WINDOWS (darchalar) Misrosoft firmasi tomonidan IBM PC turidagi kompyuterlar uchun maxsus yaratilgan dastur bo'lib, uning foydalanuvchilar uchun qulay bo'lgan juda ko’p imkoniyatlari mavjuddir.
Tizim ko'magida fayl va katalog yaratish, nusha olish, qayta nomlash, o'chirish, matnli fayllarni chop qilish, bir vaqtda bir nechta katalog va fayllar majmuasi bilan yaqqol grafik rejimida ishlash mumkin. Shu bois bu dasturni ayni vaqtda millionlab foydalanuvchilar o'z amaliy ish faoliyatlarida keng qo'llashmoqda.
Microsoft firmasi garchi WINDOWS dasturini dastlab 1983 yilda yaratgan bo'lsada, yildan-yilga uni takomillashtirmoqda.
Ayni vaqtda kompyuterlar yuklanishi bilan WINDOWS qobiq dasturi bevosita ishga tushadi. Ekranda dastlab WINDOWS belgisi tushirilgan zarvaraq, so’ngra ta'minlash dasturi ochiladi.
Zamonaviy kompyuterlarda WINDOWSning zikr etilgan oxirgi versiyalari ishlatilayotganligi sababli ular asosiy operatsion tizimga aylangan. Uning tarkibidagi boshqa dasturlarga murojaat etish “Пуск” (yuklash) tugmasi yordamida bajariladi.
Bugungi kunda ko'proq WINDOWS 2007, WINDOWS XP, WINDOWS Millenium hamda WINDOWS Server versiyalari ishlatilmoqda.
Operatsion tizimning asosiy vazifalari:
Foydalanuvchining masalasini EHM ga kiritish;
Masalani yechilish jarayonini nazorat qilish;
Kompyutеrdagi barcha qurilmalar ishini boshqarish;
Avariya holatlariga barham bеrish;
Rеsurslar taqsimoti.
WINDOWS OT ning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat.
1. Ko'p masalaliligi. Bir paytni o'zida bir necha dasturni ishga tushirish
mumkin
Ma'lumotlarni boshqa dasturlarga olib o'tish mumkinligi.
Yagona foydalanuvchi intefeysi. WINDOWSda yozilgan bir dasturni
o'zlashtirib olgandan keyin boshqasini o'rganish oson. Yani, biz qancha ko'p dasturni ishlashini o'rgansak, keyingi dasturlami o'rganishimiz shunchalik osonlashadi.
WINDOWS muhiti turli qurilma va dasturlarni bir-biriga mosligini ta'minlaydi. Bulardan tashqari WINDOWS muhiti boshqa, masalan MS DOS operatsion tizimlarida yaratilgan dasturlardan ham foydalanish imkoniyatini beradi.
Opеrasion sistеma 2 xil rеsurslarga ega:
Fizik rеsurslar–sistеma ishini ta`minlovchi asosiy apparat vositalar: xotira, vinchester, monitor, tashqi qurilmalar va shu kabilardir.
Dasturiy rеsurslar –sistеma ishini ta`minlovchi dasturiy ta`minotlar: kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar, kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar, berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar, driverlar, virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |