Tayanch atamalar: bashorat, Geografik bashoratlash, Geografik qobiq, operativ bashorat, o'rta muddatli bashorat, Relyef,Tog' jinslari, Tuproqlar, O’simliklar,Geografik bashoratlash usullari, landshaft-indikatsiya, ekstrapolyatsiya, Sayyoraviy bashoratlar, Mintaqaviy bashorat, Mahalliy bashorat. Geografik qobiqning kelajakdagi holatini oldindan ko'ra bilish, fan-texnika inqilobi sharoitida insonning tabiiy muhitga ta'siri va uning oqibatlarini oldindan ilmiy asosda ayta olish va asoslab berish zamonaviy geografiya fani oldida turgan muhim muammolardan biri hisoblanadi. Fanda biror hodisa yoki biron-bir obyekt holatining o'zgarishini’oldindan ko'ra bilish va ayta olish bashorat deb ataladi.Hozirgi paytda geografiyada bashoratlash va bashorat tushunchalari mavjud. Bashoratlash — o'rganilayotgan borliq (obyekt) holatining o"zgarishi haqida ma'lumotlar yig'ish yoki olish jarayonidir, Bashorat esa bashoratlash bo'yicha tadqiqotlarning natijasidir. Umuman bashorat deganda o'rganilayotgan borliq yoki hodisaning kelajakdagi holati va ko'rinishining tavsifi tushuniladi.
Geografik bashoratlash tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitning rivojlanishi va o'zgarishi haqida ma'lumotlar olish va to'plash jarayonidir.
Geografik bashorat deb, tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish tizimlarining o'zgarishidagi asosiy yo'nalishlami ilmiy jihatdan oldindan asoslab berishga aytiladi. So'nggi vaqtda ilmiy-texnik jadallashtirisli jarayoni tufayli bashoratlash bo'yicha ilmiy izlanishlar juda tezlik bilan rivojlana boshladi. Ilmiy g'oyalami amaliyotda qo'llash muddatlari keskin qisqarishi munosabati bilan tabiiy muhitga bo'lgan bosim kuchayib ketdi. Natijada tabiiy muhitning aks ta'siri muddatlari ham keskin qisqara boshladi. Tabiiy muhitning inson ta'siriga aks ta'siri ko'pincha salbiy ko'rinishga ega bo'la boshladi. Shuning uchun hozirgi paytda noxush hodisalarni oldindan ko'ra bilish muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Insonning tabiatga ta'siri oqibatlarini oldindan ko'ra bilmaslik va ularni oldindan ayta olmaslik sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Orol dengizi muammosi bunga misol bo'lishi mumkin .Gcografik bashoratlar bir necha variantlarda amalga osniriladi. Masalan. Sibir daryolari oqimining bir qismini O'rta Osiyo va Qozog'istonga burish loyihasini amalga oshirish va uning ekologik oqibati bir necha variantda ishlab chiqilgan. Ulardan avvaliga 5—6, keyinchalik esa maqbul varianti tanlab olindi va mazkur variant asosida barcha hisob-kitob ishlari bajarildi.
Geografik bashoratlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun bashoraliar muddatiga ko’ra quyidagi turiarga bo'linadi: opcrativ bashorat bir oy muddatga, qisqa muddatli bashorat 1 oydan I yilgacha, o'rta muddatli bashorat 1yildan 5 yilgacha. uzoq muddatli bashorat 5 vildan 15 yilgacha, juda uzoq muddalli bashoratlar 15 yildan ko'proq muddatga ishlab chiqiladi.
Tabiiy geografik bashoratni amalga oshirish uchun tabiat komplekslari komponentlarining bashoratli xossalarini aniqlab olish lozim bo'ladi. Ma'lum bir joyning relycfi, tog' jinslari. tuproqlari, suvlan, o'simligi va hayvonot dunyosi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Bu xususiyatiar haqidagi ma'lumotlar tabiiy geografik bashoratlarda ishlatiladi.
Tabiiy komplekslar komponentlarining tabiiy muhit ifloslanishini kamaytirish xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Relyef. Botiqlar texnogen mahsulotlarni (chiqindilarni) to'plovchidir. Balandlikiar esa ulami tarqatib yuboruvchidir. Yonbag'irlar qiyaligi ularning parchalanisb darajasi, zichligi, yer osti suvla-rining harakatiga ijobiy yoki salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |