Yong‘inni o‘chirish moddalari va ularning xossalari
Yong‘inni o‘chirishning keng tarqalgan moddalari: suv, suv bug‘i, uglekislota, namlangan materiallar kimyoviy va havo-mexanik ko‘pik, poroshokli tarkiblar, brom etil birikmalar, inert gazlar va boshqalar hisoblanadi.
Yong‘inni o‘chiruvchi moddalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
-yong‘inni to‘xtatish usuli bo‘yicha-sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota);
-elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha-elektr o‘tkazuvchi (suv, suv bug‘i va ko‘pik), elektr o‘tkazmaydigan (gazlar va poroshoklar);
-toksikligi bo‘yicha - toksik bo‘lmagan (suv, ko‘pik va poroshoklar), kam toksik (uglekislota va azot), toksik bo‘lgan brometil, freonlar;
Is gazi yoki uglerod ikki oksidi rangsiz gaz bo‘lib havodan 1,5 marta og‘ir. U yonish zonasiga kislorodni kirishini oldini oladi ya’ni yong‘inni kisloroddan izolyatsiya qiladi. Kimyoviy ko‘pik yonish zonasida kislorod miqdorini 14 % gacha kamaytiradi, yonayotgan materiallar yuzini qoplaydi, sovutadi va yong‘inni to‘xtatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |