Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta`lim” kafedrasi amaliy fanlardan dars ishlanmalari yozish tartiblari



Download 234.16 Kb.
bet1/3
Sana08.09.2017
Hajmi234.16 Kb.
  1   2   3
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI

XORAZM VILOYAT XALQ TA`LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta`limkafedrasi




AMALIY FANLARDAN DARS ISHLANMALARI YOZISH TARTIBLARI

(Metodik qo`llanma)

Urganch - 2015

Ushbu metodik qo`llanma umumta`lim maktablari amaliy fan o`qituvchilari dars jarayonlarini samarali tashkil qilishlari uchun dars ishlanmalari yozish bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustaxkamlashga qaratilgan bo`lib, kelajakda yoshlarni yuksak salohiyatli kadrlar qilib tarbiyalashni maqsad qilib qo`yadi.

Metodik qo`llanma umumiy o`rta ta`lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari dars ishlanmalari yozishlari uchun va darslarni samarali tashkil qilishlari uchun foydali manba bo`lishi mumkin.

Tuzuvchi: Kenjayev Sherzod Mammatjumayevich

Taqrizchilar: UrDU Pedagogika fakulteti “Mehnat

ta`limi” kafedrasi dots. p.f.n. R.Rajabov


“Amaliy fanlar va maktabdan tashqari

ta`lim” kafedrasi katta o`qituvchisi

S.Qazaqova

Ushbu metodik qo`llanma kafedraning 2015 yil 4 martdagi 3- sonli yig`ilishida muhokama etildi va nashrga tavsiya qilindi.

Xorazm VXTXQTMOIning ilmiy kengashi yig`ilishida tasdiqlandi va 2015 yil 31 martdagi 1-sonli bayonnomasi bilan chop qilishga ruxsat berildi.



© Sh.M.Kenjayev

© XVXTXQTMOI, 2015 y.

Mundarija
1. Kirish................................................................................................................4-bet

2. Umumta`lim maktablarida dars ishlanmasi yozish bo`yicha yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar va o`qituvchilarga tavsiyalar...........................................................5-bet

3. O`qituvchining darsga tayyorgarligi.................................................................6-bet

4. Dars maqsadlarini belgilash..............................................................................6-bet

5. Dars ishlanmasining texnologik xaritasini tuzish.............................................8-bet

6. Darsning texnologik xaritasi namunasi.............................................................9-bet


7. Dars bosqichlari mazmuni………………………….......................................10-bet

8. Mehnat ta`limi fanidan dars ishlanma namunalari. Metallga ishlov berishda qo`l asbob-uskunalari, moslamalarining tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish qoidalari. Chilangarlik dastgohi. O`lchash va rejalash asboblari.......................13-bet

9. Oyoq yuritmali tikuv mashinalarining tuzilishi..................................................... 23-bet

10.Jismoniy tarbiya fanidan dars ishlanma namunalari.Yengil atletika. 60 metrga yugurish texnikasini o’rgatish……................................................................... 32-bet

11. Kurash. “Orqadan chalish” usuli bilan tanishish…………………………36-bet

12. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro`yxati………………………….39-bet



1.Kirish.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi – ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. Bu esa, o`z navbatida, ta`lim jarayoniga boshqacha nazar bilan qarashni talab etadi. Dunyoga yangi ko`z bilan qaraydigan, uddaburon, ishning ko`zini biluvchi, xullas, xar tomonlama yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash, respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muxim va ma`suliyatli vazifadir. Bu vazifani qanday amalga oshirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta`lim to`g`risida”gi qonunda aniq ko`rsatib berilgan. Xozirda bunday ulkan vazifani sharaf bilan bajaradigan, zamonaviy va jahonning eng ilg`or ta`lim texnologiyalari bilan qurollangan pedagog kadrlarga bo`lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda.

Zamon talablariga javob beradigan bunday kadrlarni tayyorlash uchun avvalambor dars jarayonlarini tanqidiy qayta ko`rib chiqish hamda dars jarayonida imkon qadar ilg`or pedagogik texnologiyalardan va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish zarurdir.

Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya “ta`lim berishning texnik vositalari yoki kompyuterdan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmay, balki bu ta`limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo`li orqali, yo`l va materiallarni tuzish hamda qo`llash orqali, shuningdek qo`llanilayotgan usullarni baholash orqali ta`lim jarayoni prinsiplarini aniqlash va eng maqbul yo`llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotdir”.

Har bir yo`l va vosita o`qituvchi tomonidan, u intilayotgan, yakuniy natijaga erishishga ko`rinarli qo`shgan hissasi tomoni bilan baholanishi zarur.



Umumta`lim maktablarida dars ishlanmasi yozish bo`yicha yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar va o`qituvchilarga tavsiyalar.
Ko`pgina kuzatishlardan shu narsa ma`lum bo`lidki umumta`lim maktablarining amaliy fan o`qituvchilari dars ishlanma yozish jarayonida bir qancha kamchiliklarga yo`l qo`yishar ekan. Bu kamchiliklar esa Xalq ta`limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Dars muqaddas” tavsiyalarni to`liq tushunmashlik va ma`suliyatni xis qilmaslik oqibatida kelib chiqmoqda. Bizning maqsadimiz umumta`lim maktablarining amaliy fan o`qitiuvchilari tomonidan yo`l qo`yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish va dars jarayonlarini samrali tashkil qilish uchun o`qituvchilarning savodxonliklarini oshirishdan iboratdir.

Umumta`lim maktablarida dars ishlanmasi yozish jarayonida yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar sifatida ularning dars maqsadlarini to`g`ri qo`yishga qiynalayotganliklarini, dars o`tish uchun zarur bo`lgan no`ananaviy ta`lim metodlarini talab darajasida bilmasliklarini, dars bosqichlarini bilmasliklarini, darsning xar bir bosqichida qilinadigan ishlarning mazmunini anglamaganliklari va shunga o`xshagan bir qancha kamchiliklarni keltirish mumkin. Bu kamchiliklar, tuzatish mumkin bo`lgan kamchilik bo`lib, bularni tuzatish uchun avvalambor o`qituvchi o`z ustida doimiy ravishda ishlashi, “Dars-muqaddas” tavsiyalarini mukammal o`rganib chiqishi, ilg`or pedagoglarning ish tajribalarni o`rganishi, ularning darslariga kirib metodik taxlillar olib borishi, ilmiy-metodik jurnallarni doimiy ravishda o`qib turishi lozimdir. Bundan tashqari zamonaviy o`qituvchi axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olishi(Microsoft Word, Exsel, Power Point dasturlarida ishlay olishi, kompyuter va uning qo`shimcha qurilmalaridan foydalana bilishi), fanga oid iternet ma`lumotlarni qidirib topish va dars jarayonida ulardan samarali foydalanish yo`llarini bilishi lozimdir.



O`qituvchining darsga tayyorgarligi.
“Dars-muqaddas” tavsiyalariga asosan o`qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda ikkiga bo`linadi:

-o`z fani yuzasidan umumiy tayyorgarlik;

-xar bir darsga kundalik tayyorgarligidan iboratdir.

O`qituvchining darsga tayyorgalik ko`rishi darsning sifatli o`tishi uchun g`oyat samarali ta`sir etib bu jarayon nihoyatda zarurdir.

O`qituvchining darsga umumiy tayyogarligiga uning fan bo`yicha DTSlari, o`quv dasturi, o`quv rejasi bilan, fanga oid ilmiy, metodik adabiyotlar bilan tanishganligi, ko`rgazma materiallar, o`quv jixozlarini o`rganganligi va qo`llay bilishi, ilg`or o`qituvchilarning ish tajribasini o`rganganligi kiradi.

Darsga kundalik tayyorgarlik esa taqvim-mavzu rejadan o`tiladigan dars mavzusi va vaqtini aniqlash, DTS va o`quv dasturlaridan o`tilayotgan mavzuda qanday bilim, ko`nikma, malakalar shakillantirilishini aniqlash, shu asosda dars maqsadlarini belgilash, dars o`tish uchun texnik vositalar, ko`rgazmali qurollar, didaktik materiallar tayyorlash, adabiyotlarni o`rganish, dars o`tish metodlari bilan tanishish va dars ishlanmasi yozish jarayonlaridan iboratdir.


Dars maqsadlarini belgilash.

Ko`pchilik xollarda fan o`qituvchilari dars maqsadlarini belgilashda maqsad bu – “biz intilayotgan narsa”, “oldimizga qo`ygan reja, ish”, “orzu” deb ta`rif beradilar.

O`zbek tilining izohli lug`atida maqsad bu – “Erishish, amalga oshirish uchun ko`zda tutilgan narsa” deb yozilgan.Soddaroq qilib aytganda, maqsad bu – biz erishmoqchi bo`lgan natija.

Ta`lim jarayoniga nisbatan olganda, maqsad- ta`lim jarayoni ishtirokchilari (ya`ni o`qituvchi va o`quvchilar) dars yakunida erishishni ko`zlagan natijadir.

“Dars-muqaddas” tavsiyalariga asosan bugungi kunda dars jarayoniga 3 xil maqsad qo`yiladi. Bular

-ta`limiy maqsad

-tarbiyaviy maqsad

-rivojlantiruvchi maqsadlardir.

O`qituvchining o`z darsi oldiga qo`ygan maqsadlari DTS talablari asosida belgilanishi lozim.

Ta`limiy maqsad (O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarida qanday rivojlantirish, shakllantirish ko`zda tutilgan holda belgilanadi) o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilimlar hajmini belgilaydi.U quyidagicha bo`lishi mumkin: “O`quvchilar yog`och turlari haqida tushunchaga ega bo`ladilar” ,”Xalq xunarmandchilik turlari haqidagi bilimlarini kengaytiradilar” va h.k.

Tarbiyaviy maqsad (Shaxsning qanday sifatlari shakllantirilishi ko`rsatiladi (axloqiy estetik,ekologik tarbiya berish, Vatanga sadoqat, mehnatni ulug`lash, do`stona munosabatni tarbiyalash)) o`quvchilarda tarbiyalanishi lozim bo`lgan ma`naviy – axloqiy sifatlarni belgilaydi. Masalan “O`quvchilarda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishni tarbiyalash”, “O`quvchilarda hunarmandlar tomonidan yasalgan hunarmandchilik buyumlaridan zavqlanish madaniyatini shakillantirish ” va h.k.

Rivojlantiruvchi maqsadda (O`quvchilar aqliy faoliyatning qanday shakllarini (materiallarga ishlov berish, jihozlardan foydalanish) va qanday rivojlantiruvchi natija berishi ifodalanadi (nutqni, fikrni o`stirish, harakatlarni rivojlantirish)) o`quvchilar ega bo`ladigan ko`nikma va malakalar ko`rsatiladi. Masalan “O`quvchilar yog`ochlarni turlarini bir-biridan farqlashni o`rganadilar”, “Xalq hunarmandchilik turlaridan “Yog`och o`ymakorligi” bo`yicha mahsulot yasash ko`nikmalarini rivojlantiradilar” kabi aniq, erishib bo`ladigan maqsad qo`yish lozim.
Dars ishlanmasining texnologik xaritasini tuzish.
Texnologik xarita-bir soatlik dars ishlanmasining o`qituvchi foydalanishi uchun qulay sxemasi bo`lib, darsni tashkil etishda tushuncha va bilimlarning muayyan izchilligi va axborotli modellarini o`rganish usullari, yo`llari, ko`rsatmalari hamda ko`rgazmali-texnologik topshiriqlar yig`indisidan iborat. (Darsning texnologik xaritasi matn yoki jadval shaklida yozilishi mumkin).

Texnologik xaritada dars o`tilayotgan sana, sinf, fan nomi ko`rsatilishi lozim. Parallel sinflar uchun bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozish yetarli xisoblanadi. Dars mavzusi taqvim-mavzu reja asosida olinadi. Mavzuga ajratilgan soatlar soni ko`rsatiladi. Dars shakli nazariy yoki amaliy ekanligi ko`rsatiladi(taqvim-mavzu rejaga asosan). Dars turi(yangi tushuncha, bilimlarni shakillantiruvchi; o`quvchilarni BKMlarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; o`quvchilar egallagan BKM larini tahlil, nazorat qiluvchi darslar) ko`rsatiladi. Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar(an`anaviy, noan`anaviy, interfaol) ko`rsatiladi. (Izoh: Dars metodlarini tanlashda shu narsaga alohida e`tibor berish kerakki, albatta dars jarayonida no`ananaviy ta`lim metodlaridan foydalanish zarur, chunki no`ananaviy ta`lim metodlari o`quvchilarni ko`proq ishlashga, o`qishga, fikrlashga, xulosalar chiqarishga va faollikka undaydi). Texnologik xaritada yana dars jarayonida foydalaniladigan jixozlar(texnik vositalar, ko`rgazmali va didaktik materiallar) va darsning maqsadlari(ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) ko`rsatiladi. Navbatdagi bandga esa dars yakuniga yetgach darsdan kutilayotgan natijalar aks ettiriladi.

Texnologik xaritaning pastki qismida esa dars jarayoni bosqichlari ko`rsatilgan bo`lib o`qituvchi tomonidan xar bir bosqichda bajariladigan ishlar mazmuni, xar bir bosqichda qo`llaniladigan metodlar va bu bosqich uchun ajratilgan vaqt taqsimoti ko`rsatiladi.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa