Amaliy audit


 Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
7.4. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi 
Haridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy 
qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o`xshash. 
21-sonli BHMS ga muvofiq, «Jo`natilgan mahsulot, bajarilgan ish va 
ko`rsatilgan xizmatlar uchun haridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar, 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 
«Olingan veksellar», 6310 - «Xaridorlar na buyurtmachilardan olingan bo`naklar», 
9010 - «Mahsulotlar sotishdan olingan daromadlar», 9020 - «Tovarlarni sotishdan 


350 
olingan daromadlar», 9030 - «Bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlardan olingan 
daromadlar», 9110 - «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 - «Sotilgan tovarlar 
tannarxi», 9130 - «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi» schyotlarida hisobga olinadi. 
Auditor 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 - 
«Olingan veksellar» va 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» 
schyotlari bo`yicha hisob yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning 
haqqoniyligini baholash natijasida haridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar 
bo`yicha muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo`yicha oborotlarni 
tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko`rsatkich- 
tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko`rsatkichi 
bo`yicha axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi. 
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning auditi mol yetkazib 
beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning auditiga o`xshash ravishda 
amalga oshiriladi. Xaridorlar bilan hisob-kitoblarning auditi jarayonida mol yetkazib 
berish uchun shartnomalar tuzilganligi, Xaridor tomonidan qabul qilingan 
mahsulotlar uchun korxonaga tegishli bo`lgan summalar (sotish muddatlari, 
mahsulot sifati va boshqa omillarni hisobga olgan holda) to`g`ri hisoblanganligi, 15 % 
miqdorida oldindan to`lov amalga oshirilmasdan turib mahsulot berilganligi, 4010 -
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan schyotlar», 6230 - «Boshqa kechiktirilgan 
daromadlar», 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» 
schyotlarda ko`rsatilgan Xaridorlar qarzi haqiqiyligi aniqlanadi. Sotilgan mahsulot 
(ish, xizmat) lar bo`yicha qarzlarning haqiqiyligi, qonuniyligi va ishonchliligi dastlabki 
hisob-kitob-to`lov hujjatlari, hisob-kitoblarni inventarlash dalolatnomalari va hisob 
registrlaridagi ko`rsatkichlar asosida tekshiriladi. 
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni 
tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo`yicha hisob registrlari 
ma'lumotlarining Bosh daftar hamda o`zaro aloqador hisob registrlari ma'lumotlari 
bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010 schyot debeti bo`yicha yozuvlar 9010 -, 
9020, 9030, 9210, 9220 schyotlarning krediti bo`yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. 
Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus 
tartibi ko`zda tutilmagan bo`lsa, u holda umumiy qoida bo`yicha mulkiy huquq mol 
yetkazib beruvchidan Xaridorga tovarni jo`natish vaqtida o`tadi va quyidagi 
buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi: 
Debet 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 


351 
Kredit 9010 - «Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar». 
Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi to`lov 
bo`yicha yoki jo`natish bo`yicha qabul qilinganidan qattiy nazar amalga oshiriladi. 
Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish mobaynida tovar (ish, 
xizmat) lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga muvofiqligi hamda QQS 
summasi va Xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar boshqa elementlarining to`g`riligi 
aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlarni to`lashning o`z vaqtidaligi va to`liqligi 
5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar bilan bog`lanadigan ma'lumotlarni 
taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlarni ko`rib chiqish yo`li bilan 
aniqlanadi. 
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan 
oldin saldo (qoldiq) reestrlarida ko`rsatilgan qoldiqlarning Bosh daftardagi 4010 - 
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 - «Olingan veksellar», 
6310 - «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» schyotlari bo`yicha 
qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur. Shunindek, reestrlarning o`z vaqtida 
to`ldirilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va xojalikning kassasiga yoki hisob-kitob 
schyotiga tushgan to`lovlar haqida belgilar (yozuvlar) mavjudligi tekshiriladi. 
Mahsulot (ish, xizmat) lar realizatsiyasi bo`yicha to`lov talabnomalarining o`z vaqtida 
to`ldirilishi va inkassaga qo`yilishi tekshiriladi. Qarzlarning vujudga kelish sanalari va 
to`lov muddati o`tib ketgan summalarini saldo (qoldiq) reestrlari bo`yicha aniqlash 
zarur. Ushbu to`lov hujjatlari bo`yicha qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, 
amaliyotda Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4020 - «Olingan veksellar» 
schyotlarining debetida, to`lovlarning kelib tushishi esa 6310 - «Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olingan bo`naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi, 
shuningdek mahsulot va materiallar bir xojalik yoki tashkilotga jo`natilib, schyot esa 
adashib boshqasiga taqdim etilishi hollari ham uchraydi. Buning natijasida haqiqiy 
bo`lmagan debitor va kreditor qarzlar vujudga keladi. 
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona rahbari 
va bosh buxgalteri tomonidan muddati o`tib ketgan debitor qarzlarni undirish 
choralari ko`rilayotganligi aniqlanadi, hisob-kitoblarni o`zaro taqqoslash va 
aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi tuzib to`g`rilash, qarzlarni o`zaro 
surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi tekshiriladi. Shuningdek, audit 
jarayonida Xaridorlarning muddatlari chiqib ketgan debitor qarzlari talab qilinganligi 


352 
va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlarni hisobdan o`chirish 
faktlari bo`yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va to`g`ri aks ettirilganligini 
aniqlaydi. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish