Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta`lim” kafedrasi amaliy fanlardan dars ishlanmalari yozish tartiblari



Download 234.16 Kb.
bet3/3
Sana08.09.2017
Hajmi234.16 Kb.
1   2   3

V. Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash (10 daq.)
O`qituvchi o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tezkor usuldan ya`ni test usulidan foydalanishi mumkin. Buning uchun quyidagi test savollaridan foydalaniladi.

Test savollari

1. Tokarlik keskichlari oldingi yuzasidagi ariqcha nima uchun zarur?

  1. yuzaning mustaxkamligi uchun

  2. qirinidini sindirish uchun

  3. aniqlikni oshirish uchun

  4. kesuvchi qirrani aniqlash uchun

2. Tokarlik keskichlari qanday ketma-ketlikda charxlanadi?

  1. yordamchi orqa yuzasi, oldingi yuza

  2. kesuvchi qirrasi,orqa yuza

  3. orqa yuza,yordamchi orqa yuza vqa oldingi yuzasi

  4. to`g`ri javob yo`q

3. Keng keschkich yordamida konus yuzalar xosil qilish usulinign kamchiligini ko`rsating.

  1. Ish unumdorligi past va kenglik chegagaralangan

  2. yuza tozaligi past

  3. aniqlikka erishib bo`lmaydi

  4. keskichni charxlash murakkab

4. Spiral parma qaysi yuzasi bo`yicha charxlanadi?

  1. oldingi yuzasi bo`yicha

  1. orqa yuzasi bo`yicha

  2. oldingi yuza va markazi bo`yicha

  3. umuman charxlanmaydi

5. Ketingi babkani markazdan surish yo`li bilan konus yuza ishlanaganda nimadan foydalaniladi?

  1. markazdan

  2. support yuqori selezkasini burish

  3. keng keskichdan

  4. parallel markazlardan

6. Charx toshi bilan taglikning orasidagi masofa qanchadan oshmasligi kerak ?

  1. 5 mm 2. 4 mm 3. 3 mm 4. 2 mm

7. Tezkesar po`latdan tayyorlangan keskichni ko`rsating.

  1. R6 M5

  2. U7

  3. T15 K6

  4. VK8

8. Mexanik ravishda almashtiriladigan plastinkali keskich charxlanadimi?

  1. charxlasa bo`ladi

  2. charxlanmaydi

  3. ishchining malakasiga bog`liq

  4. maxsus moslamada charxlanadi

9. Silindrik ichki yuzalarni parmalashda kema-ketlikni belgilang.

  1. yuza tekislanadi,markazlab keyin parmalanadi

  2. tashqi yuza yo`nilgandan so`ng parmalanadi

  3. to`g`ridan-to`g`ri parmalanadi

  4. bazalangandan so`ng parmalanadi

10. Qattiq qotishmali keskichlar qaysi rangdagi charx toshda charxlanadi?

  1. qizil va oq rangli

  2. yashil yoki jigarrang

  3. faqat qizil rangli

  4. to`g`ri javob yo`q


VI. O`quvchilarni baholsh a uyga vazifa berish (3 daqiqa):
Test natijalari bo`yicha o`quvchilar baholanadi. Qo`lda ishlov berish asboblari bilan ishlashda texnika xavfsizlik qoidalarini o`rganib kelish uyga vazifa sifatida beriladi.


Mehnat ta`limi(6-sinf)

Mavzu: Oyoq yuritmali tikuv mashinalarining tuzilishi.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlash prinsipini va unda bajariladigan ish jarayonlari bo`yicha bilimlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni o’zlari bajargan ishni tahlil qila olish va sifatini aniqlay olishga o’rgatish, ularda ma’suliyat hissini tarbiyalash, tejamkorlikka o’rgatish va iqtisodiy tarbiyani shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni texnika xavfsizlik qoidalari va sanitariya gigiyena talablariga oid hamda oyoq yuritmali tikuv mashinasi to’g’risida ko’nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish.

Dars shakli: Nazariy- amaliy.

Darsda qo`llaniladigan jihozlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari yoritilgan yozuvlar. Oyoq yuritmali tikuv mashinasi, mashina qismlarining suratlari, albomlar, plakatlar.

Dars o’tish usullari: Suhbat o’tkazish, amaliy ish, aqliy hujum, muammoli o’qitish texnologiyasi.

Dars tipi: yangi bilimlar berish.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism. (3 min.)

2. O’tgan mavzuni takrorlash. (8 min.)

3. Yangi mavzuni tushuntirish. (21 min.)

4. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 min.)

5. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa berish. (3 min.)



Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

1. Salomlashish, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, davomatni aniqlash, dars jixozlari sozliginin nazorat qilish.

II.O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish:

O`quvchilarga o`tilgan mavzu yuzasidan frontal tarzda quyidagi savollar beriladi va javob olinadi.


  1. Kiyim qanday talablarga javob berishi kerak?

  2. Nima uchun kiyim tagida mikroiqlim hosil qilinadi?

  3. Kiyimlar qanday klasslarga bo’linadi?

  4. Kiyim tikish jarayoni qanday bosqichlardan iborat?

  5. Qo’l ishlarini bajaradigan kishining o’rni qanday bo’lishi kerak?

  6. Qo’l ishlarini bajarishda qanday asbob va moslamalardan foydalaniladi?

  7. Qanday murakkab qaviqlarni bilasiz?

  8. Tugma qadash haqida gapiring?

III. Yangi mavzu bayoni:

(Yangi mavzu o`qituvchi tomonidan akademik kichik ma`ruza, savol-javob metodlari asosida tushuntirib beriladi).

Respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda mamlakat hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishga, ayniqsa kelajak avlodni milliy mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalashga katta e'tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta'lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagidir. Ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tayyorlash ta'lim-tarbiya muasasalarining asosiy vazifalaridir. Rivojlangan davlatlar qatoridan o`rin olishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan O`zbekistonimizda xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari kabi ta'lim sohasida ham ilg`or texnologiyalarni joriy etishga va shu orqali ta'lim mazmunini jahon andozalari darajasiga olib chiqish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bizga ma’lumki ko’pchilik xonadaonlarda qo’l, oyoq va elektr yuritmali tikuv mashinalaridan foydalaniladi. Oyoq yuritmali tikuv mashinalari qo’l yuritmali tikuv mashinalariga qaraganda tez tikadi va mehnat unumdorligini oshiradi, ishning sifatini yaxshilaydi.

Tikuvchilik fabrikalarida, ustaxonalarda universal, ya’ni to’g’ri baxyaqatorli mokili baxya mashinalari va boshqa maxsus tikuv mashinalari ishlatiladi. Universal tikuv mashinalarida har qanday ishlarni bajarish mumkun, maxsus mashinada esa faqat ayrim ishlar bajariladi: tugma chatiladi, petlya yo’rmalanadi. Xonadonda ishlatiladigan mashinalar ham universal tikuv mashinasiga kiradi. Oyoq yuritmali tikuv mashinalarida bosh g’ildirak, korpus, tasma, platforma, xarakatga keltiruvchi g’ildirak, to’skich reshyotka, tepki, cho’yan yondor, stol qismi, asboblar qo’yiladigan tortma, mashinalarning bosh qismi, oyoq tepki o’rnatiladigan qismlardan iborat.

Oyoy yuritmali tikuv mashinasi harakatni oyoqdan tepki orqali oladi. Tepki harakatni krivoship va shatun orqali katta g’ildirakka uzatadi, undan tasma orqali bosh g’ildirak hakatga kelib asosiy o’qni ishga tushiradi.

1-asosiy o’q, 2-shkiv, 3-tasma, 4-harakatga keltiruvchi katta g’ildirak, 5-tasmani g’ildirakdan chiqaradigan asbob, 6-to’sqich reshyotka, 7-krivoship, 8-shatun, 9-tepki.


Oyoq yuritmali tikuv mashinasida ishlashdagi xavfsizlik qoidalari.

Oyoqyuritmali tikuv mashinasida ishlaganda quyidagilarga rioya qilish kerak:

1.Oyoq yuritmali tikuv mashinasida ishlaganda qo’llar va oyoqlarning turishiga alohida e’tibor berish lozim.

2. Ish vaqtida tasmani o’rnatish mumkun emas.

3. Tasmani qo’l bilan ushlamaslik kerak, aks holda simi qo’lni jarohatlashi mumkun.

4. Ninaga ip o’tkazishda oyoqni tepkidan olinadi.

5. Tasmani harakatga keltiruvchi katta g’ildirakdan maxsus moslama orqali chiqariladi.

6. Qo’lni ninaga nisbatan to’g’ri tutish lozim.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

(Yangi mavzuni mustaxkamlash uchun o`quvchilarga oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishiga doir savollar beriladi va o`quvchilarga tikuv mashinasida ishlash tartib qoidalari o`rgatiladi.)

1.Mashinani salt holatga keltirib mashinaga o’tiriladi.

2.O’ng qo’l bilan bosh g’ildirakni ushlab, o’ng oyoqni yuqoriroq, chap oyoqni esa pastroq qo’yib, bosh g’ildirakni o’ziga tomon aylantirib, oyoqni tebratib tepkini harakatga keltiriladi.

3.Mashinani to’xtatishda tepkini tebratmay to’xtatish kerak, o’ng qo’l bilan bosh g’ildirakni ushlash kerak.




Yangi mavzuni yuzasidan o`quvchilarga quyidagi savollarni berish mumkin.

  1. Oyoq yuritmali tikuv mashinasi qanday qismlardan tashkil topgan?

  2. Bosh g`ildirakning vazifasi nimadan iborat?

  3. Mashinaga nina qaysi tomoni bilan o`rnatiladi?

  4. Mashina ninasi kurt bo`lsa mashina qanday tikadi?

  5. Mashinaning ostki ipi salki bo`lsa mashina choki qanday bo`ladi?

  6. Tikuv mashinasining moki mexanizmi qanday vazifani bajaradi?

  7. Oyoq yordamida harakatni bajarishning afzalligi nimada?

  1. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa berish.

Dars jarayonida yaxshi qatnashgan o`quvchilar baholanadi va o’tilgan mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan qiziqarpli ma’lumotlarni to’plash uyga vazifa sifatida beriladi.

Xorazm VXTXQTMOI o`qituvchisi A.Yaqubovning “Jismoniy tarbiya” fanidan yozgan dars ishlanmasi namunalari.

Yengil atletika. 60 metrga yugurish texnikasini o’rgatish




Mavzu:

Yengil atletika past startdan turish, startdan chiqish.

60 metrga yugurish texnikasini o’rgatish.



Dars vazifalari

1. Yengil atletika past startdan turish, startdan chiqish.

60 metrga yugurish texnikasini o’rgatish.

2. Yugurib kelib uzunlikka sakrash.

3. Arg’amchida sakrash mashqi.



O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Shakl: kichik guruhga bo’lib, juftlik va yakka tartibda ishlash.

Metod: “blits-o’yini”, jismoniy harakatlanish bilan ishlash.

Kerakli jihozlar : sekundamer, hushtak, bayroqcha, arg’amchi.

Darsning maqsadi:

Ta`limi maqsad: O`quvchilarga engil atletikada past startdan yugurush bo`yicha bilim berish.

Tarbiyaviy maqsad: Qisqa masofaga yugurish tartibini o`rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda jismoniy sifatlardan tezlik, chaqqonlik va epchillikni rivojlantirish.

Dars o’tish joyi: sport maydoni.

Nazorat: o’quvchilar mashqni to’g’ri bajarishlari.

Kutilayotgan natija

O’qituvchi: “start”da turish, “start”dan chiqish, masofa bo’ylab yugurish texnikasi to’g’ri bajarishni o’quvchilarga ko’rsatib, tushuntirib o’rgatish.

O’quvchi: o’quvchida past startda turish, past startdan chiqish va qisqa masofaga (60 m) yugurish texnikasini o’rganish. O’quvchida tezlik va chaqqonlik jismoniy sifatlarini rivojlantirish.

Dars qismlari

Darsning borishi

Vaqti

Metodik ko’rsatma

Tayorlov qism


Saflanish. Salomlashish. Davomat qabul qilish va davomat aniqlash. Dars mavzu va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.

Saf mashqlari (o’nga, chapga va orqaga burilish mashqlari)

Yurish va yugurish.

URM (doira bo’lib turish) bajarish.

I. D.h. Oyoqlar kerilgan, qo’llar belda

1-4 boshni o’nga aylantirish

1-4 boshni chapga aylantirish

II. D.h. qo’llar elkada harakatda

1-4 elkani oldinga aylantirish

1-4 orqaga aylantirish

III. D.h. Oyoqlar kerilgan, o’ng qo’l yuqorida chap qo’l pastda

1-2 o’ng va chap qo’li orqaga cho’ziladi

3-4 chap va o’ng qo’li orqaga cho’ziladi

IV. D.h. qo’llar ko’krak oldida bukilgan

1-gavdani o’ngga burish

2-gavdani chapga burish

V. D.h. Oyoqlar kerilgan, o’ng qo’l yuqorida chap qo’l belda

1-2 chapga engashish

3-4 o’nga engashish

VI. D.h. Oyoqlar kerilgan qo’llar oldinda

1-4 qo’llarni oldinga aylantirish

1-4 qo’llarni orqaga aylantirish

VII. D.h. Oyoqlar keng, kerilgan qo’llar oldinda

1- chap qo’l bilan o’ng oyoqha cho’zilish

2-o’ng qo’l bilan chap oyoqha cho’zilish

VIII. D.h. Oyoqlar kerilgan qo’llar belda

1- chap oyoqha o’tiriladi

2- turiladi

3-o’ng oyoqha o’tiriladi

4- turiladi

IX. D.h. A.T.

1-2 o’ng oyoq tizzasini yuqoriga tortib aylantirish

3-4 almashtirish

X. D.h. o’ng oyoq oldinda nizzani bukib, chap oyoq orqaga uzatib o’tirish

1-o’ng oyoq chap oyoq bilan almashtiriladi,

2-chap oyoq o’ng oyoq bilan almashtiriladi



2-3 daq

2-3 daq


8-10 daq
4-6 marta
4-6 marta
4-6 marta

4-6 marta


4-6 marta

4-6 marta

4-6 marta
4-6 marta

4-6 marta


4-6 marta

Shug’ullanuvchilarni bir qator safga tortib amalgam oshirish.

Qomatni to’g’ri saqlab yurish va oraliq masofani ochib yugurish.

URM doira bo’lib amalgam oshirish.
Mashqni katta amplitudada bajarish

Qo’llar bukilmasligiga etibor berish


Ritm bo’yich bajarish

Mashqni bajarishda belni pastroq bukish

Qo’llarni oldinga aylantirganda ham tirsakdan bukilmasligi kerak

Gavdani oldinga ko’proq tashlash va oyoqlar tizzadan bukilishiga yo’l qo’ymaslik

Oyoqlarni cho’zilishga harakat qilish va mashqni bajarganda tizzalarni bukmaslik kerak


Mashqni bajarganda chaqqonlir bilan oyoqlarni almashtirish



Asosiy qism


1. Yengil atletika past startdan turish, startdan chiqish. 60 metrga yugurish texnikasini o’rgatish.

a) 4 kishidan past startda turish.

Past startdan tezlik bilan chiqish

texnikasini o’rgatish

b) 4 kishidan 30 metrga yugurish

c) Past startdan chiqish 60 metrga yugurishni natijaga bajarish

2. Yugurib kelib uzunlikka sakrash.

a) Joyidan turib hamda 3 qadamdan uzunlikka sakrash

b) Belgilangan masofadan yugurib kelib depsinib sakrab, uchush fazasida oyoqlarni ko’krak oldiga tortish va oyoqlarni bukish, qo’nish.

3. Arg’amchida sakrash mashqi.



12-15 daq
3-4

3-4


6-8
8-10 daq

3-4


4-6
3-5 daq

Past startda turish va startdan chiqishni nazorat qilish
x x x x

X
Belgilangan vaqt hisobiga yugurishni nazorat qilish

(ikkita kishidan)

Sakrashda oyoq holati, qo’l harakatlanishiga hamda 3 qadamdan sakrash ritmiga e'tibor berish.

Uchushda, orqada qolgan (depsinuvchi) oyoqni ko’krak oldiga tortish hamda qo’l va gavda harakatlariga alohida ahamiyat berish.
Sakrash davomida to’xtab qolmaslikka harakat qilish.


Yakuniy qism


Maydon bo’ylab yengil yugurish

Nafasni rostlash.

Qayta saflanish.

O’quvchilrni baholash.

Uyga vazifa berish.


3-5 daq


200 metr yengil yugurishga etibor berish.

Uyga vazifa berish

Mashg’ulotda aniqlangan yutuq va kamchiliklar e’lon qilish.
X

x x x x x x x x x x x






Dars ishlamasi(7-sinf)

Mavzu: Kurash. Orqadan chalish usuli bilan tanishish.

Mashg’ulot bosqichlari.


Mavzu:

Kurash: Orqadan chalish usulini o’rgatish.

Vazifalar

1. Orqadan chalish usulini o’rgatish.

2. Arg’amchida sakrash mashqi.

3. Turnikda osilib tortilish


O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Shakl: juftlik va yakka tartibda ishlash.

Metod: jismoniy harakatlanish bilan ishlash.

Kerakli jihozlar : kurash uchun matlar, belbog’lar, arg’amchilar, tortilish uchun turniklar (past, baland).

Darsning maqsadi:

Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga milliy sport turlaridan kurash haqida bilim berish.

Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga kurash tushish madaniyatini o`rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda jismoniy sifatlardan chaqqonlik, epchillik va egiluvchanlikni rivojlantirish.

Dars o’ish joyi: sport zali

Nazorat: o’quvchilar mashqni to’g’ri bajarishlari.

Kutilayotgan natija

O’qituvchi: o’quvchilarga mavzu asosida to’liq malumot berish va xavfsizlik qoidalarini eslatib o’tish. O’quvchilar mashqlarni mustaqil ravishda to’g’ri bajarishlarini o’rgatish.

O’quvchi: o’quvchilar oldiga qo’yilgan vazifani to’g’ri bajarish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.



Mashg’ulot bosqichlari.

Dars qismlari

Darsning borishi

Vaqti

Metodik ko’rsatma



Tayorlov qism


Saflanish. Salomlashish. Davomat qabul qilish va davomat aniqlash. Dars mavzu va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.

Saf mashqlari

Yurish va yugurish:


  1. O’ng, chap yon tomonlama yugurish;

  2. Tizzalarni baland ko’tarib yugurish;

  3. Chap, o’ng oyoqlarda sakrash.

URM bajarish.

1-mashq. D.h. Oyoqlar kerilgan, qo’llar belda

1-4 boshni o’nga aylantirish

1-4 boshni chapga aylantirish

2-mashq. D.h. Oyoqlar kerilgan qo’llar yelkada

1-4 yelkani oldinga aylantirish

1-4 yelkani orqaga aylantirish

3-mashq. D.h. Oyoqlar kerilgan, o’ng qo’l yuqorida chap qo’l pastda

1-2 o’ng va chap qo’li orqaga cho’ziladi

3-4 chap va o’ng qo’li orqaga cho’ziladi

4-mashq. D.h. Oyoqlar kerilgan qo’llar oldinda

1-4 qo’llarni oldinga aylantirish

1-4 qo’llarni orqaga aylantirish

5-mashq. D.h. Oyoqlar kerilgan, o’ng qo’l yuqorida chap qo’l belda

1-2 chapga engashish

3-4 o’nga engashish

6-mashq. D.h. Oyoqlar keng, kerilgan qo’llar oldinda

1- chap qo’l bilan o’ng oyoqqa cho’zilish

2-o’ng qo’l bilan chap oyoqqa cho’zilish

7-mashq. D.h. Oyoqlar kerilgan qo’llar belda

1- chap oyoqqa o’tiriladi

2- turiladi

3-o’ng oyoqqa o’tiriladi

4- turiladi

8-mashq. D.h. A.T.

1-2 o’ng oyoq tizzasini yuqoriga tortib aylantirish

3-4 almashtirish


1-2 daq

2-3 daq

2-3 daq

8-10 daq
4-6 marta


4-6 marta


4-6 marta

4-6 marta

4-6 marta

4-6 marta

4-6 marta


4-6 marta


Shug’ullanuvchilarni bir qator safga tortib amalga oshirish.
x x x x x x x x x x
X
Safdoshlar orasidagi masofani saqlash.

URM aylana bo’lib bajarish.

Boshni aylantirganda ko’zni yummasdan aylantirishni nazort qilish
Yelkani aylantirishda qo’llarni uzmasdan tez bajariladi

Mashqni bajarganda qo’llarni tirsakdan bukish mumkin emas

Qo’llarni oldinga aylantirganda xam tirsakdan bukilmasligi kerak
Gavdani oldinga bukmaslik kerak

Gavdani oldinga ko’proq tashlash va oyoqlarni tizzadan bukilishiga yo’l qo’ymaslik kerak

O’tirganda gavdani to’g’ri tutishlari va mashqni to’g’ri bajarilishini nazorat qilish

Oyoqlarni ko’proq cho’zilishga harakat qilish



Asosiy qism


1. Kurash.

a) Oldinga, orqaga umbaloq oshish;

b) Chap va o’ng yelka bilan himoyalanish;

c) Ikkita kurakka tekkizgan holda oldinga va orqaga o’mbaloq oshish;

d) Orqadan chalish usulini o’rgatish.

2. Arg’amchida sakrash mashqi.

3. Turnikda osilib tortilish

18-20 daq

2-3
2-3

3-4

8-10

3-5 daq


3-5 daq

Xavfsizlik qoidalariga rioya etish.

Himoyalanishda qo’lni to’g’ri tashlash.

Otishlarda ehtiyot bo’lish, raqibni himoyalash.

Sakrash davomida to’xtab qolmaslikka harakat qilish.
O’g’il bolalar baland turnikda, qizlar past turnikda osilib tortilish




Yakuniy qism


Qo’llarni bukib yozish.

Nafasni rostlash.

Qayta saflanish.

O’quvchilrni baholash.

Uyga vazifa berish.

Zaldan saf bilan chiqish.


3-5 daq


O’g’il bolalar polda, qizlar gimnastika o’rindig’ida bajardilar.
Uyga vazifa topshiriladi.
Mashg’ulotda aniqlangan yutuq va kamchiliklar e’lon qilish.





Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro`yxati.

1. Ta`lim to`grisidagi O`zbekiston Respublikasining Qonuni (Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,"Sharq" nashriyoti)

2. Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy dastur.(Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,"Sharq" nashriyoti)

3.B.Sultanov, Z.Nasretdinova, T.Jumaniyozova, Sh.Masharipova, Q.Sabirov, A.Babojonov, S.Begliyev, I.Raximova. Zamonaviy dars ishlanmalari. Xorazm VPKQTMOI-2013 y.

4. Ma’rifat gazetasi. 2013-yil 11-dekabr, №99(8644)

5. Xalq ta`limi vazirligining 15.10.2011 yildagi 02-3821-sonli xat.

6. Avliyoqulov N. Zamonaviy o`qitish texnologiyalari.Toshkent, 2001.

7. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi, 2000.






Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa