43-rasm. zt.q.=2 da yuritmaning aylanishlar chastotasi grafigi
(I, II, III tezliklar qutisining vallari)
44-rasm. zt.q.=4 da yuritmaning aylanishlar chastotasi grafigi
aylanishlar chastotasini olish uchun foydalaniladi. Shuning uchun 40 dan 125 gacha ayl/min va 350 dan 1000 gacha ayl/min da dvigatel doimiy momentda ishlaydi.
Shunday qilib, FIK ni inobatga olganda, shpindelda doimiy quvvat qutining i2=0,25 uzatishlar nisbatida, 125 dan 350 gacha ayl/min diapazonida va qutining i3=2 uzatishlar nisbatida, 1000 dan 2800 gacha ayl/min diapazonida bo‘ladi. 600 dan 890 gacha ayl/min diapazonda quvvatni «proval» ini olamiz. Bu uchastkada dvigatel doimiy momentda ishlaydi, va shpindeldagi quvvat (8) formula bo‘yicha hisoblanadi.
Grafikning tahlili shuni ko‘rsatadiki, 400÷630 ayl/min chastotada quvvat “proval” i kattaligi ruxsat etilganidan 20% dan oshmaydi (2,7 kVt). Shpindelning kichik aylanishlar chastotasida (40 dan 112 gacha ayl/min) juda kichik quvvat olinadi. Shuning uchun tezliklar qutisida tezliklar qutisini rostlash diapazonini dvigatelning doimiy quvvatdagi rostlash diapazoniga yaqinlashtirish kerak (shart 2). Shpindelda quvvat “proval” larini kamaytirish uchun tezliklar qutisiga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritamiz:
a) i2 ni nshp=705 ayl/min aylanishlar chastotasini olish imkonini beradigan kattalikkagacha ortiramiz . 43-rasmda bu uzatish nisbati punktir bilan ko‘rsatilgan;
b) yuritmaning mexanik qismiga yana bitta uzatmalar guruhini kiritamiz.
Bu variant uchun aylanishlar chastotasi grafigi (tezliklar qutisining pog’onalari soni 4 ga teng bo‘lganda ) 39-rasmda ko‘rsatilgan.
Bu erda birinchi uzatmalar guruhida i2=0,5 (i2=0,25 o‘rniga, 39-rasmga qarang) tanlangan. To‘liq quvvatdan (13,5 kVt) shpindelning 63÷180 ayl/min, 250÷705 ayl/min, 1000÷2800 ayl/min aylanishlar chastotalari chegaralarida foydalanilishi mumkin. 40 dan 63 ayl/min, 180 dan 250 ayl/min, 705 dan 1000 ayl/min gacha diapazonlarda dvigatel doimiy momentda ishlaydi, shpindelda quvvatning pasayishi yuzaga keladi, lekin u ruxsat etiladigan chegarada bo‘ladi. 40 dan 63 ayl/min gacha chastotalarda yuritma quvvati 9-12,1 kVt gacha kamayadi, odatda bu, ruxsat etiladi.
Tanlangan dvigatel quvatning pasayishida n=5000 ayl/min chastotagacha razgon olishi mumkin (yuritma xarakteristikasiga qarang). Bu shpindelda yuritma quvvatining proporsional pasayishida 2800÷4500 ayl/min chegaradagi aylanishlar chastotasiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Natijada, shpindelda to‘liq quvvatdan foydalanish zarurati bo‘lganda, masalan, toza yo‘nishda, ko‘rsatilgan chastotalarni qo‘shish mumkin. Haqiqatda yuritmaning rostlash diapazoni Dz=4500/400≈112 qiymatgacha ortadi. Grafikdan uzatish nisbatlari aniqlangandan keyin tishli g’ildiraklarning tishlar soni hisoblanadi.
A2-jadval hisoblashlarni amalga oshirishni engillashtiradi. Unda gorizontal bo‘yicha tishlar summasi berilgan, vertikali bo‘yicha esa 1,06 ga karrali – uzatishlar nisbati. Bush katakchalar, ΣZ ning berilgan qiymatlarida uzatish nisbati talab qilingan ±10(φ-1) chegaralarda ta’minlanishi mumkin emasligini bildiradi. Qolgan katakchalarda kichik tishli g’ildirakning tishlari soni ko‘rsatilgan.
Hisoblash tartibi quyidagicha:
a) aylanishlar chastotasi grafigi bo‘yicha uzatmalar guruhi uchun:
; .
b) tishlar summasini beramiz ΣZ=54.
c) 2 sonli qator va ustun ΣZ=54 ni kesishuvida Z1=18 ni topamiz, u holda: Z2=54-18=36.
Xuddi shunday boshqa g’ildiraklarning tishlari sonini aniqlaymiz. Tezliklar qutisi uzatmalaridagi tishli g’ildiraklar tishlari sonini hisoblash natijalari 14-jadvalda keltirilgan.
14-jadval. Tezliklar qutisi tishli g’ildiraklar tishlari sonining hisobiy qiymatlari (φ = 1,12)
i
|
|
|
|
|
Z1:Z2
|
18:36
|
36:18
|
45:45
|
18:72
|
ΣZ
|
54
|
90
|
Do'stlaringiz bilan baham: |