7.3. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar xojalik yurituvchi
subyektlar faoliyatida eng ko`p uchraydigan hisob-kitoblardir. Hisob-kitoblar
mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatish shartnomlari bo`yicha
bajarilgan majburiyatlar uchun keyin haq to`lash yoki oldindan to`lash tarzida
amalga oshiriladi. Xojalik subyektlari o`rtasidagi o`zaro hisob-kitoblar shakllari O`zR.
Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Unga ko`ra, mulk shaklidan qat'iy nazar
barcha xojalik yurituvchi subyektlar o`z majburiyatlari bo`yicha boshqa xojalik
subyektlari bilan hisob-kitoblarni, shuningdek, tovar-moddiy boyliklar uchun
jismoniy va yuridik shaxslar o`rtasidagi hisob-kitoblar, odatda, bank muassasalari
orqali naqd pulsiz tartibda amalga oshirilishi lozim.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan bo`ladigan hisob-kitoblarni
hisobga olishda 6010 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan
schyotlar» schyotidan foydalaniladi.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirish
quyidagi asosiy ikki yunalish bo`yicha amalga oshirilishi mumkin:
- olingan tovar-moddiy boylik (ish, xizmat) lar uchun to`lovlar yoki ortib
jo`natilgan tovar (bajarilgan ish va xizmat) lar uchun tushgan summalarning
to`g`riligini aniqlash;
346
- tovar-moddiy boyliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to`liqligini
tekshirish.
«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditining asosiy
vazifasi hisob-kitob holati to`g`risidagi ma'lumotlar haqiqiy va qonuniyligi, hisob-
kitob va moliyaviy intizomga rioya qilinishi va u korxona to`lov qobiliyatiga ta'sirini
tekshirish, qarzlar haqiqiyligini aniqlashdan iborat.
Yuqorida qayd etilgan hisob-kitoblarni tekshirish uchun ma'lumot manbasi
bo`lib, mahsulot (ish, xizmat) larni yetkazib berishga oid shartnomalar, hisob-kitoblar
bo`yicha o`zaro solishtiruv dalolatnomalari, hisob-kitoblarni inventarlash
dalolatnomalari, to`lov hujjatlarining nusxalari, 4310 - «Tovar-moddiy boyliklar
uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo`naklar», 5010-
«Kassadagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar», 5110 - «Hisob-kitob
schyoti», 5200 - «Chet el valutasidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar»,
6010 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan schyotlar» va boshqa
schyotlar bo`yicha hisob registrlari (ro`yxatlar, jurnal-orderlar, mashinogrammalar),
Bosh kitob, moliyaviy hisobot va boshqalar hisoblanadi»
1
.
Mol yetkazib beruvchilar va haridorlar o`rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko`pa
naqd pulsiz amalga oshiriladi va ular ikki guruhga bo`linadi:
1) tovar muomalalari bo`yicha;
2) moliyaviy majburiyatlar bo`yicha.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi asosiy shakllari mavjud: to`lov
topshiriqnoma, to`lov talabnoma, akkreditiv; inkassa topshirig`i, cheklar va o`zaro
talablarni uzishga asoslangan hisob shakli.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitob muomalalarni
auditdan o`tkazish ham yuqorida bayon qilingan, barcha hisob-kitob muomalalari
uchun xos bo`lgan umumiy qoidalariga asosan o`tkaziladi.
Hisob-kitob ma'lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob registrlari
ma'lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi.
1
Tulaxodjaeva M.M. va boshqalar. Audit. O’quv qo’llanma.-T.: 2004., 106 b.
347
Agar hisob-kitob ma'lumotlarini solishtirish amallarini bajarish mobaynida
nomuvofiqliklar aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vujudga kelish
sabablarini aniqlaydi.
Hisob va hisobot ma'lumotlarining o`zaro tengligi aniqlaganidan so`ng, auditor
mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldig`ining
haqqoniyligini baholashi kerak. Shu maqsadda u quyidagilarni tekshiradi:
- analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar va shartnomalarning raqamlari
hamda tuzilgan sanalari to`g`risidagi ma'lumotlar mavjudligi;
- analitik hisob registrlarida ko`rsatilgan shartnomalar va dastlabki
hujjatlarning haqiqatda mavjudligi (tanlab tekshiriladi);
- dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma'lumotlarning mosligi (tanlab
tekshiriladi).
Majburiyat summalarining hujjat bilan tasdiqlanmaganlari shubhali
qarzdorliklar qatoriga qo`shiladi. Bunday qarzlarning haqqoniyligi hisob-kitoblarni
inventarizatsiya qilish (solishtirish dalolatnomasi tuzish) yo`li bilan tasdiqlanadi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir
qarzdorliklar haqqoniyligini baholashda ularning vujudga kelish muddatlari, hisob-
kitoblar bo`yicha majburiyatlar bajarilishining belgilangan chegara muddati o`tib
ketgan, talab qilib undirib olinmagan debitor qarzlar bor yoki yo`qligi tekshiriladi.
Hisob-kitoblar bo`yicha inventarizatsiya materiallarini tekshirish mol yetkazib
beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldiqlarining haqqoniyligini
baholashda muhim ahamiyatga egadir.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalar
quyidagi yo`nalishlar bo`yicha tekshiriladi:
- shartnomalar mavjudligi va rasmiylashtirilish holati;
- sotib olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat) lar to`liqligi va to`g`ri kirim
qilinganligi;
- moddiy qiymatlik (ish, xizmat) lar uchun o`z vaqtida va to`liq haq
to`langanligi.
348
Auditor dastavval mahsulot yetkazib berish, ish bajarish va xizmat ko`rsatish
uchun boshqa xojalik shartnomalarining mavjudligi hamda shartnomalarning to`g`ri
rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Shartnomalar amaldagi qonunchilik talablariga
mos kelishi lozim.
Auditor dastlabki hujjatlardagi ma'lumotlarni shartnomalar, schyot-fakturalar
va loyiha-smeta hujjatlarining ma'lumotlari bilan solishtirish natijasida olingan
moddiy qiymatlik (ish, xizmat) larni kirim qilishning to`liqligi, to`g`riligi va o`z
vaqtidaligi to`g`risida dalillarga ega bo`ladi.
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda barcha hisoblashuv-to`lov hujjatlarida QQS
summasining alohida satr bilan ajratib ko`rsatilganligiga va QQS summasining hisob-
kitob yo`li bilan ajratib ko`rsatilishiga yo`l qo`yilmasligiga (me'yoriy hujjatlarda
belgilangan holatlardan tashqari) e'tibor qaratiladi. Auditor ushbu talablarga rioya
qilinishini tekshirish natijasida olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat) lar bo`yicha
QQS ni hisobga olishning asoslanganligini tasdiqlovchi dalilga ega bo`ladi. Uning
qoplanishi to`langan, kirim qilingan va ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilgan
qiymatliklar bo`yicha amalga oshiriladi.
Hisob-kitob hujjatlari xali yetib kelmagan moddiy qiymatlik (ish, xizmat) larni
tekshirishda ushbu olingan qiymatlik (ish, xizmat) larning puli to`langan, lekin yo`lda
kelayotgan (debitor qarz) sifatida hisobda turmaganligi aniqlanadi.
Xorijdan olingan import mahsulot (ish, xizmat) lar uchun hisob-kitoblar
bo`yicha tekshiruv o`tkazilganda, mulkchilik huquqi o`tgan paytni, moddiy qiymatlik
(ish, xizmat) larni kirim qilish sanasiga amalda bo`lgan O`zbekiston Respublikasi
Markaziy Bankining valuta kursini va to`lov hujjatlarining to`lanishini, kurs farqlarini,
qo`shilgan qiymat solig`i summasini va franko (tovarni haridorga yetkazib berishda
transport xarajatlarini qoplash va hisob-kitob qilish) shartlarini aniqlashning
to`g`riligi tekshiriladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar schyotlarining to`lanishini
tekshirishda auditor quyidagilarni aniqlaydi:
- qarzlarni qoplash bo`yicha muomalalarning tegishli to`lov hujjatlari (bank
ko`chirmalari va to`lov topshirig`i, o`zaro talablarni hisobga olish dalolatnomalari,
cheklar va shunga o`xshash) bilan tasdiqlanganligi;
- to`lov hujjatlarining haqiqiyligi va to`g`ri rasmiylashtirilganligi (barcha
majburiy rekvizitlarining mavjudligi, QQS summasining alohida satr bilan ajratib
349
ko`rsatilganligi, bank shtampi, chet tilidagi hujjatlarning tasdiqlangan tarjimasi va
shunga o`xshash);
- to`lov hujjatlari ma'lumotlarining 3110 - «Oldindan to`langan ijara haqi»,
3120 - «Oldindan to`langan xizmat haqi», 3190 - «Boshqa oldindan to`langan
xarajatlar», 4310 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo`naklar»,
6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan schyotlar» (joriy
qismi), 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan schyotlar»
(uzoq muddatli qismi) schyotlari bo`yicha hisob registrlarining ma'lumotlariga
mosligi, ushbu schyotlar bo`yicha hisob registrlari ma'lumotlarining 5110, 5210,
5220, 4310, 4010, 4020, 6310, 4220, 4230, 6870, 4810-4890, 6810, 6820, 6830 va
6890 schyotlar bo`yicha hisob registrlariga mosligi.
Qarzdorliklarning o`zaro hisoblashish tartibida qoplanishini tekshirish
natijasida, auditor o`zaro hisob-kitoblar uchun asos (shartnoma, tomonlardan
birortasining o`zaro hisob-kitoblar tartibidagi to`lovni amalga oshirish to`g`risidagi
iltimosnomasi) mavjudligini, qarz summasi va qoplash sanasini, hamda hisob
registrlarida aks ettirishning to`g`riligiii aniqlaydi.
O`zaro talablarni hisobga olish, hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi va
har ikkala tomon ishtirokida tuzilgan o`zaro talablarni hisobga olish to`g`risidagi
tomonlardan birortasining xati (arizasi). Dalolatnomalarda majburiy rekvizitlardan
tashqari, qarzdorlikni vujudga keltirgan shartnomalar va dastlabki hujjatlar
ma'lumotlari, QQS summasi alohida ajratilgan holda ko`rsatilishi lozim. Da'vo
muddati o`tib ketgan qarzdorliklar bo`yicha o`zaro talablarni hisobga olishga yo`l
qo`yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |