Amaliy mashg‘ulot №1 mavzu: Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash xamda aniqlash Topshiriq



Download 4,13 Mb.
bet1/9
Sana15.02.2022
Hajmi4,13 Mb.
#449877
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 – AMALIY MAShG`ULOT (krivoship shatun mexanizmi)


AMALIY MASHG‘ULOT №1


MAVZU: Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash xamda aniqlash
Topshiriq
I.Ishning maqsadi:

1. Dvigatelning berilgan nominal quvvati va aylanishlar chastotasiga asoslanib tegishli ko‘rsatkichlarni aniqlash va nurli grafikni qurish.


2. Nurli grafik qurgandan keyin aniqlangan uzatish sonlari va urunma kuchlarini o‘xshash traktorning ushbu ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab o‘xshash traktor uzatish sonlari strukturasi to‘g‘risida xulosa chiqarish.
Loyixalayotgan traktor yoki avtomobil qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida turli texnologik xamda transport operatsiyalarini bajarishi lozim.
Traktor bajaradigan ishlar keng qamrovli tortish kuchlari xamda xarakat tezliklarni talab qiladi, shuning uchun uzatish sonlarini tanlaganda uzatmalar qutisida quyidagi uch turdagi uzatmalar bo‘lishi kerak:
1. YOrdamchi uzatmalar (sekinlashtirilgan) – o‘ta past (sekin) tezliklar hosil qilish uchun.
2. Asosiy uzatmalar – deyarlik barcha qishloq xo‘jalik ishlarini bajarish uchun.
3. Transport uzatmalari-yuklarni uncha uzoq bo‘lmagan masofalarga tashish, olib borish va avval ishlagan joydan boshqa ish joyiga etib borish uchun.
O‘ta past tezlik bilan ishlash ko‘chat ыtkazishda qo‘llaniladi. Bu texnologik jarayonida mashina traktor agregatining cheklangan tezligi quyidagicha aniqlanadi:


(2.1)
bunda Lk – ekish uyalar orasidagi masofa, m; m - bir daqiqa vaqt ichida ekuvchi shaxs tomonidan mashinaga solib ulguradigan ko‘chat soni.
Ayrim ko‘chat ыtkazish ishlarida agregatni tezligi 0,28 m/s dan xam kam bo‘lishi mumkin.
Traktorni tortish sinfiga nisbatan o‘ta past tezliklar qamrovi 0,14…0,28 m/s bo‘lishi mumkin.
Asosiy ishchi tezliklar zanjirli traktorlar uchun 5-12 km/soat gacha, g‘ildirakli traktorlarda esa 7-18 km/soat gacha bo‘lishi mumkin.
Transport tezliklari zanjirli traktorlar uchun 18 km/soat gacha, g‘ildirakli traktorlarda bu tezlik 40 km/soat gacha bo‘lishi mumkin.
Traktorlarda asosiy uzatish sonlari qishloq xo‘jaligida texnologik jarayonlarni bajariladigan tezliklar qamroviga nisbatan olinadi.
Qo‘zg‘aluvchan shesternyalar mavjud bo‘lgan uzatmalar qutisida 5-6 pog‘onadan ortiq uzatma loyixalash tavsiya etilmaydi. Odatda bu uzatmalar soniga bitta past rezerv uzatma qo‘shiladi.
Aloxida uzatmalar orasidagi ratsional bog‘lanishni aniqlash, bu asosiy uzatmalar qatorining strukturasini tanlash orqali bajariladi.
Zamonaviy traktorlarda asosiy uzatmalar qatori geometrik progressiya tamoyili bo‘yicha quriladi. Bunda tanlangan uzatmalar qatori strukturasida ketma-ket ulanadigan uzatmalarda urunma tortish kuchlar (Rk) intervallari xar xil bo‘ladi. Birinchi uzatmadagi urunma tortish kuch qamrovi yuqori bыlib, uzatmalar sonining ko‘payishi bu qamrovni qisqartiradi.
Transport uzatmalar va ularning nominal tezliklari traktor yurish qismining turiga va ressolanganligiga qarab tanlanadi. Zanjirli qishloq xo‘jalik traktorlarda bitta transport uzatma bilan chegaralanadi, pnevmatik shinali traktorlarda esa ularni minimal soni ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak. Traktor qanchalik yaxshi ressorilangan bo‘lsa, kattaroq transport tezligi belgilanishi mumkin (xayot faoliyat xavfsizligi qoidalariga qarab).
Mashina traktor agregatini shunday komplektlash kerakki, uning dvigatelining tirsakli valiga keltirilgan o‘rtacha qarshilik momenti dvigatelning burovchi momentidan bir oz kichik bo‘lishi lozim.
Bu momentlarning nisbatini dvigatelining yuklanish foydali ish koeffitsienti deb ataladi. Bu koeffitsient dvigatelning dinamik xususiyatlari va traktorning xarakatlanishiga qarshilik qiluvchi kuchlarning ыzgarishiga qarab 0,8…0,85 qiymat qamrovi orasida bo‘ladi.

Amaliy ishning bajarish tartibi:


1. Dvigatelning berilgan nominal quvvati va aylanishlar chastotasiga asoslanib quyidagi xisoblashlarni amalga oshiriladi:
a) nominal va minimal burovchi momentlarni xisoblash (Mn, Mmin);
b) nominal aylanishlar chastotasi asosida traktorni birinchi uzatmasidagi tezlikni xisoblash (V1).
v) birinchi ishchi uzatmada etakchi g‘ildirakning aylanishlar chastotasini aniqlash (nz);
g) ishchi uzatmalar qatoridagi maksimal va minimal urunma tortish kuchlarini xisoblash (Rkmax, Pkmin);
d) nurli grafikni qurish va asosiy ishchi uzatmalar qatorini aniqlash (i2, …, in);
e) o‘xshash xamda xisoblangan traktor uzatmalar qutilarining uzatish sonlari strukturasini geometrik progressiya maxrajlarini taqqoslab o‘xshash traktor uzatmalar qutisidagi tanlangan uzatishlar soni strukturasi to‘g‘risida xulosa chiqarish.
Topshiriqni bajarish ketma-ketligi:
1. Dvigatelning nominal burovchi momenti quyidagi ma’lum tenglama bilan aniqlanadi:


(2.2)
bunda Ndv – dvigatelning nominal quvvati, o‘xshash traktor dvigatelidan olinadi, kVt;
ndv – o‘xshash traktor tirsakli valining aylanishlar chastotasi, ayl/min.

2. Dvigatelning minimal burovchi momenti quyidagicha aniqlanadi:


Mmin = Mn  , N  m, (2.3)
bunda  - dvigatelning yuklanish foydali ish koeffitsienti, =0,8…0,85;

3. Traktorning asosiy birinchi ishchi uzatmasidagi tezlik xisoblanadi:



, km/ soat,
shunday qilib birinchi ishchi tezlik
km/soat, (2.4)
bunda rk – o‘xshash traktor etakchi g‘ildiragining yumalash radiusi, m;
i1-traktorni birinchi ishchi uzatmasidagi uzatish soni.
Bu tenglamada Vtr xamda i1 noma’lum, shuning uchun traktorni agrotexnik talablarga ko‘ra g‘ildirakli traktorlar uchun 7 km/soat, zanjirli traktorlar uchun 5 km/soat tezlik qabul qilinadi va tenglamadan birinchi ishchi tezlikni uzatish soni aniqlanadi:
- g‘ildirakli traktorlar uchun
; (2.5)
- zanjir tasmali traktorlar uchun:
(2.6)
Ushbu formuladan rk ni metrda, V ni esa km/soatda olinadi.

4. Asosiy ishchi uzatmalar qatoridagi maksimal va minimal urinma tortish kuchlari aniqlanadi:


maksimal urinma kuch Rk1
, (2.7)
bunda m – transmissiyadagi mexanik yo‘qotishlari e’tiborga oluvchi F.I.K.
(2.8)
bunda s = 0,98; k = 0.97 – mos xolda bir juft silindrik va konussimon shesternyalardagi mexanik yo‘qotishlarni e’tiborga oluvchi foydali ish koeffitsienti; a, b – mazkur uzatmada ishtirok etuvchi (moment uzatuvchi) silindrik va konussimon shesternyalarning juft sonlari, o‘xshash traktordan olinadi.
Minimal tortish kuchini quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
(2.9)
bunda k – traktor tortayotgan qishloq xo‘jalik mashinasining solishtirma qarshiligini o‘rtacha qiymati (eng kam quvvat talab qiladigan ishchi jarayon yuklamasi, masalan chigit ekishda k = 0,8 ... 1,4 kN; V – traktor agregatining ishlov berish (ekish) kengligi, V = 3,6 m.
5. Uzatish sonlar qatori strukturasi geometrik progressiya qonuniyati bo‘yicha tanlangandagi nurli grafikni quriladi, buning uchun quyidagi amallarni bajaramiz.
a) ordinata o‘qiga burovchi momentlar Mn va Mmin qiymatlarini masshtab bo‘yicha belgilab, ushbu nuqtalardan gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi.


2.1- rasm. Uzatish sonlari strukturasi geometrik progressiya qatori bilan tanlangan transmissiyaning nurli grafik chizmasi.


b) absissa o‘qiga va qiymatlarini masshtabda qo‘yiladi va bu nuqtalardan vertikal chiziqlar o‘tkazilib ularni avval chizib qo‘yilgan burovchi momentlarning gorizontal chiziqlari bilan kesishgan nuqtasigacha chiziladi. Kesishgan «a» va «v» nuqtalarni koordinata boshi «O» nuqta bilan birlashtiriladi va hosil bo‘lgan «s» nuqtasidan vertikal chiziq o‘tkaziladi. Ushbu vertikal Mn chizig‘ida «e» nuqtani, absissa chizig‘ida esa nuqtasi hosil qiladi. Keyingi bosqich – «e» nuqtani grafikni «O» nuqtasi bilan birlashtiriladi va yana «k» nuqta hosil qilinadi. Ushbu jarayon gacha davom etadi.
Bu grafikdan Rk2, Rk3, Rk4, Rkmin qiymatlar miqdorini avval qabul qilingan masshtab orqali aniqlanadi. Aniqlangan Rk miqdorlari bo‘yicha xar bir uzatmani uzatish sonini i aniqlanadi, masalan
(2.10)
SHu uslubda i3, i4 … in larni aniqlab, miqdorlarini quyidagi jadvalga kiritiladi.
2.1- jadval

Loyixalanayotgan mashina ko‘rsatkichlari






















































O‘xshash mashina ko‘rsatkichlari































Loyixalanayotgan mashinani uzatish sonlarini geometrik progressiya asosi ql va o‘xshash traktorni qux qiymatlarini formula orqali xisoblab taqqoslanadi va o‘xshash traktor transmissiyasining uzatish sonlari qatori strukturasini tanlash geometrik progressiya qonuniyatiga asoslanganligi yoki asoslanmaganligi to‘g‘risida xulosa chihariladi. Agar ular orasidagi farq 0,01 dan 0,09 gacha bo‘lsa - o‘xshash mashinaning uzatish sonlar strukturasi geometrik progressiya qonuniyati asosida tanlangan, agar bu farq 0,1 dan … 0,9 gacha bo‘lsa - o‘xshash mashinaning uzatish sonlar strukturasi ratsional sonlar qatori bo‘yicha loyixalangan xisoblanadi. Bunda transmissiyaning uzatish sonlari strukturasi traktorning eng katta ish unumdorligi koeffitsientini ta’minlaydigan bo‘ladi, ya’ni traktorning maksimal ish unumdorligini xamda tejamkorligini oshirish nazarda tushiniladi.
O‘xshash traktor yoki avtomobil transmissiyaning uzatmalarining uzatish sonlari qatori strukturasini geometrik progressiya qonuniyati bo‘yicha tanlangan bo‘lsa, asos quyidagicha aniqlanadi:
(2.11)
bunda n – uzatmalar soni.
O‘xshash traktorning uzatish sonlari strukturasi tanlangan geometrik progressiya asosida topiladi, masalan

Undan so‘ng formula bilan topilgan q ni qo‘ bilan solishtirib xulosa yoziladi.
2.2- jadval
2-amaliy ishni bajarish uchun kerakli ma’lumotlar

T.r.

Ko‘rsatkichlar

Mashina rusumi

T-16M

TTZ-60

TTZ80-10

TTZ80-11

T-150K

DT-75M

T-150

T-4A

GAZ-53

ZIL-130

1

Ishchi uzatmada ishtirok etuvchi silindrik shesternyalarning juft soni

3

3

5

7

4

4

5

6

2

3

2

Dvigatel quvvati, kVt

14.7

46.5

57.4

57.4

121.3

66.3

121.3

95.6

84.6

103

3

Tirsakli val-ning aylanish-lar chastotasi, ayl/min

1600

2000

2200

2200

2100

1750

2000

1600

3200

3100

4

Ishchi uzatma-dagi uzatish soni:
i1
i2
i3
i4
i5
i6

71.82

56.26
46.16


38.97

19.65
13.7



101.33

73.24
60.44


35.1

82.57

68
58.46


49.27

42.34
39.48



101.3

85.41
73.4


68.43

40.8
35.1



59.4

50.3
44.4


38.0

27.7
23.4



44.36

39.74
35.69


32.14

28.88
25.95



37.36

33.12
29.37


26.9

24.97
22.12



68.8

59.2
51.2


45.86

37.38
32.35



44.3

21.05
11.69


6.83

-
-


48.3

26.4
14.18


9.5

6.45
-



5

Eng yuqori uzatish soni

71.82

197.6

114.0

197.6

280

44.36

37.36

68.8

44.3

48.3

6

YUrish qismi turi

G‘il.

G‘il.

G‘il.

G‘il.

G‘il.

Zan.

Zan.

Zan.

G‘il.

G‘il.




Download 4,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish