Amaliy ish №1 mavzu: rezina, shisha va qurilish materiallarining turlarini o`rganish. Ishdan maqsad



Download 99 Kb.
bet3/8
Sana20.02.2021
Hajmi99 Kb.
#59590
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MKIAvS amaliy 1.

1. Rezina turlari bilan tanishing.

Rezina, rezinka [lot. resina — qatron (smola)], vulkan izat — kauchukni vulkanizatsiyalab olinadigan, elastik deformatsiyalanishi juda yuqori (1000% gacha) boʻlgan mahsulot. Vulkanizatsiyalanadigan R. aralashmasining asosiy komponentlari: tabiiy yoki sintetik kauchuk, vulkanizatsiyalanuvchi agentlar, vulkanizatsiya tezlatkichlari, vulkanizatsiya tezlatkichlari faollashtiruvchilari, toʻldirgichlar, dispergatorlar, yumshatkichlar, eskirtmaydigan, charchamaydigan moddalar, antiozonatlar, boʻyagichlar va boshqa

R. quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi:umumiy maqsadlarda ishlatiladigan R. Bunday R. (shina, oyoq kiyimi, pol qoplamalari, transportyor tasmalari, qayish, qistirma, zichlagich, amortizator, maishiy buyumlar va h.k.) —50 dan +150 gacha trada ishlatishga moʻljallangan; 150° dan yuqori trada uzoq vaqt ishlatishga (mashina, elektr dvigatel, samolyot detallariga moʻljallangan) issiqqa chidamli R.; — 50° dan past trada ishlatishga moʻljallangan sovuqqa chidamli R., benzin, kerosin, neft, moy, turli uglevodorodlar uchun uzok, vaqt ishlatishga moʻljallangan (shlang , zichlagich, turli idishlar va h.k.) moybenzinga chidamli R.; turli yemiruvchi muhitlar taʼsiriga chidamli R. Bunday R. dan ishlangan buyumlar kislota, ishqor, tuzlar, bugʻ, ozon, erituvchilar, suv va h.k. uchun moʻljallanadi; gaz toʻldirilgan (gʻovak) R. radiatsiya taʼsiriga chidamli R. rentgen apparati detallari, radioaktiv izotoplar bilan ishlaydiganlarning himoya kiyimlarini tayyorlashda qoʻllanadi; dielektrik R.ning dielektrikligi kichik, elektr qarshiligi katta, asosan, turli kabellar tayyorlashda ishlatiladi. R.ning xossasini belgilovchi asosiy material kauchukdir. Kauchuk R.ning 10—98% ini tashkil etadi. 150—180° da ishlatiladigan buyumlar butil kauchukli yoki etilen sopolimerli R. dan tayyorlanadi. Bunday R. ozonga va yemiruvchi muhit taʼsiriga chidamlidir. Molekulalararo taʼsirlashish kuchi kichik, molekulyar zanjirchasi egiluvchan kauchuklardan sovuqqa chidamli R. ishlanadi. 300° va undan yuqori trali ishlarda elementorganik kauchuklar (kremniy organik va alyuminiy organik) asosida tayyorlangan R. qoʻllanadi. Mineral toʻldirgichli R. yaxshi dielektrik hisoblanadi. Kauchukka atsetilen tipidagi yuqori strukturali qurum qoʻshib elektr oʻtkazuvchi R. hosil qilish mumkin. Nurdan saklovchi R. olish uchun koʻpincha ftorli va butadiyennitrilli kauchuklar ishlatiladi.

Kauchuklarni vulkanizatsiyalash maqsadida oltingugurt, organik peroksidlar (Mas, benzoil peroksid, dikumal peroksid), apkilfenolformaldegid va epoksid smolalari, diazobirikmalar, diaminlar va boshqa bifunksional birikmalar ishlatiladi. Radiatsion vulkanizatsiya ham qoʻllanmokda. Vulkanizatsiyani tezlashtirish maqsadida R. tarkibiga maxsus tezlatkichlar va ularning faollashtiruvchilari qoʻshiladi. Oltingugurt bilan vulkanizatsiyalashda tezlatkich sifatida sulfenamidlar, diokarbamidlar, tchuramdisulfid merkaptobenzotiazol, difenilguanidin kabi birikmalardan foydalaniladi. Qurum, kolloid silikat kislota, boʻr, kaolin, metall oksidlari, silikatlar, baritlar R. toʻldirgichlar sifatida koʻplab ishlatiladi. Toʻldirgichlar R.ning bikirligini oshiradi.

Dunyo miqyosida ishlab chikariladigan sintetik kauchuklar va ular asosidagi R.ning 50% dan ortigʻi shina i.ch. ga sarflanadi. R. keng temperatura oraligʻida elastikligi, amortizatsiya xususiyati, ishqalanishga chidamliligi, suv va gazni kam oʻtkazishi va boshqa xossalariga koʻra konstruksion material sifatida turli sohalarda keng qoʻllanadi.




Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish