O‘t o‘chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari. eng keng tarqalgan o‘t o‘chirish moddalariga suv, suv bug‘i, uglekislota namlagichlar, kimyoviy va havo-mexanik ko‘piklar, galoid tarkibli uglevodorodlar, kukun tarkibln aralashmalar, uglerod ikki oksidi, brometil birikmalar, inert gazlar va boshqa mexanik vositalar (qum, tuprok, brezent va h.k) kiradi.
O‘t o‘chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi:
Yonpg‘inni o‘chirish usuliga ko‘ra: sovutuvchi ( suv va qattiq uglekislota); suyultiriluvchi, ya’ni yong‘in zonasidagi kislorod mikdorini kamaytirish (ma’lum miqdordagi uglekislota gazi, yupqa zarrani suv, suv bug‘i yoki inert gaz aralashmasi); izolyatsiyalovchi harakatdagi (yonish zonasi atrof-muxit bilan ko‘pik yoki kukun pardasi hosil qilish orqali izolyatsiyalanadi); ingibir xususiyatli (tarkibi brometil, dibromtetraftor etan va brom metildan iborat galoid tarkibli uglevodorodlar, tarkibi 3,5-4 ND freondan iborat moddalar va b.);
Elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha: elektr o‘tkazuvchi (suv, suv bugi va ko‘pik); elektr o‘tkazmaydigan (gazlar va kukunlar);
Zaharliligi buyicha: zaharsiz (suv, ko‘pik va kukunlar), kam zaharli (uglekislota va azot) va zaharli (3,5-brometil, freon tarkibli).
Suv o‘t o‘chirishda aloqida yoki turli xil kimyoviy moddalar bilan aralashma holatida foydalaniladi. Suvning o‘t o‘chirish xususiyati yomuvchi moddani yonish xaroratidan past xaroratgacha past haroratgacha sovutishga asoslangan. Suvningnajmi bug‘lanish davrida 1700 va undan oshiq martagacha ortadi va bug yonish zonasidai kislorodni siqib chiqaradi.
Uglekislota (is gazi) va uglerod ikki oksid gazi rangsiz va xavodan 1.5 marta og‘ir gaz. U yong‘in muxitida parda hosil kilib Yong‘in zonasiga kislorod kirishini tuxtatadi. Undan ulardagi engil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar yonginini, elektr jihozlari yonginlarini va muzeylar, arxivlar kabi suvdan va ko‘pikdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagan binolardagi yong‘inlarini o‘chirishda foydalaniladi.
Namlash vositalarining fizik xususiyati yonuvchi materiallarni namlash, xo‘llanish xususiyatini oshirishga asoslangan. Ularga sovun, sintetik aralashmalar, amilsul’fat alkilsul’fomat va boshqa aralashmalar kiradi. Bu aralashmalar yong‘in muhitida og‘ir bug‘ va gaz hosil qilib, yonish zonasi kislorod kirishini to‘xtatadi, haroratni susaytirib, yong‘inni o‘chiradi.
Ko‘piklar kam issiqlik o‘tkazuvchanlik, etarli darajada qo‘zg‘aluvchanlik, issiklikni kaytarish samarasi katta, tutun zichligini kamaytirish xususiyatiga va kam mexanik mustaxkamlikga ega bo‘lgan o‘t o‘chiruvchi moddalar xisoblanadi. Ular tayyorlanish usuliga ko‘ra kimyoviy, havo-mexanik va yukori karrali ko‘piklarga bo‘linadi.
Kimyoviy ko‘piklar alohida saqlanuvchi aralashmalar (ishqorli va kislotali) ni yongin zomasiga uzatish yoki ko‘pik hosil qiluvchi kukunlar aralashtirish orqali PG-50, PG-100 ko‘pik generatorlari yordamida hosil qilinadi. Ko‘pik kukunlari oltingugurt ammoniy va natriy bikorbonat aralashmasi bo‘lib, 1 kg kukun va 10 l suvdan 40-60 litr ko‘pik olish mumkin. Neft maxsulotlari yonginlarini PO-1, PGP kukunlari, spirt va atseton yonginlarini GGPS kukuniga 2% sovun aralashtirilib tayyorlangan ko‘piklar yordamida o‘chirish mumkin. Havo-mexanik ko‘piklar havo-ko‘pik stvollari yordamida suv, iijekterlangai xavo va ko‘pik hosil kiluvchilar asosida olinadi.
Suvning bosimi va ko‘pik hosil qiluvchilar xususiyatiga ko‘ra ko‘piklar o‘rta va yuqori karrali bo‘lishi mumkin. Ko‘pik karraligi deganda hosil bo‘lgan ko‘pik hajmini, uni xoskl qilishga sarflangan barcha suyuqlik mikdoriga nisbati tushuniladi. 5 dan 100 karralikgacha ega ko‘piklar kam va o‘rta; 100 dan katta karralikga ega ko‘piklar yuqori karrali ko‘piklar deyiladi.
Inert gazlar (azog, argon, geliy, tutun va chiqindi gazlar) asosan yongindan saqlanish maksadida neft maxsulotlari sig‘imlarini payvandlashdan oldin to‘ldirib ishlov berishda ishlatiladi.
Mexanik vositalar (brezent, voylok, qum, tuprok va b.) yonginni boshlanish davrida, ya’ni uchkunlanish fazasida o‘chirish maqsadda foydalaniladi.
2. O‘t o‘chirgichlarniig tavsifi, tuzilishi, zaryadlash va saqlash qoidalari
O‘t o‘chirgichlar yong‘inni boshlang‘ich fazasida o‘chirish uchun ishlatiladi. Ular sigimi, o‘t o‘chirish moddasi, o‘t o‘chiruvchi moddani chiqarish usuli bo‘yicha turlicha bo‘ladi.
Kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar qattiq va suyuq moddalar yong‘inini o‘chirish maqsadida foydalaniladi. Ularga OXP-10, OP-M va OP-9MM o‘t o‘chirgichlari kiradi. Ularning ishlash vaqti ko‘pik karraligi 5 ga teng bo‘lganda 60 sek. Ballonlar hajmi 8,7 va 9 l. Zaryadlari ishkorli va kislotali kismdan iborat. Ishqorli qismi - 450...46 gr. bikorbanat natriy va qizilmiya ildizi ekstraktining suvdagi aralashmasidan, kislotali qismi - 15 gr. oltingugurt va 120 gr. dan ortiq oltingugurt kislotasining suvdagi aralashmasidan iborat.
Sanoatda OV-5, OVP-10 markali qo‘l o‘t o‘chirgichlari, OVP-100, OVPU-25 markali yuqori karrali statsionar o‘g o‘chirgichlar ishlab chiqariladi. Ularni zaryadlashda LO-1 ko‘pik hosil qiluvchidan foydalaniladi.
a) OXP-10 qo‘l o‘t o‘chirgich
b) OVP-10 havo-ko‘pikli o‘t o‘chirgich
Uglekislotali o‘t o‘chirgichlar turli xil moddalar, materiallar va elektr qurilmalapidagi yong‘inni o‘chirishda ishlatiladi. Ularni zaryadlashda uglerod ikki oksididan (CO2) foydalaniladi. Bunday o‘t o‘chirgichlarga OU-5, OU-8, OU-25, OU-80 va OU-400 markali o‘t o‘chirgichlar kiradn. Ular tarozida tortib ko‘rib tekshiriladi. Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7 kg dan kam bo‘lsa (mos xolda, OU-2, OU-5 va OU-8 o‘t o‘chirgichlari uchun) ular kayta zaryadlanadi.
Uglekislotali o‘t o‘chirgich
1-saqlagichli membrana plombasi; 2-zaryad plombasi; 3-maxovik;
4-ventil-tomba; 5-ushlagich; 6-kronshteyn tombasi bilan;
7-qor hosil kiluvchi moslama; 8-ballon; 9-yorliqjoyi
Uglekislotali-brometilli o‘t o‘chirgichlarga OUB-ZA va OUB-7A lar kiradi. Ularning xajmi 3,2 va 7,4 l bo‘lib, brometil va uglekislota aralashmasi bilan zaryadlanadi. Bu markadagi ko‘l o‘t o‘chirgichlarini ta’sir etish vakti - 35 sek, uzatish uzunligi 3,0-4,5m.
Kukunli o‘t o‘chirgichlar OP-1, "Moment", OP-2A, OP-YUA, OP-100, OP-250 va SI-120 markali bo‘lib, ular uncha katta bo‘lmagan yonginlarni o‘chirishda ishlatiladi. OP-1 va "Moment" o‘t o‘chirgichlaridan avtomobillar va kuchlanishi 1000 V. gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida foydalaniladi.
OP-YUA o‘t o‘chirgichi ishqorli metallardagi (natriyli, kaliyli) xamda yogoch va plastmassalardagi yonginlarni o‘chirishda ishlatiladi.
SI-2 ko‘chma o‘t o‘chirgichi neft mahsulotlari, metalloorganik birikmalar va shu kabi boshqa moddalar yonishini o‘chirishda, SJB-50 va SJB-150 o‘t o‘chirgichlari tok ta’siridagi elektr kurilmalar yonginini o‘chirishda hamda aerodrom xizmatidagi o‘t o‘chirish mashinalarini jixozlashda ishlatiladi.
O‘t o‘chirish qurilmalari yonginni boshlang‘ich fazada to‘liq bartaraf etish va yongin bo‘linmalari kelguncha yongin tarqalishini cheklash maqsadida ishlatiladi. Ular statsionar, yarim statsioiar va ko‘chma bo‘ladi. Zaryadlovchi moddalarning turi va tarkibiga ko‘ra zsa suvli, bugli, gazli (uglekislota), aerozol (galoid uglevodorod), suyuklikli va kukunli bo‘lishi mumkin. Bundan tashkari o‘t o‘chirishda ATS-ZO(66), ATS-40(131), ATS-40(130E) markali mashinalar va MP-600, MP-900, BMP-1600 markali motopompalardan xam keng foydalaniladi.
O‘t o‘chirgichlarni sinash tartibi. Barcha turdagi o‘t o‘chirgichlar qand etish nomeriga ega bo‘lishi kerak. Ular muntazam ravishda (har 6 oyda bir marta) tekshirilib va qayta zaryadlakib turilishi kerak. Agar korpusda yorik yoki chirigan joylar aniqlansa foydalanishdan chiqarilishi kerak. O‘t o‘chirgichlar foydalanish muddatiga ko‘ra 3 guruxga ajratiladi: 1-guruh foydalanish muddati- 1 yil; 2-guruh-2yil; Z-gurux-Zyil. 1-guruhdagi o‘g o‘chirgichlarning 25 foizi, 2-guruxdagnlarning 50 foizi, 3-guruxdagilarning 100 foizining korpusi foydalanilgandan 1 yil o‘tgach 2 MPa bosim ostida 1 minut davomida sinovdan o‘tkaziladi.
O‘t o‘chirgichlarni zaryadlash tartibi. Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlarni zaryadlashda ishqorli aralashma sigimi 10l.dan kam bo‘lmagan emallangan satil yoki shisha idishga solinadi va unga 8,5 l.xona haroratidagi suv qo‘shiladi. eritma sigimi 1,0-1,5 litrli kislotaga bardoshli bankaga ko‘yiladi va unga 80-100 S xaroratdagi qaynok suv ko‘shiladi. eritma sovugandan so‘ng kichik teshikli setka orqali kislotali stakanga ko‘yiladi. eritmaniig muzlash haroratini -24 S gacha pasaytirish maqsadida ishqorli eritmaga uning hajmiga nisbatan 40 foiz mikdorida etilenglikol yoki glitserin qo‘shiladi. O‘t o‘chirgich korpusi va xisobga olish jurnalkga zaryadlash sanasi ko‘rsatiladi.
8.3.O‘t o‘chirgichlar soning aniqlash
Ishlab chiqarish binolari uchun talab etiladigan o‘t o‘chirgichlar soni kuyidagicha aniqlanadi
bu erda S - ishlab chiqarish xonasining yuzi, m2 ;
m0 – 1m2 maydonga me’yor bo‘yicha belgilangan o‘t o‘chirgichlar soni. Bu ko‘rsatkich materiallar ombori, garajlar, chorvachilik binolari, buxonalar, tegirmonlar, oshxona va magazinlar uchun 100 m2 maydonga 1 ta, elektr payvandlash sexlari, temirchilik sexlari, labaratoriyalar uchun - 50 m2 maydonga 2 ta qilib qabul qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |