Transport omili, Bu omil juda muhim bo'lib, u ishlab chiqarishning bevosita davom ettiruvchi tarmog'i hisoblanadi. Shuning uchun transportning ahamiyati barcha boshqa omillar bilan birga qo'shilib, uyg'un-lashib ketadi va uni "sof holda ajratib olish qiyin. Shu bilan birga transport masalasi iqtisodiy-geogrdfik o'rin omili bilan hum chambarchas bog'liq, zero bu o'rin obyektning eng avvalo tashqi iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.
Fan-texnika taraqqiyoti omili. Bu omilning ta'siri bir qator tarmoqlarning hududiy tashkil elilishida aniq va ravshan ko'rinadi (mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo). Shubhasiz, mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko'pgina korxonalar, ayniqsa, mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy-texnika qudratiga ega bo’lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Ekologik omil. Hozirgi kunda ayrim sanoal, korxonalarining faoliyali shu nuqtayi nazardan to'xtatilgani bejiz emas. Ekologik jihatdan ko'plab sanoat tarmoqlari va eng avvalo, kimyo, yog'och-selluloza, go'sht, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektrostansiyalari va shunga o'xshash korxonalar "nomaqbul" hisoblanadi. Binobarin, ular aholi istiqomat qiladigan markazlardan uzoqroqda joylashishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti omili. Bozor iqtisodiyoti - murakkab tushuncha bolib, bosqichma-bosqich o’tiladigan iqtisodiy munosabatdir. Yevropa davlatlari bu borada boy tajribaga ega, chunki ularda bu munosabat uzoq yillar davomida shakllanib kelgan.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga birdaniga o'tib bo'lmaydi. Buning uchun avvalo barcha shart-sharoitni yaratish kerak ya'ni uning o'ziga xos moddiy. maishiy va madaniy infrastrukturasi bo'lmog'i lozim. Shuning uchun bunday munosabatlarga o'tish tarixan birmuncha uzoq davr talab etadi va bosqichma-bosqich, ya'ni evolutsion rivojlanishni taqozo etadi. Bozor iqlisodiyoti — ishlab chiqarish erkinligi, xarid erkinligi va raqobat demakdir.Bunday sharoitda ko'p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va sog'lom raqobat muhitini vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etish nuqtayi nazaridan tahlil qilar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi an'anaviy fikr yuritishimiz tamomila o'zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda nimaga ixtisoslashuvni va qayerga joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi, davlai esa o'zinirig regional (hududiy) va soliq siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.
Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab masalalardan biridir. Bu borada ko'plab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olish lozim. Avvalo sanoat korsonasi qanday xomashyo asosida ishlab, qanday tayyor mahsulot chiqarishi aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga qanday chiqindilarni chiqarishi, bu chiqindilarrning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish darajasi e'tiborga olinadi. Korxonaga tegishli bu masalalar jiddiy tahlil qilinganidan so'ng uni joylashtirish uchun hudud tanlanadi. Tanlangan hudud korxonani joylashtirish va uning muntazam faoliyat ko'rsatishi uchun har jihatdan qulay bo'lishi lozim.
Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tashkil qilgan yotqiziqlar tarkibi, yer osti suvlari me'yori, iqlimi (ayniqsa, shamol yo'nalishi), yer usti suvlari xususiyatlari, tuproq va o'simlik qoplamlari, aholi yashash joylari o'rganiladi. Korxona zararli chiqindilarni ko'plab chiqaradigan bo'lsa (ko'mir asosida ishlaydigan GRES, qora va rangli metallurgiya korxonalari), ularni aholi yashaydigan manzilgohlardan uzoqda, shamol yo'nalishiga teskari bo'lgan hududlarda joylashtirish lozim. Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlaydigan, Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy gazni qayta ishlaydigan Muborak va Sho'rtan kimyo sanoati majmualari aholi manzilgohlaridan ancha uzoqda, cho'lda joylashganligi sababli ulardan tabiat va inson ko'radigan zarar juda oz miqdorda.
Aholi zich yashaydigan vohalarda sanoat korxonalarini joylashtirish juda murakkabdir. Oltiariq va Farg'ona neftni qayta ishlash korxonalari qurilishida hududning ba'zi xususiyatlari e'tiborga olinma-ganligi tufayli keyingi vaqtlarda jiddiy ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Chunonchi, Oltiariqdagi korxonadan neft mahsulotlarining singib o'tishi tufayli yer osti suvlari ifloslanmoqda, tuproq tarkibi buzilmoqda. Quvasoydagi sement ishlab chiqaradigan korxona atrof-muhitni ko'pdan beri chang bilan ifloslab kelmoqda, chunki u baland tog' yonbag'irlari bilan o'ralgan botiqda joylashgan. Paxta tozalash korxonalari ham asosan vohalarda joylashgan. Ulardan atrof-muhit ancha zarar ko'radi, ko’p miqdorda chang ajralib chiqishi sabab, havo ifloslanadi. Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda albatta, mahalliy tabiiy sharoit va aholi manzilgohlarining joylashuv xususiyatlari hisobga olinib, qurilish geografik tadqiqotlar orqali amalga oshirihshi kerak.
Geograflar bu boradagi tadqiqot ishlarini olib borishda dala izlanishlari natijalariga, statistik ma'lumotlarga tayanadilar. Bunda ular kartografik, qiyosiy, statistik, matematik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanadilar. Bu usullar nafaqat yirik hududiy binolarni o'rganishda, balki kichik bir ishlab chiqarish korxonasini iqtisodiy-geografik baholashda ham qo'l keladi. Bunda eng muhimi korxona qurish uchun aynan shu hudud tanlanganligining sababini aniqlash va uning iqtisodiy-geografik o'rnini baholash, iqtisodiy rayon majmuasi, xo'jalik tarmog'i nuqtayi nazaridan iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iboratdir. Bundan tashqari korxonani iqtisodiy-geografik tahlil qilishda quyidagi ko'rsatkichlar e'tiborga olinadi:
korxonaning hududiy tarkibi, ya'ni uning alohida bo'limlari (sexlari)ning, zavod transport tugunining joylashishi;
korxonaning iqtisodiy aloqalari (mahsulot va qiymat birligida), qancha mahsulot ishlab chiqariladi, qanday xomashyo va yoqilg'i qancha miqdorda qabul qilinadi:
asosiy mahsulot turlarining tannarxi {bunda xizmatchilarga to’lanadigan ish haqi, o'zlashtirish va tabiiy muhitni muhofaza qilishga tolanadigan mablag', shuningdek, transport xarajatlari alohida ko'r-
satiladi) va korxonaning foydasi (yoki zarari) aniqlanadi;
xizmatchilaming soni. ularning doimiyligi, almashinuvi va qayerdan ishga qatnashi;
korxonaning atrof-muhitga ta'siri.
Korxonani tadqiq etishda korxona ishchilari bilan suhbatlashish. korxonaning tarixi bilan tanishish muhim ahamiyat kasb etadi. Texnik loyiha ma'lum muhandislik ma'lumotiga ega bo'lgan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi. Lekin hozirgi zamon loyihalari tabiat bilan jamiyat munosabatlarining ko'p jabhalarini o'z ichiga olganligi sababli yetarli darajada murakkab hisonlanadi. Shu sababli, bu borada faqat loyihaning muhandislik jihatlari bilan chegaralanib qolmasdan loyihaning xususiyati va tabiatga bo'ladigan funksional ta'sirini ham e'tiborga olish kerak bo'ladi. Bu borada geografik izlanishlar va loyihaning uzoq muddat xizmat qilishi uchun uni geografik jihatdan asoslash lozim bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |