Amaliy ish. Xarakat tarkibi tormoz uskunalari



Download 3,74 Mb.
bet16/23
Sana11.02.2022
Hajmi3,74 Mb.
#443313
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
1. ХХ ва ТТ амалий иш лотин

5. AMALIY ISH.
TORMOZNING MEXANIK QISMINI O‘RGANISH
Ishning maqsadi: Tormozning mexanik qismini o‘rganish va mexanik qismi haqida ma’lumotlar keltirish; barcha zamonaviy lokomotiv va yuk xamda yo‘lovchi vagonlar tormozning mexanik qismini turi va ta’rifi hamda tormoz ish bo‘yicha xulosalar berish.


5.1. Yuk va yo‘lovchi vagonlari TRU o‘ziga xosligi

To‘rt o‘qli yuk vagonlari zamonaviy telejkalarini barchasi bir xil richakli uzatmalarga ega, yo‘lovchi telejkalari va sakkiz o‘qli yuk vagonlarini richakli uzatmalari ham unifikatsiyalangan.


Yuk vagonlarini richakli uzatmalari tormoz kolodkalarini bir tomonlama qisiluvchi va vagon ramasida mahkamlangan bir tormoz silindri bilan bajariladi.
Yuk vagonlarini tormozli uzatmasi cho‘yanli va kompozitsion kolodkalapni qo‘llashga moslashgan. Bu kolodkalarni ishqalanish koeffitsienti turlicha bo‘lganligi sababli, bir turidan ikkinchi turiga o‘tishda richakli uzatmalarni uzatuvchi sonini o‘zgartirish kepak bo‘ladi. Bu o‘zgarishni gorizontal richaklari tortgich valiklarining o‘rnini alishtirish bilan amalga oshiriladi (tormoz silindriga yaqinroq joylashgan teshikchalapiga - kompozitsion kolodkalarda; uzoqroqdagisi – cho‘yanli kolodkalarda).
To‘rt o‘qli yuk vagonlarida richakli uzatmalar 4, 10 (5.1 – rasm) 12, 1 bir uchidan silindrni orqa qopqog‘ida shtok 6 va kronshteyn 7 bilan sharnirli o‘rnatilgan, qarama-qarshi tomonidan esa – tortgich 1 (silindrni orqa qopqog‘i tomonidan) va 3 avtoto‘g‘rilagich bilan (old qopqog‘i tomonidan) birlashtirilgan. Gorizoital richaklar o‘zaro 5 tortgich bilan o‘rnatilgan bo‘lib, undagi teshikchalar kompozitsion kolodkalarda valiklarni o‘rnatish uchun, 9 teshikcha esa cho‘yanli kolodka uchun mo‘ljallangan.
Tortgichlar 2, 11 telejkalarni 1 vertikal, 12 richaklarini yuqorigi uchlari bilan birlashtiriladi. Qarama-qarshi richaklarni yuqorigi uchlari 13 isirg‘a bilan ulangan. Vertikal richaklari pastki teshikchalari bilan o‘zapo 15 rasporka orqali, ularni oraliq 18 teshikchalari esa, triangellarni 17 rasporkalari bilan sharnirli ulangan.
Triangel sapfalarida bashmoqlar kolodkalari bilan o‘rnatilgan. Bashmoqni har bir teshigiga triangel 16 osmasi o‘rnatilgan bo‘lib, u telejka kronshteyni valigiga birlashtirilgan. SHunday qilib, osmalar – telejkalarni richakli uzatmalari, detallarini sharnirli ilinib turuvchi elementlari bo‘lib xizmat qiladi.



5.1 – rasm. To‘rt o‘qli yuk vagonining richakli uzatmani sxemasi (a) va tuzilishi (b).

Richakli uzatma detallarini yo‘lga tushishidan saqlanishi telejkalar yonidagi jovonida joylashtiriladigan (5.1 – rasmga qarang) triangelni mahsus 19 uchi orqali taminlanadi.


To‘rt o‘qli vagonni richakli uzatmasi harakatini va uni uzatmali sonini aniqlashni ko‘rib chiqamiz.
Tormozlashda siqilgan havo bosimi tormoz silindri porsheniga ta’sir qiladi, porshen kuchi 6 shtokka uzatiladi, porshen va g‘ildiraklar orasida oraliq bo‘lsa, shtok bilan birgalikda chapga (rasm bo‘yicha) siljiydi va 4 richagni bir vaqtni o‘zida 5 zatyajka bilan uni joylashtirib buraydi.
Zatyajkani 5 harakati gorizontal richagni 10, kronshteyn 7 sharnirini qo‘zg‘almas nuqtasiga nisbatan burilishini keltirib chiqaradi. Gorizontal richaklarni burilishi tortgich va avtoto‘g‘rilagich harakati bilan kuzatiladi, ular 1, 12 telejkalar richaklarini vertikal joylashtiradi va triangel ajralgichida (rasporkasida) 18 sharnirlarga nisbatan ularni aylantiradi. 1, 12 richaklar bilan birgalikda 15 ajralgichlar harakatlanadi. Vertikal richaklarni burilishi va tormoz kolodkalarini siqilishi sodir bo‘ladi. Tormoz silindrlari shtokini chiqishi jarayonida richaglarni ketma-ket ko‘chishi, ular harakati qarshiligiga bog‘liq bo‘lgan tasodifiy harakteri hisoblanadi.
G‘ildiraklarga barcha kolodkalarni siqilganidan keyin tormoz silindridagi bosim oshib borishi bilan shtokni chiqishi richakli uzatmalar detallarini, asosan triangellarni, egiluvchan deformatsiyasi hisobiga bir qancha oshadi.


5.3 – rasm. Birinchi va ikkinchi turdagi richaklarni sxemasi.

Richagli uzatmalarni uzatmalar sonini etakchi richaglarning elkalari o‘lchamlarini etaklanuvchilariga nisbatini ko‘paytmasi shaklida hisoblaydilar. Bunda richaglar ishlarini shartlarini to‘g‘ri hisobga olish kerak. Birinchi turdagi richaglar uchun (5.3 – rasm, a) bu nisbat a/b, ikkinchi turdagi richag uchun (5.3 – rasm, b) u (v + g)/g ni tashkil qiladi.

Richagli uzatmalar barcha kolodkalarga tekis siqilishini ta’minlashini inobatga olgan xolda loyihalashtiriladi, shuning uchun uzatma sonini birinchi kolodkagacha (agar ular triangel, traversa bilan birlashtirilgan bo‘lsa, kolodkalar juftligigacha) tormoz silindridan aniqlash, so‘ngra uni kolodkalar soniga (yoki kolodkalar juftligiga) ko‘paytirish etarlidir. To‘rt o‘qli vagonni uzatma sxemasidagi gorizontal richaklari birinchi turdagi richak kabi, vertikallilari esa — ikkinchi turdagi kabi ishlaydi.


Agar yuk vagoni sakkiz o‘qli bo‘lsa, richakli uzatma konstruksiyasi to‘rt o‘qli kabidir, faqat farqi shundaki, vertikal richagini yuqorigi elkasi 100 mm ga qisqartirilgandir.
Yo‘lovchi vagonlarini richagli uzatmasi (5.4 – rasm) yuknikidan shunisi bilan farq qiladiki, unda tormoz kolodkalarini bosilishi ikki tomonlama va g‘ildiraklar yonida yon tomonidan ikki qator joylashgan vertikal richaglariga ega. YAlang o‘rnatilgan bashmoqlari bo‘lgan triangellar o‘rniga yo‘lovchi vagonlarida aylantiruvchi bashmoqlari o‘rnatilgan, silindrli sapfasi bo‘lgan 17 traverslar qo‘llaniladi; prujinalari bo‘lgan fiksatsiyalovchi uskunalari bashmoqlar aylanishiga to‘sqinlik qiladilar va tormoz kolodkalarini chiqarilgan tormozlarda, g‘ildiraklar sirpanish yuzasidan zarur masofada ushlab turadi.

5.4– rasm. Yo‘lovchi vagon tormozli richaklarini uzatmasi chizmasi.


17 traverslari sapfasiga 15 bashmoqlar tormoz kolodkalari bilan o‘rnatilgan. Vertikal 24 richaglar va 23 zatyajkalar ramaga 22 osmalar orqali ilingan. 17 traverslar bashmoqlar va kolodkalari bilan bittali 20 osmalarda ilib qo‘yilgan bo‘lib, ularni quloqlari bashmoqlar borti orasidan o‘tadi. 7 gorizontallaridan tashqari oraliq 10 richaklari bo‘lib, ular vertikallari bilan 2 tortgichlar orqali birlashgan.
19 uskuna tormoz kolodkalarini g‘ildirakka nisbatan holatini fiksatsiyalash uchun mo‘ljallangan, 4, 6, 9 skobalar va 11 richakli uzatma detallari ajrab ketganda yoki uzilib ketganda, yo‘lga tushishidan saqlash uchun mo‘ljallangan. Richagli uzatmalarni to‘g‘rilab turish uchun tortgichlar va 8, 14 tortishli muftalarni boshchalarida teshikchalar ko‘zda tutilgan. Qo‘l tormozini keltirgichi 18 dastakdan iborat bo‘lib, u vagon tamburida 16 vint, konussimon shesternyalar jufti va 13 tortgichlar 12 richag bilan birlashtirilgan. So‘nggisi 1 tortgich 3 richagi bilan hamda 5 tortgich gorizontal richagi bilan birlashtirilgan. Kompozitsion kolodkalarni o‘rnatish vaqtida gorizontal richaklapning etakchi elkalarini yangi teshikchalar o‘yish bilan o‘rnatiladi, ya’ni uzatma soni kamaytiriladi.
5.5 – rasmda diskli tormoz richagli uzatmasi berilgan bo‘lib, u quyidagi qismlardan tashkil topgan:



5.5 – rasmda diskli tormoz richagli uzatmasi.
1 – disklar; 2 – gorizontal richaklar (qisqichsimon mexanizmlar ko‘rinishida); 3 – tortgichlar; 4 – sharnirlar; 5 – tormoz silindrlari; 6 – richak; 7 – pona; 8 – roliklar.

Motorli vagonlar (6-rasm) kuzovida bosim relesi va havotaqsimlagich bilan egiluvchan shlang orqali birlashgan va telejkalarda joylashgan tormoz silidrlari bilan richagli uzatilishi qo‘llaniladi.





5.6 – rasim ER2, ER9P elektropoezdlarning motorli vagonlari telejkalarining richakli uzatmasi chizmasi.

Riga vagon qurish zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan elektropoezdlarda richagli uzatishni pnevmatnk regulyatori jihozlangan. Bunda telejkani bir tomonidan tormoz silindri 1 (5.6-rasm), qarama-qarshi tomonidai vertikal richagli 2 yuqorigi sharniri bilan birlashgan pnevmatik regulyator 3 o‘rnatnladi.



5.7 – rasim Eletropoezdning motorli avtoto‘g‘irlagichi bo‘lgandagi chizmasi
Lokomotivlarni tormozli richagli uzatishi turli chizmalari bilan farqlanadi- VL 22 m va BJI 23 elektrovozlarida (5.7-rasm) ikkita tormoz silindri 1 (ikki qo‘li telejkani har tomo­nidan bittadan) 2 richagga ta’sir qiladi, u esa tortgich 3 orqali kuchni balansirga 4 uzatadi. Bundan tashqari unda quyidagi qismlar bor: 5-balansir; 6 va 7-balkalar; 8-ko‘ndalang balka.

Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish