Amaliy audit


 Budjet bilan hisob-kitoblar auditi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
7.6. Budjet bilan hisob-kitoblar auditi 
O`zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq ko`pchilik korxonalar 
budjetga umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig`imlar to`laydilar. 
Soliqlar va boshqa to`lovlar bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblarni auditorlik 
tekshiruvidan o`tkazishning maqsadi - tekshiriladigan xojalik yurituvchi subyekt 
moliyaviy hisobotining soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha qarzdorlikni aks 
ettirish qismida, hamda soliqqa tortishdagi tartibga solinmagan masalalar bilan 
bog`liq sezilarli holatlarni aks ettirishdan iborat. 


355 
«Korxonada budjet bilan hisob-kitoblar auditining asosiy maqsadi soliq va 
yig`imlarning barcha turlari bo`yicha hisoblar to`g`ri tashkil etilishi, ular to`liq va o`z 
vaqtida budjetga o`tkazilishi, soliq to`lovlarining kechiktirish sabablari va 
boqimandalar 
qaysi 
schyotlarga 
o`tkazilganligi, 
mablag`lar 
o`z 
vaqtida 
o`tkazilmaganligiga aybdor shaxslarga nisbatan va yo`l qo`yilgan kamchiliklarni oldini 
olish uchun qanday choralar ko`rilganligini aniqlashdan iboratdir. Budjet bilan hisob-
kitoblarni tekshirishda auditor xojalik yurituvchi subyektga soliq va yig`imlar 
noto`g`ri hisoblanishi hamda ular o`z vaqtida budjetga o`tkazilmaganligi uchun soliq 
idoralari tomonidan ko`riladigan jarima va boshqa choralari bilan bog`liq bo`lgan 
moliyaviy yo`qotishlarni oldini olishga yordam berishi lozim. 
Xojalik yurituvchi subyektlarning budjet bilan hisob-kitob muomalalari 
bo`yicha tekshiruvining asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi: 
- to`lovlar va yig`imlar alohida turlari bo`yicha ma'lumotnomalar va hisoblar; 
- tegishli summalar budjetga o`tkazilganligi to`g`risidagi dastlabki hujjatlar 
ilova qilingan bank ko`chirmalari; 
- soliq idoralari tomonidan o`tkazilgan tekshiruvlar bo`yicha dalolatnomalar; 
- buxgalteriya hisobi schyotlari bo`yicha yozuvlar; 
- jurnal-orderlar va hisob registrlarining boshqa turlari; 
- Bosh kitob, moliyaviy hisobot va boshqalar. 
Budjet bilan olib boriladigan hisob - kitoblar auditor jiddiy e'tibor berishi lozim 
bo`lgan murakkab obyekt hisoblanadi. Birinchidan, budjetga to`lanadigan 
soliqlarning noto`g`ri hisoblanganligi va to`langanligi uchun korxonaga nisbatan 
moliyaviy jazo choralari qo`llaniladi. Bu esa uning moliyaviy ahvoliga sezilarli 
darajada ta'sir qiladi. Ikkinchidan, hisob-kitoblarning to`g`riligini tasdiqlovchi 
auditorlik xulosalari soliq inspektsiyasi tomonidan qabul qilinishi ayrim hollarda 
shubha ostiga olinib, qabul qilinmasligi ham mumkin. So`ngi holatda soliq organi 
taqdim qilingan auditorlik xulosasini qaytadan tekshirib chiqishga haqlidir. Agar 
auditor xulosasi davlat budjeti manfaatlariga zid, amaldagi qonunchilikka va 
me'yoriy hujjatlarga rioya qilinmasdan, sifatsiz tuzilganligi aniqlansa, amaldagi 
qonunchilikka muvofiq sanksiyalar kuchga kiradi. Bunday hollarda auditorlik firmasi 
aditorlik faoliyati bilan shug`ullanishga huquq beradigan litsenziyadan mahrum 
qilinishi mumkin. Soliqlar to`lanishini tekshirishdan oldin soliqqa tortiladigan obyekt 


356 
bo`yicha ko`rsatkichlarning to`g`riligi, soliqqa tortiladigan baza va soliq stavkalariga 
rioya qilinishi tekshirilishi kerak»
1

Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil mulkchilikka asoslangan korxonalarning 
budjet bilan o`zaro munosabatlari kengaymoqda. Respublikamizning barcha 
hududlarida budjetga to`lanadigan to`lovlarning to`g`riligini aniqlaydigan va ularning 
o`z vaqtida o`tkazilishi ustidan qat'iy nazorat o`rnatadigan soliq xizmatlari tashkil 
etilgan. 
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida Davlat soliq qo`mitasiga, xususan, 
Respublika Soliq qo`mitasi hamda viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi soliq 
organlariga quyidagi huquqlar berilgan: foyda va boshqa soliqqa tortiladigan 
obyektlarni yashirganligi yoki kamaytirib ko`rsatganligi uchun barcha yashirgan yoki 
pasaytirilgan summalarni va shu summa miqdorida jarima undirish uchun 
korxonalarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo`llash. Bunday xato ikkinchi marta 
takrorlanganida esa ikki baravar jarima solish, shuningdek budjetga soliqlar va 
boshqa majburiy to`lovlarni hisoblash hamda to`lash uchun zarur bo`lgan soliq 
deklaratsiyalari, hisobotlar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarni taqdim 
qilmaganliklari, kechiktirilganligi, foydaning hisobga olinmaganligi yoki bu hisobning 
belgilangan tartibni buzib yuritilganligi uchun tegishli soliqlar va boshqa majburiy 
to`lovlar summasidan foizi undiriladi. Bunda mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish 
haqining besh barobaridan etti barobariga ma'muriy jarima solinadi. 
Auditor budjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda malakali maslahatchi va 
ushbu hisob-kitoblar to`liq hamda o`z vaqtida bo`lishi lozim. Budjet bilan hisob-
kitoblarda korxona buxgalterlari tomonidan yo`l qo`yilgan xatolarni ko`rsatish bilan 
auditor ushbu korxonaga soliq inspektsiyasi tomonidan qo`llaniladigan moliyaviy 
jazo choralari bilan bog`liq bo`lgan zararlardan qutilib olishga yordam beradi. 
Shuning uchun u budjet to`lovlariga doir hisob-kitoblarning to`g`riligi va ularning 
O`zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka muvofiq o`z vaqtida o`tkazib 
berilishini sinchiklab tekshirishi lozim. 
Budjetga to`lanadigan to`lovlarning ro`yxati O`zbekiston Respublikasining soliq 
Kodeksi bilan, ayrim to`lovlar bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish 
tartibi esa Davlat soliq qo`mitasi va Moliya vazirligining tegishli yo`riqnomalari bilan 
tartibga solinadi. 
1
Do’smuratov R. Audit asoslari. Darslik.-T.: 2003.


357 
Soliqlar bo`yicha qarzlar yuridik shaxslarning budjet oldidagi majburiyati bo`lib 
hisoblanadi va odatda, ma'lum sanada to`lanadi. Soliq qonunchiligining tez-tez 
o`zgarishi va me'yoriy hujjatlar ayrim qoidalaridagi ziddiyatlar soliqlarga doir hisob-
kitoblarda tasodifiy xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Soliqlar bo`yicha qarzlar 
sinchiklab tekshiruvdan o`tkazilganida quyidagi xatolar aniqlanishi mumkin: 
- soliqlarni hisob-kitob qilishda buxgalteriya hisobi tamoyillari, qonun hujjatlari 
va yo`riqnomalarning noto`g`ri qo`llanilishi; 
- soliq stavkalarining noto`g`ri qo`llanilishi; 
- soliqqa tortiladigan bazaning noto`g`ri aniqlanishi; 
- penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi; 
Kreditorlik qarzlari va butun buxgalteriya hisobotini baholashga quyidagilar 
ta'sir ko`rsatadi: 
- soliqqa tortish bo`yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni taqdim etish; 
- soliq organlariga taqdim qinadigan ma'lumotlarning buzib ko`rsatilishi yoki 
yashirilishi; 
- budjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod etilganlar 
sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigan daromadlarni noto`g`ri turkumlash yoki 
hisob-kitob qilish; 
- soliqqa tortish bo`yicha imtiyoz olish uchun bosh va shuba korxonalar 
o`rtasidagi hisob-kitoblar bo`yicha hisobda qalbaki muomalalarni aks ettirish. 
Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatida soliq stavkalarini qo`llash, soliq 
solinadigan bazani aniqlash, soliqlarni to`lash muddatlari, hisobotlarni tayyorlash va 
hokazo talablar aks ettiriladi. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish