T = Kq (F+A)
Bu erda: T-qoplanish davri;
Kq - korxona faoliyati davrida kapital qo’yilmalar;
A - korxona faoliyati davrida mahsulot ishlab chiqarishga ajratiladigan amortizatsiya
xarajatlari;
F - balans foydasi.
Auditor imtiyozlardan foydalanish darajasini va qoplanish davridan so’ng tarmoqlararo
komissiyaga so’nggi hisob-kitoblarni topshirilishini tekshirishi kerak. Bojxona imtiyozlari
moliyaviy natijaga ta’sir ko’rsatadi. Imtiyozlardan noqonuniy foydalanish asoslanmagan tarzda
foydani ko’paytiradi.
Korxonalar mahsulot, ish va xizmatlar eksporti bilan bog’liq bo’lmagan xorijiy
davlatlarda daromadga ega bo’lishi mumkin, bu kapital eksporti bilan bog’liq. Bunday eksportga
quyidagilar kiradi:
- chet el korxonalari nizom kapitaliga qo’yilmalar;
- qimmatli qog’ozlarni sotib olish;
- binolar, inshootlar va boshqa mulk, shu jumladan er va er osti boyliklari, shu davlatga
tegishli ko’chmas mulk bo’yicha mulk huquklarini olish;
- ko’chmas mulk bo’yicha boshqa huquqlar;
- tovarlar, ish va xizmatlar ekporti bo’yicha 180 kundan oshirilgan to’lov muddatini
uzaytirishlari.
Noqonuniy kelishuvlar oqibatida olingan daromadlar O’zbekiston Respulikasining
«Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq davlat foydasiga o’tkaziladi, shu
tufayli auditorning vazifasi xorijda olingan daromadlarni qonuniyligini tekshirishdan iborat.
Auditor xorijiy xaridor va buyutmachilar bilan hisob-kitoblar shaklini, to’lov muddatini,
eksport bo’yicha kredit va kredit to’lovlari stavkalarini o’rganadi. Eksportga jo’natilgan tovarlar
bo’yicha debitorlik qarzlarini tahlil qiladi.
Debitorlik qarzlarini tasdiqlash auditorlik jarayonining asosiy bosqichlaridan hisoblanadi.
Tasdiqlashning quyidagi shakllari taklif qilinadi:
365
- so’rovnoma;
- hujjatlashtirish.
So’rovnoma ikki xil bo’lishi mumkin: pozitiv va negativ. Pozitiv - debitorlik qarzi realligi
haqida auditor aniq ma’lumotga ega, lekin muddati va miqdorini aniqlash kerak. Auditor
debitorlik qarzini tasdiqlash haqida so’rovnoma berishi mumkin, xaridor esa so’rovnomada
ko’rsatilgan summa faqat uning hisobida yo’q bo’lsa, javob berishi kerak. Agarda xaridor javob
bermasa, auditor eksporter hisobidagi debitorlik qarzini to’g’ri deb hisoblaydi va javob faqat
summa tasdiqlamasagina kelishini inobatga olib, bunday so’rovnomalarni «negativ» deb
hisoblaymiz.
Eksport bo’yicha tovarlar, ish va xizmatlar uchun debitorlik qarzining haqiqiyligini
«hujjatli tasdiqlash» kabi audit tamoyili orqali aniqlash mumkin. Hujjatli tekshirish so’rovnoma
«negativ» bo’lgan hollarda amalga oshiriladi.
Amaliyotda eksportga jo’natilgan tovarni hisobda ikki marta aks ettirish hollari uchraydi.
Buning uchun auditor hisob yozuvlarini sinchkovlik bilan tekshirishi zarur. Masalan, eksport
bo’yicha kontraktlar va hisob vedomostlari solishtiriladi.
Eksport muomalalari bo’yicha hisob-kitoblarning samaradorligi tahlili o’tkazilishi kerak.
Bizning fikrimizcha, eng samarali hisob-kitob usullaridan biri veksellar bilan hisoblashishdir,
chunki mol etkazib beruvchi bunday holda chet el valyutasida daromad olishi mumkin. Bunday
muomalalarni (10.14 jadval) tekshirish uchun misol tariqasida ish jadvali taklif qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |