Bir seksiyali eletrovoz va teplovozlar. Misol tariqasida zamonaviy bir seksiyali yuk lokomotivlari uchun namunaviy bo‘lgan M 62 teplovozining va VL 60 elektrovozining tormoz uskunalari sxemalarini ko‘rib chiqamiz.
M62 teplovozi (4.1. - rasm ) yuk turidagi avtomatikli tormozi № 394 mashinachi krani va № 270 - 005 - 1 havotaqsimlagichi, shuningdek № 254 yordamchi to‘g‘ri ta’sir qiluvchi tormoz krani bilan jihozlangan. Bundan tashqari har bir mashinachi kranida tegishli telejka g‘ildiragiga ta’sir qiluvchi qo‘l tormozi mavjud.
4.1 – rasm Yuk turdagi M62 bir seksiyali teplovozning tormoz uskunalari sxemasi
Siqilgan havo manbai bo‘lib KT 7 turidagi kompressor 7 hisoblanib, u bosh dizelning kalenli validan keltirgichi bilan jihozlangan. Umumiy hajmi 1110l bo‘lgan beshta bosh rezervuarlar 13 havoni yaxshi sovitish uchun ketma – ket ulangan. Kompressordan bosh rezervuarlarga bosimli havoquvurlarida va kompressor sovitgichlarida uchta № E - 216 saqlash klapanlari 6, ajratish krani 14 (bir rezervuarni yopish uchun) va iste’mol magistraliga 18 quvurli o‘tkazgichda bosh rezervuar ortiga o‘rnagilgan № E - 120 moyajratgichi 15 joylashgan.
Iste’mol magistralidan № 394 mashinachi kraniga 1, № 254 yordamchi tormoz kraniga 2, № EPK - 150 avtostop 4 elektropnevmatik klapaniga, № ZRD bosim regulyatoriga 11 va yordamchi uskunalarga, elektrovozni boshqarish apparatlariga, qum idishiga, signallar va boshqalarga otvodlar mavjud (ular 4.1 - rasmida ko‘rsatilmagan).
Tormoz magistrali 17 iste’mol magistrali bilan hajmi 20 l tenglashtirish rezervuari 26 ulangan mashinachi krani 1 aloqalanadi.
Tormoz magistraliga ajratish krani orqali № 270 - 005 - 1 havotaqsimlagichi 55 l hajmli g‘amlama rezervuar 9 bilan ulangan, shuningdek № AK-11B bosim regulyatori 12, SL-2M turidagi tezlik o‘lchagich 25 va № EPK-150 avtostopi 4 klapani. AK-11B bosim regulyatori tormoz magistralidagi bosimni pasayishi 0,3-0,35 MPadan kamayganda teplovoz tortish generatoridan yuklanishni olish uchun mo‘ljallanganligi bu holatda boshqaruvning avtomatik o‘chiruvchisi hisoblanadi va magistraldagi bosim 0,48-0,5 MPa bo‘lmagunga qadar generatorni yuklanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Yordamchi tormoz magistrali 20 № 254 kranlari 2 bilan va ajratish krani orqali - havotaqsimlagich 10 va hajmi 6 l qo‘shimcha rezervuar 8 bilan ulangan.
Tormoz silindrlari 24 magistrali 19 iste’mol magistrali 18 bilan ajratish krani, havoli filtr 3 va № 254 krani 2 orqali ulangan. Komprsssorlarning blokirovka magistrali 5 teplovozning ikki chetidan otvodlarda va iste’mol magistraliga o‘rnatilgan uchta ajratish kraniga ega.
Barcha 5, 17, 18, 19 va 20 magistrallari ikkilamchi tortishli lokomotivda yoki poezd magistrallari bilan tegishli birlashma uchun chetki kranlari 16 bo‘lgan rezina to‘qimali birlashtirish engchalari bilan jixozlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |