m bo’lgan erkin o’tish joyi bilan bajarilishi kerak.

3. Yo’llardagi cho’ziqqiyaliklarda (0,06), kamida 50 m uzunlikda 0,02qiyalik bilan va cho’ziqqiyalikning ko’pi bilan har 600 m q maydonchalarquriladi.

Bunday maydonchalarniqurish zaruriyatiqo’llaniladigan avtomobillar va yo’l-qurilish mashinalardan foydalash, ularni tavsifi va tayyorlovchi-zavod tavsiyalariga ko’ra karyer (kon) avtomobily yo’llarining loyihasi (pasporti) bilan belgilanadi.



4. Avtoyo’llarni bo’ylamaqiyaligi va plandagi egrilik radiusi amaldagiqurilish me’yorlari vaqoidalari, avtoag`dargichlarni pasportidagi tavsiflari va tayyorlovchi-zavod tavsiyalarini hisobga olgan holda nazarda tutiladi.

5. Karyer konturi ichidagi yo’llarning o’tishqismida (zaboy yo’llaridan tashqari)qurilish me’yorlari vaqoidalari muvofiq bo’lishi vaqulash prizmasidan tuproq devor yoki himoya devori to’silgan bo’lishi kerak. Yo’llarni muzlashdan saqlash uchun, ularniqimyoviy modda bilan ishlashga ruxsat etiladi.

7. Ko’p yuk oladigan avtomobillarni boshqarish huquqiga o’qish uchun jinsi erkak, avtomobilni boshqarish huquqiga oid «S» toifali guvohnomasi, shunday avtomobillarni boshqarish bo’yicha kamida 2 yillik haydovchilik staji bo’lgan shaxslarga ruxsat etiladi.

O’qish ushbu texnologik avtomobillarni tuzilish xususiyatlarini o’rganish va ularni ochiq kon ishlarida boshqarish bo’yicha amaliy usullarini o’zlashtirishni nazarda tutuvchi, hamda O’zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi organlari bilan kelishilgan o’quv rejasi va dasturiga muvofiq ravishda korxona o’kuv markazidagi (o’quv-kurs kombinati, o’kuv punktidagi) maxsus kurslarda, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’tkazilishi kerak.

Tayyorlanib imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan haydovchilarga, ular boshqarish huquqiga ega bo’lgan avtomobillar rusimini ko’rsatish bilan belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi.

Elektromexanikaviy transmissiyali avtomobillarni boshqarish uchun, elektr xavfsizligi bo’yicha kamida ikkinchi malaka guruhiga ega bo’lgan haydovchilarga, ruxsat etiladi.

Konchilik ishlari mexanizatsiyasining kontransport vositalarini va yordamchi mashinalarni, ular negizida tayyorlanganlarni (greyderlar, zanjirli va q`ildirakli bulydozerlar, vibrokatlar, frontal yuklagichlar, avtomobillar, shataklagichlar va boshqalari) boshqarish uchun, O’zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi organlari bilan kelishilgan o’quv rejasi va dasturiga muvofiq ravishda korxona o’kuv markazidagi (o’quv-kurs kombinati, o’kuv punktidagi) ta’lim kursini o’tgan, hamda mexanizatsiyaning kontransport vositalari va yordamchi mashinalarni tegishli rusumlarini boshqarish huquqiga oid guvohnomasi bo’lgan shaxslarga ham ruxsat etiladi.
Karyerda ishlaydigan transport vositasi haydovchilari avtoxo’jalik ma’muriyati bilan birgalikda karyer ma’muriyati tomonidan xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqlanishi lozim, hakarat yo’nalishi bilan tanishganlaridan keyin ularga karyerda ishlash huquqini beradigan guvohnoma berilishi kerak. Hakarat yo’nalishi bilan transport vositasi haydovchilarini amaliy tanishtirish, ular stajirovka o’tayotgan vaqtda amalga oshirilishi kerak.

8. Loyiha yoki konchilik ishlari bilan ko’zda tutilmagan yo’llar, tik yo’llar va boshqalarini transport vositalari hakaratlanishi uchunqurish, shuningdek ulardan foydalanish taqiqlanadi.

9. Boshqa korxona va tashkilotlarga tegishli avtomobily, traktor, tyagach, yuklash mashinasi va boshqa transport vositalarining karyerga bir marta o’tishi uchun, karyer ma’muriyati ruxsati bilan maxsus jurnalga yozgan holda haydovchi (mashinist) xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqni o’tganidan keyin, zarur bo’lganda karyer vakili kuzatuvida ruxsat etiladi.

10. Karyer yo’llarda avtomobillar va yo’l-qurilish mashinalarini harakat tezligi va tartibi mahalliy sharoitlar, tayyorlovchi-zavod, karyer ma’muriyati tavsiyalarini hisobga olgan holda transport tashkiloti (bo’linmasi) bilan kelishuvga binoan belgilanadi, transport vositalari harakati esa Yo’l harakatiqoidalarida ko’zda tutilgan belgilar bilan boshqariladi. Bunda belgilar o’lchamlari propotsional ravishda kattalashtirilishi mumkin.

Yo’l harakatiqoidalarida ko’zda tutilmagan, ammo transport tashkilotini texnik rahbari bilan kelishilgan va karyerni texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan izohiy manyovr sxemasi va ko’rsatgichlarining yuk ortish punkti va ishchi maydonchalardaqo’llanilishiga yo’lqo’yiladi.



11. Transport tashkiloti (bo’linmasi) bilan kelishilgan karyer (bo’linma) ma’muriyatiqaroriga binoan karyerda chap tomonli harakatni tashkil etishga yo’lqo’yiladi. Bunday hollarda karyerga boradigan yo’llar shlagbaumlar bilan yopilishi, uni yonida karyerda ishlash huquqini beradigan guvohnoma barcha transport vositalari haydovchilarida mavjudligi tekshirish, haydovchilar esa o’ng tomonli harakat tegishli belgilar, yozuvlar, svetoforlar va boshqalari bilan chap tomonli bilan almatirilgani haqida ogohlantirilishlari kerak.


Download 123,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish