Nazorat savolari
Struktura setkalarni qurish tartibini izohlang.
Aylanishlar chastotasi (aylanishlar soni) grafigini qurish tartibini izohlang.
Almashma tishli g’ildirakli mavjud yuritmalar (almashma tishli g’ildiraklar gitarasi) aylanishlar chastotasi (aylanishlar soni) grafigini qurish tartibini izohlang.
Yig’ma strukturali yuritmalar aylanishlar chastotasi (aylanishlar soni) grafigini qurish tartibini izohlang.
Perebor mexanizmili yuritma aylanishlar chastotasi (aylanishlar soni) grafigini qurish tartibini izohlang.
Aylanishlar qatorni qurishda qanday qonuniyatlar mavjud?
Aylanishlar chastotasi grafigidan tezliklar qutisi haqida qanday ma’lumotlar olish mumkin?
3 - AMALIY MASHG’ULOT
ROSTLANADIGAN ELEKTRODVIGATELLI BOSH HARAKAT YURITMASINING KINEMATIK HISOBI
Nazariy qism
Chastotasi elektrodvigateldan rostlanadigan yuritmani hisoblashning o‘ziga xosligi
Chastotasi elektrodvigateldan rostlanadigan yuritmani hisoblashning o‘ziga xosligi shundan iboratki, shpindelning aylanishlar chastotasini berilgan rostlash diapazonini talab qilingan parametrlar bilan ta’minlaydigan mexanik tezliklar qutisi va rostlanadiagan elektrodvigatelni tanlash kerak. Odatda, dvigatellar (doimiy tok dvigatellari ham) va rotor valini aylanish chastotasini chastotali rostlaydigan asinxron dvigatellari ham doimiy quvvatda nisbatan uncha katta bo‘lmagan rostlash diapazoniga Ddv =(3÷6) ega.
Shuning uchun bosh harakat yuritmalarida mexanik tezliklar qutisidan foydaliniladi. Ko‘p hollarda bunday yuritmalarda ikki-to‘rt pog’onali Ztq=(2÷4) rostlash qutilari quyiladi.
Tezliklar qutisining chiqish valida (stanok shpindeli) rostlash diapazoni quyidagiga teng:
Dz =Dtq*Ddv, (1)
bu erda Dtq – tezliklar qutisining mexanik qismini rostlash diapazoni;
Ddv – dvigatelning quvvati doimiy bo‘lgan rostlash diapazoni.
Elektrodvigatelning to‘liq quvvatini stanok shpindeliga uzatishni ta’minlash uchun rotlashning butun diapozonida
Dtq Ddv (2)
qabul qilinadi.
42,a-rasmda bu holat uchun aylanishlar chastotasi grafigining varianti ko‘rsatilgan. Grafikdan ko‘rish mumkinki, shpindelda (val III) n1 dan n2 gacha chastotada to‘liq quvvat uzatiladi. Agar shpindelning bunday rostlash diapazoni bosh harakat yuritmasiga quyilgan talablarni qoniqtirmasa, uni uzatish nisbati i2 ni o‘zgartirish yo‘li bilan kattalashtirilish mumkin.
42,b–rasmda i2 uzatish nisbati i2' kattalikkacha kichraytirilgan (0,25 ≤ i ≤ 2 sharti bajarilishi kerak). U holda shpindeldagi to‘liq quvvat np÷n2 diapazonda uzatilishi mumkin. Lekin diapazonni kengaytirish, bu holda yuritma diapazonining o‘rtasida, ba’zi aylanishlar chastotasida (n1÷nj oraliqdagi nm chastota) quvvatni «proval» iga (kamayishiga) olib keladi.
Bunday «proval» kerak emas, lekin u yuritma quvvatining 10÷25% dan oshmasa, odatda, ruxsat etiladi.
n1÷np diapazonda (42,b-rasm) yuritma dvigateldagi doimiy burovchi momentda va, natijada, o‘zgaruvchan quvvatda ishlaydi. Shpindelning aylanishlar chastotasi diapazoni boshida yuritma quvvatining kamayishi shu bilan ta’minlanadiki, bu chastotalar (diapazon o‘rtasidagi chastotalarga qaraganda) kam hollarda foydalaniladi. Shuning uchun n1 dan np gacha chastota diapazonida ishlashida dvigatel quvvatidan to‘liq foydalanilmaganligi sababli mahsuldorlik past bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |