Irrigatsiya va melioratsiya tadbiriarini asoslash. Yirik yer maydonlarini sug'oriladigan dehqonchilik maqsadlarida o'zlashlirish gidromeliorativ tadbirlar jumlasiga kiradi.Sug'orishni tashkil qilish uchun ajratilgan hudud geografik nuqtayi nazardan chuqur o'rganilishi keyinchalik turli noxush hodisalar kelib chiqishining oldini oladi. Avvalo, hudud qanday landsliaftlarni egallaganligi aniqlanadi. Chunonchi, daryo terrasasi soyning konus yoyilmasi, prolyuvial tekislik, daryo deltasi va boshq. Shundan so'ng atrofdagi tabiiy geografik hududlarning xususiyatlari, sug'oriladigan deh-qonchilikda foydalanilishi yoki tabiiy yaylov (lalmi dehqonchilik)da ishlatilishi aniqlanadi. Tog’ yonbag'rida joylashgan bo'lsa, sel, surilma, jar cmziyasi kabi halokatli hodisalar ta'siriga berilishi hisobga olinadi. Shuningdek, yangi yerlar o'zlashtirilishi tufayli quyida joylashgan. Undan foydalanib kelinayotgan yerlaga yetkazadigan zarar tahlil qilinadi.Irrgatsiya va melioratsiya tarmoqlarini loyihalashda ularni relyefning qanday joylaridan o'tishini aniqlash ham amaliy ahamiyatga ega. Bu holda gruntning litologik tuzilishini o'rganish zarur bo'ladi. Shag'al tosh mavjud bo'lgan joylarda sug'orish tarmoqlarini loyihalash suvning katta qismi zaminga shimilib ketishiga sabab bo'ladi va boshqa bir joyda yer betiga yaqinlashib, botqoqlanish yoki sho'rlanishga olib ke'ladi.
Suv omborlari loyihalarini asoslash. Suv omborlari o'ziga xos murakkab inshoot. Ularni faqat relyefi jihatdan qulay bo'lgan joylardagina qurish samaralidir.Suv omborlarining tog' vodiylari va etaklarida qurilishi har jihatdan foydalidir, chunki suv ortiqcha bug'lanishga sarflanmaydi, suvning singib o’tishi ancha kam bo'ladi. Eng muhimi, suv kanallarga o'zi oqar holda taqsimlanadi. Bu mintaqada suv har doim toza, sho'rlanmagan bo'ladi.
Tog’ daryosi va soylarda suv omborlarini qurish ancha yengilroq kechadi. chunki vodiyda o’zan baland to'g'on bilan to'silganidan so'ng uning orqasida katta hajmda suv to'planadi. Chorbog', Ohan-garon, Janubiy Surxon va boshqa suv omborlari shu usulda qurilgan. Bu usuldagi qurilish katta mablag' talab qilmaydi. Avvalo, suv ombori qurilishi mumkin bo'lgan eng qulay joylarni tanlash, to'g'on ko'ta-riladigan joyning muhandis-geografik xususiyatlari barcha talablarga javob berishini ta'minlash lozim. Qurilish amalga oshiriladigan joyda isliqomat qiladigan aholi soni ko'p bo'lmasligiga, sug'orishga yaroqli yerlar suv ostida qotmasligiga, tabiatning so'lim go'shalari buzilmasligiga ahamiyat beriladi. Tog' vodiylarida yirik (hajmi 1.5-2 kub km) suv omborlari qurilganidan ko'ra kichikroq (0.3—0.4 kub km va undan kam) hajmdagilari loyihalangani ma'qulroq. Chunki kuchli yer silkinishi bo'ladigan tog’li o'lkalarda juda katta suv havzalarini qurish ancha xavfli.
Do'stlaringiz bilan baham: |