Boshqarish usuli bo‘yicha.
UQ da mexanik, gidravlik va elektromagnit mexanizmlari qo‘llanishi mumkin. Avtomobilning sinxranizatori UQ da uzatmalarni almashtirish odatda mexanik usul bilan bajariladi, bunda qo‘l kuchi ta’sirida richag va tortkich tizimi qo‘zg‘aluvchan karetka yoki blokirovka muftalarini siljitadi.
Uzatmalar qutisini ishlashi va prinsipial kinematik sxemalari.
UQ konstruksiyasi traktor yoki avtomobilning vazifasiga, nominal tortish va yuk ko‘tarish qobiliyatiga ishlatishdagi yuklanishga bog‘liq bo‘ladi.
Kinematik sxema shesternyalarni u yoki bu uzatma ulanganda qo‘shilish
tartibini va ishlash uslubini qo‘zatishga yordam beradi.
Ikki valli UQ, oddiy, uzatmalar almashtirilganda quvvat oqimini uzib
qo‘yadigan birlamchi val 1 dan hamda ikkilamchi val 9 dan iborat (3.2-a rasm).
Birlamchi val 1 ga odatda quvvat dvigatelidan tishlashish mufta orqali
keltiriladi, val 9 ni UQ dan chiqqan uchi ko‘pchilik holatdamarkaziy uzatmani etakchi konussimon shesternyasi bilan birga ishlanadi. Birlamchi val 1 ni shlitsalarida ikkinchi va uchunchi uzatmalarini qo‘shish uchun qo‘zg‘aluvchan ikki gardishli karetka 2 o‘rnatiladi, birinchi va orqaga yurish uzatmalarini qo‘shish uchun esa bir gardishli karetka 4 o‘rnatiladi. Birlamchi val 1 ni uchi 5 ga QOV ni yuritmasi o‘rnatilishi mumkin. Ikkilamchi val 9 ga oldinga yurish uzatmalarini etaklanuvchi shesternyalari o‘rnatilgan: 11-birinchi uzatmaga; 12-uchinch uzatmaga, va 13 shesternya ikkinchi uzatma uchun.
3.2- rasm. Traktorda qo‘llaniladigan UQ larini prinsipial kinematik sxemalari
a-ikki valli; b-uch valli; v-ko‘ndalang uch valli.
Ikki valli UQ qo‘yidagi kamchiliklar mavjud: 5-6 ta uzatmadan ortiqroq son hosil qilish mumkin emasligi, uzatish soni kichik diapozonda uzgarishligi, vallar orasidagi masofani chegaralanganligi.
Tarkibli UQ lari turli struktura sxemalar asosida bajariladi va bu sxemalar misollari 3.3-rasmda ko‘rsatilgan. Ushbu sxemada avval ikki uzatmasi mavjud bo‘lgan reduktor o‘rnatilib, u traktorni ishlash diapozonini tanlashga imkon beradi, reduktordan keyin bitta orqaga va to‘rtta oldinga yurish uzatmalari bo‘lgan asosiy UQ o‘rnatilagan.
3.3- rasm. Tarkibli UQ larini struktura sxemalari.
Mazkur rusumdagi UQ o‘rnatilagan traktorni oldinga va orqaga yurish
uzatmalar soni hamda UQ uzatmalar sonini ko‘paytmasiga tng bo‘lib, oldinga sakkizta va orqaga ikkita uzatma hosil qilishga imkon beradi.
Tarkibli UQ larida avval asosiy UQ, undan keyn esa reduktor o‘rnatilishi ham mumkin (3.3-b rasm), ammo birinchi sxemadan farq qilmaydi.
3.3-v sxemada reduktor «R» uchta oldinga va bita orqaga yurish uzatmalar soniga ega. Bu rusumdagi UQ da un ikkita oldinga va to‘rtta orqaga yurish uzatmalari hosil qilish mumkin. 3.3-g sxemada birdaniga ikki reduktor qo‘llash mumkinligi misol qilib ko‘rsatilgan.
R1→ (pol=3; por=1) va R2→ (pol=2). Bu rusumdagi UQ da oldinga yigirma to‘rtta (pol=24) va orqaga sakkizta (pol=8) uzatma olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |