Amaliy ish №2 Ishning mazmuni


Kompyuterni tekshirish uchun har bir Windowsda mavjud xizmat dasturi – Проверка диска (Diskni tekshirish)dan foydalanamiz



Download 0,69 Mb.
bet5/6
Sana05.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#483520
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-AMALIY ISH

Kompyuterni tekshirish uchun har bir Windowsda mavjud xizmat dasturi – Проверка диска (Diskni tekshirish)dan foydalanamiz.
Fayllarning qayerdaligi haqidagi barcha ma’lumot kompyuterning maxsus fayllar joylashuvi jadvali (FAT yoki NTFS)da saqlanadi. Har gal biror dastur ishga tushayotganda Windows kerakli fayl qayerdaligini aniqlash uchun ushbu jadvalga murojaat qiladi.
Agar, qandaydir sabablarga ko‘ra, jadvaldagi ma’lumot amaldagi holatga muvofiq kelmay qolsa, fayl haqidagi ma’lumotni olib bo‘lmaydi. Bunday xatolar asosan kompyuter noto‘g‘ri o‘chirilganda ro‘y beradi. Bu xatolar boshida arzimagan ko‘rinsa ham, lekin vaqtida tuzatilmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ularni tuzatish esa, juda oson – disklarni birrov tekshirib chiqish kerak, xolos. Buning uchun «Мой компьютер» darchasidagi tekshiriladigan disk (masalan, D diski) yorlig‘iga sichqonchaning o‘ng tomoni bilan bosamiz. Paydo bo‘lgan menyudan eng pastdagi «Свойства» («Xususiyatlar») qatorini tanlaymiz, «Свойства» darchasi paydo bo‘ladi.
U yerda «Сервис» («Xizmatlar») ilovasini ochamiz va «Выполнить проверку» («Tekshirish») tugmasini bosamiz, tekshirishning ikkala o‘lchamlari qarshisiga tasdiq belgisini qo‘yamiz va «Запуск» («Ishga tushirish») tugmasini bosamiz.
Tekshirish jarayonida diskni ishlatib bo‘lmaydi. Agar unda ancha katta hajmdagi ma’lumotlar bo‘lsa, tekshirish uzoq davom etishi mumkin. Tekshirish boshlangach, oxirigacha sabr bilan kuting va boshqa disklarda ham xuddi shunday amaliyotni bajaring.
Agar tekshirishning to‘liq bo‘lishi uchun kompyuterni qayta yoqish kerakligini bildiruvchi xabar paydo bo‘lsa, tegishli darchadagi «Да» («Ha») tugmasini bosing. Qayta yoqish jarayonida ko‘k ekran paydo bo‘ladi va tekshirish Windows ishga tushishidan oldin amalga oshiriladi.
Mana, shu bilan tekshirish ham tugaydi. Bu ishni vaqti-vaqti bilan bajarib turganingiz ma’qul. Agar tizim ishida biror nuqson sezsangiz, birrov tekshirib olish hech ham zarar qilmaydi.
B a’zida kompyuterning sekin ishlashiga xuddi shunday tartibsizlik sabab bo‘ladi. Gap shundaki, har bir fayl diskda muayyan makonga ega. Bu makon bo‘laklarga bo‘lingan. Ularni «klaster» deb ataydilar. Bitta fayl bir nechta klasterlarga yozilishi mumkin. Fayl qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p klasterlarni egallaydi.Fayl yozilayotganda (ko‘chirilayotganda) uning klasterlari har doim ham ketma-ket turavermaydi. Ba’zida bitta faylning bir klasteri qattiq diskning bu tomonida, boshqasi esa, butunlay boshqa tomonida joylashib qoladi. Ana shunday holatlarda fayl fragmentlanib qolgan, ya’ni fragment (bo‘lak)larga bo‘linib, turli joylarga sochilgan deydilar.
Bundan fayl zarar ko‘rmaydi, lekin qattiq diskka yozish va undan o‘qish sezilarli darajada sekinlashadi. Ayniqsa, undagi hamma fayllar fragmentlangan bo‘lsa. Har bir fayl klasterlarini bir tartibga keltirish va shu orqali kompyuter tezligini oshirish uchun «Дефрагментация диска» («Diskni defragmentatsiyalash») dasturi kerak bo‘ladi.
To‘g‘ri, bu dasturdan umuman foydalanmasa ham bo‘ladi. Ayniqsa, kompyuteringiz superqudratli bo‘lsa, sizga fayllarning sochilib yotishi sezilmaydi ham. Ammo, kamroq quvvatga ega, ancha ishlatilgan kompyuterlarda defragmentatsiya katta foyda keltiradi.
Diskni defragmentatsiyalash uchun, xuddi tekshiruvdagidek, «Свойства» darchasini ochamiz va bu gal tekshirishni emas, defragmentatsiyani tanlaymiz.
«Выполнить дефрагментацию» tugmasini bosganimizda yangi darcha chiqadi, pastida «Анализ» («Tahlil») va «Дефрагментация» tugmalarini ko‘ramiz. Qoidaga ko‘ra, oldin «Анализ» tugmasini bosib, defragmentatsiya kerakmi, yo‘qligini bilib olish lozim. Ammo, deyarli har doim kompyuter bu ish zarur deb xabar beradi. Shuning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Дефрагментация» tugmasini bosamiz.
Baribir, shunda ham, avtomatik ravishda oldin tahlil o‘tkazib olinadi.
Shuni oldindan hisobga olib qo‘ying – defragmentatsiya jarayoni yaxshigina uzoq, hatto bir necha soat davom etishi mumkin. Jarayon tugagach, defragmentatsiya tugaganligi haqida xabar ekranga chiqadi.
Defragmentatsiya tizimdagi xatolardan qutqarib qola olmaydi (buning uchun «Disk tekshiruvi» xizmati bor). Lekin u qattiq diskning yanada samarali ishlashiga xizmat qiladi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish