361
tekshirish
analitik schyotlar
5.
Mahsulot, ish va xizmatlarni eksport
kategoriyasiga olib borilishi
Eksport bo’yicha hujjatlar
Tasdiqlash
6.
Eksport muomalalarini soliqqa tortish: QQS,
aktsizlar
Buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari, eksport
bo’yicha birlamchi
hujjatlar
qayta
hisoblash
7.
Eksport muomalalari bo’yicha hisob-
kitoblarning o’z vaqtida amalga oshirilishi,
debitorlik va kreditorlik qarzlarining
to’g’riligi
Xorijiy xaridorlar bilan
hisob-kitoblar
ning analitik hisobi
Tasdiqlash
8.
Kurslar bo’yicha aniqlash va buxgalteriya
hisobi va hisobotlarda aks ettirilishining
to’g’riligi
Xorijiy xaridorlar bilan
hisob kitoblarning analitik
hisobi, MB ma’lumotlari
Qayta
hisoblash,
kuzatish
Valyuta izohlari valyuta va tovar bozorlaridagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda
to’lanadigan to’lov hajmini belgilaydi. Bu valyuta xavf-xatarlaridan sug’urtalanishning eng ko’p
tarqalgan usulidir.
Valyuta izohlari egri va to’g’ri valyuta izohlariga bo’linadi. Egri valyuta izohi tovar
bahosi xalqaro hisob-kitoblarda keng tarqalgan valyutada qayd qilingan, to’lov esa boshqa pul
birligida, odatda, milliy valyutada amalga oshirilgan vaqtda qo’llaniladi. Izoh teksti taxminan
quyidagicha bo’lishi mumkin:
«Qayd qilingan baho AQSh dollarida, to’lov Yaponiya ienasida. Agar AQSh dollari kursi
Yaponiya ienasiga nisbatan to’lov kuni kelgan vaqtda shartnoma belgilangan kundagi kurslariga
qaraganda o’zgarsa, shunga munosib ravishda shartnomadagi tovar bahosi va to’lov summasi
ham o’zgaradi».
To’g’ri valyuta izohi shartnoma valyutasi va to’lov valyutasi bir xil bo’lgan vaqtda
qo’llaniladi. Ammo to’lov hajmi shartnoma valyutasining kursi boshqa bir barqaror valyuta
kursiga nisbatan o’zgarishi asos qilib olingan holda belgilanadi. Bunday barqaror valyuta izoh
valyutasi, deb ataladi. To’g’ri valyuta izohi valyutani sotib olish qiymatini avvalgi holda ushlab
turish uchun qo’llaniladi. Bunday izoh matni taxminan quyidagicha:
«Qayd qilingan tovar bahosi va to’lovi AQSh dollarida. Agar to’lov muddati kelgan
vaqtda Nyu-York valyuta birjasida dollar kursi Yapon ienasiga nisbatan shartnoma belgilangan
kundagiga qaraganda past bo’lsa, shunga munosib ravishda AQSh dollaridagi tovar bahosi va
to’lov summasi oshadi».
Valyuta tavakkalchiligini sug’urtalashning yana bir turi bu forvard muomalalaridir.
Bunda forvard qoplanishi, ya’ni baho xavf-xatarga qarshi sug’urtalanishini bildiradi. Forvard
qoplash operatsiyalari valyuta kursining o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarni
sug’urtalash maqsadida o’tkaziladi.
Forvard valyuta operatsiyalari ikki ish kunidan kam bo’lmagan vaqtda amalga oshiriladi.
Valyuta bozorida forvard bitimlari amalga oshirilishining quyidagi standart muddatlari mavjud:
1 hafta; 1 oy; 3 oy; 9 oy; 12 oy.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, valyuta xavf-xatarlarini sug’urtalashda forvard valyuta
shartnomalaridan foydalaniladi.
Masalan, amerikalik eksporter angliyalik importerga 30 kun mobaynida to’lash sharti
bilan 1000000 funt sterling mahsulot sotayapti. Shu paytda «spot» kursi - 1900, forvard kursi esa
- 18500 funt sterling. 30 kundan keyin haqiqatdagi almashuv kursi - 18700 dollar/funt sterling,
shartnoma tuzilgan vaqtda eksporterning buxgalteriya hisobida 1900000 dollar debitorlik qarzi
sifatida aks ettiriladi. Lekin eksporterni valyuta risklari tashvishga soladi. Shuning uchun u
forvard bitimini tuzishi, ya’ni 18500 dollar/funt sterling kurs bilan konvertirlanadigan dollardagi
summaga ega bo’lishi mumkin. Shunday qilib, u 50000 dollar sarflab (valyuta tavakkalchiligini
himoyalash uchun), 1850000 dollar mablag’ga ega bo’ladi. Firma summani to’laligicha
362
inkassatsiya qilib yana 30 kun kutishi va almashuv kursi yuqoriroq bo’lgan vaqtda ko’proq
daromad olishi mumkin.
Agar (60 kundan keyin) haqiqatdagi kurs 18700 dollar/funt sterling deb oladigan bo’lsak,
eksporter boshlang’ich summadan (1900000 dollardan) bir qancha kam bo’lgan va forvard
shartnomasidagi mablag’ (1850000 dollar)dan ko’p bo’lgan 1870000 dollarga ega bo’ladi. Dollar
kursi 18000 dollar/funt sterlingga oshib ketgan taqdirda forvard shartnomasi orqali eksporter
yanada yaxshiroq samaraga erishgan bo’lar edi.
Valyuta tavakkalchiligini oldini olishning yana bir turi bu valyuta optsionlaridan
foydalanishdir. Valyuta optsioni bu qimmatbaho qog’oz bo’lib, u o’z egasi ma’lum miqdordagi
valyutani belgilangan kurs bo’yicha belgilangan vaqtda sotish yoki sotib olish huquqini beradi.
Forvard bitimlaridan farqli ravishda valyuta optsionlari o’z egasiga majburiyat yuklaydi. Valyuta
optsionining ikki turi mavjud:
1. Kol optsion;
2. Put optsion.
Kol optsion valyutani sotib olish huquqini beradi. Put optsion esa valyutalarni sotish
huquqini beradi.
Optsionning ikki xil standarti mavjud:
1.
Evropacha optsion, bunda optsion egasi muddati tugagandan so’nggina uni ishlatish
huquqiga ega bo’ladi;
2.
Amerikacha optsion, bunda optsion egasi optsiondan bitim davri mobaynida qolgan
vaqtida foydalanishi mumkin.
Valyuta tavakkalchiligini bartaraf qilishda valyuta optsionidan foydalanila boshlanganiga
hali ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Valyuta optsionidan foydalanishni quyidagi misolda ko’rishimiz
mumkin.
Aytaylik, amerikalik eksporter almashuv kursi 19000 dollar/funt sterling bo’lgan vaqtda
angliyalik importerga 1000000 funt sterling summadagi tovarni sotishga qaror qildi. Xuddi shu
paytda Filadelfiya fond birjasiga keldi va ularga funt sterlingni sotib evaziga dollar olish
bo’yicha optsion shartnomasini imzoladi va 25000 dollar miqdorida haq to’ladi. Importerdan
1000000 f.st. olish vaqtida ekporter optsionni (unga) sotish yoki sotmaslikni hal qilish kerak.
Agar joriy almashuv kursi 1.9000 dollar/f.st.dan yuqori bo’lsa, ekporter optsiondan voz kechadi,
chunki u f.st.ni bozor kursida konverterlab, ko’proq mablag’ga ega bo’ladi. To’g’ri u 25000
dollar yo’qotadi, lekin bu summa sug’urta rolini bajaradi. Agar almashuv kursi 1.9000
dollar/f.st.dan tushib ketsa, olaylik 1.8000 dollar/f.st. eksporter optsiondan foydalanadi va funt
sterlingni kelishilgan kurs bo’yicha, ya’ni 1.9000 dollar/f.st.dan almashtiradi. Uning schyotiga
25000 dollar haq to’langanligi hisobiga 1.900.000 dollar kelib tushadi.
Audit jarayonida e’tibor qaratilishi zarur bo’lgan holat shundan iboratki, agarda
tushumlar qancha va qachon kelib tushishi aniq bo’lsa, forvard bitimlaridan foydalanilishi
kerakligi va aks holda optsionlardan foydalanish kerakligidir. Lekin optsion forvard
shartnomalariga qaraganda qimmatroq moliyaviy vosita hisoblansada, O’zbekiston sharoitida
ulardan foydalanish hozirgi valyuta bozorlari nobarqaror bo’lgan holatlarida maqsadga muvofiq,
deb hisoblaymiz.
Shuni alohida aytib o’tish kerakki, eksport muomalalari bo’yicha moliyaviy natijaga
ustama xarajatlar ham ta’sir qiladi. Bu boradagi auditorning vazifasi bunday xarajatlarning
qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashdir. Ustama xarajatlar miqdor mazmunini
o’rganish har bir moddaning smeta va baza davriga nisbatan mutloq va nisbiy o’zgarishini
taqqoslash tahlili orqali o’tkazishdan boshlanadi (10.12 jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: