Xalqaro iqtisodiy aloqalarni tartibga solishning asosiy usullaridan biri bojxona
tariflarini aniqlashdir. Ularning qo’llanilishi asosida esa tovarlar bojxona qiymatini aniqlash
Boj hisoblash uchun import qilinayotgan tovarlar qiymatini aniqlab olish jarayonini eng
murakkab bosqichlardan biridir. Uni aniqlash esa to’g’ri va egri xarajatlar bilan tasdiqlangan
ma’lumotlarga asoslanishi lozim. O’zbekiston Respublikasi «Boj tarifi to’g’risida»gi qonunining
14-moddasida tovarlarning bojxona bahosi ustidan nazoratni amalga oshirishda bojxona
organining huquq va majburiyatlari keltirilgan bo’lib, unda jumladan quyidagilar aks etgan:
369
- deklarant e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati to’g’ri yoki noto’g’riligi haqida qaror
qabul qilish;
deklarant e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati to’g’ri aniqlanganligini tasdiqlovchi
dalillar mavjud bo’lmasa yoki deklarant taqdim etgan ma’lumotlarni noto’g’ri yoki to’liq emas,
deb hisoblash uchun asoslar mavjud bo’lsa, o’zida bor ma’lumotlarga asoslanib, ushbu qonunga
muvofiq tuzatishlar kiritish yo’li bilan bojxona qiymatini aniqlash usullarini birin ketin qo’llagan
holda deklaratsiya borilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash va boshqalar.
Lekin shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, yuqorida ko’rsatilgan tovarning bojxona
qiymati to’g’ri yoki noto’g’riligi bojxona qiymati tomonidan faqatgina qisman aniqlanishi
mumkin. Bu masala borasida to’g’ri qaror qabul qilish uchun esa taqdim etilayotgan invoys va
transport hujjatlarini audit jarayonidan o’tkazish zarur bo’ladi. Faqatgina audit uslublarini
qo’llagan holdagina samarali va oqilona natijaga erishish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida Bojxona nazoratini amalga oshirish borasida katta ishlar
amalga oshirilmoqda. Bojxona kodeksining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi buning yaqqol
misoli bo’ladi. Shu kodeksning 39-moddasida bojxona nazorati shakllari aniq keltirilgan bo’lib,
eng birinchi o’rinda bojxona maqsadlari uchun zarur bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlarni
tekshirish turadi. Yuqorida aytib o’tilganidek, bu tekshirishning asosiy usullaridan biri ham,
albatta, audit tamoyillarini qo’llash bo’lmog’i darkor.
Bu boradagi ishlarni jonlantirish va muammolarni hal qilish uchun O’zbekiston
Respublikasi Bojxona qo’mitasi tarkibida yirik nazorat va taftish boshqarmasi tashkil qilindi
hamda hozirgi kunda quyida keltirilgan ish va masalalar shu boshqarma tomonidan
rejalashtirilib, muvaffaqiyatli hal qilinmoqda. Jumladan:
- qo’mita hududiy bo’linmalarini to’la taftish o’tkazish;
- qo’mitaning hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish;
- bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan tovarlar va transport vositalari turishi
mumkin bo’lgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat
oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni;
- tushayotgan xabarlar hamda imkoniyatlar yuzasidan tematik taftishlar o’tkazish va
boshqalar.
Audit o’tkazish va tovarlar O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirib
kelganda soliq va ajratmalarni to’g’ri hisoblash uchun bojxona qiymatining asosligini inobatga
olib, import muomalalari bo’yicha quyidagi (6.3.41 jadval) auditorlik nazoratining dasturini
taklif etamiz.
Keltirilgan (6.3.41 jadval) dasturdagi asosiy qismlardan biri ham, albatta, boj qiymatini
aniqlashning to’g’riligini tekshirish bo’ladi. Buning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat
bo’ladi:
- tovarlar qiymatining sun’iy ravishda oshirilishi (yoki kamaytirilishi)ga qarshi kurash
vositasi sifatida bojxona organlari zimmasiga yuklangan boj, yig’imlar va boshqa to’lovlarni
undirishni hisoblash uchun real negiz (asos)ni aniqlash;
- valyuta nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan axborotni to’plash va tahlil
qilish;
- boshqa bojxona maqsadlarida, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan bojxona ishiga doir huquqni buzishlar uchun sanktsiya
qo’llashlarning mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: