8. Avtoblokirovli uchastkadagiqo’riqlanmaydigan kesishuvlar avtomatik kesishuv signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
9. Kesishuvlar bo’ylab o’ta og`ir va nogabarit yukni olib o’tishga karyer bosh muhandisi ruxsati bilan texnik nazorati shaxsi kuzatuvida ruxsat etiladi. Katta yuk ko’taradigan avtoag`dargichlar va karyerni boshqa texnikalari doimiy harakatlanadigan kesishuvlar relysga zarar yetkazishni oldini oladigan to’shamalarga ega bo’lishi kerak.
10. Temir yo’llarni kesib o’tish bilan elektr uzatish, aloqa liniyalari, neftquvurlar, suvquvurlar va boshqa yerosti, hamda ustidagiqurilmalarni o’tkazish ishi, shu ish bajariladigan korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan, va yo’l egasi bilan kelishilgan loyihaga binoan bajarilishiga yo’lqo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |