Amaliy audit



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7-MAVZU. HISOB-KITOB, KREDIT MUOMALALARI VA BOSHQA QARZLAR 
AUDITI 
 
 


338 
REJA: 
7.1. Hisob-kitob, kredit va boshqa qarzlar bo’yicha muomalalar auditining 
uslubi 
7.2. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitob muomalalari auditi 
7.3. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi 
7.4. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi 
7.5. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi 
7.6. Budjet bilan hisob-kitoblar auditi 
7.7. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo`yicha hisob-
kitoblar auditi 
 
7.1. Hisob-kitob, kredit va boshqa qarzlar bo’yicha muomalalar auditining 
uslubi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar o`zaro hisob-
kitoblarni amalga oshiradilar, ya'ni erkin iqtisodiy munosabatga kirishadilar. Bunda 
mol yetkazib berish, ish, xizmatlar bajarish va boshqa xojalik muomalalari vujudga 
keladi. Natijada subyektlar o`rtasida hisob-kitob muomalalarini amalga oshirish 
jarayoni vujudga keladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilar bilan sotib olingan xom-
ashyo, material, asbob-uskuna va boshqa tovar-moddiy boyliklar, haridor va 
buyurtmachilar bilan ortib jo`natilgan mahsulot, transport tashkilotlari bilan yuklarni 
tashish, soliq organlari bilan budjetga to`lovlar yuzasidan va h.k. Bulardan tashqari 
jismoniy shaxslar, xodimlar bilan turli xil hisoblashishlarni amalga oshirish mumkin. 
Masalan, hisobdor shaxslar bilan safar xarajatlari yuzasidan, kreditga olingan tovar-
moddiy boyliklarga to`lovlar yuzasidan va h.k. 
Xojalik yurituvchi subyektlar o`rtasidagi hisob-kitoblar asosan naqd pulsiz 
amalga oshiriladi. Naqd pullar korxonaning xizmat safarlariga, xojalikning mayda 
xarajatlariga hisobdorlik asosida beriladi.


339 
«Korxonaning ba'zi xarajatlari hisobdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 
Korxonaning ayrim xodimlariga xizmat safari xarajatlari, ayrim mayda xojalik 
xarajatlari uchun kassadan mablag` beriladi. Hisob-kitob muomalalari xodimlar va 
yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo`yicha, hisobdor shaxslar bilan va boshqa 
muomalalar bo`yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o`z ichiga oladi. Bu hisob-
kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki hisob-kitoblar 
ataylab yoki bilmasdan ko`p xato-kamchiliklarga yo`l qo`yiladigan soha bo`lib, 
auditordan tekshiruvda maxsus e'tibor qaratishni talab etadi»
1

Hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazishdan asosiy maqsad 
buxgalteriya hisobidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir debitorlar va 
majburiyatlar aks ettiriladigan bo`limning ishonchliligi, qo`llanilayotgan hisob va 
soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi to`g`risida 
fikr shakllantirib, quyidagilarni aniqlashdan iborat: 
- to`liqligi - barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi, 
hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yuqligi; 
- mavjudlik - balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor 
summalar va boshqalar) bo`yicha majburiyatlar mavjudligi; 
- majburiyatlar - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari 
qonuniyligi va to`g`riligi; 
- baholashlar - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me'yoriy 
hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi; 
- aniqligi - mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat safari 
bo`yicha sutkalik xarajatlar summasi va boshqalarning to`g`ri hisoblanganligi, 
buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi 
ma'lumotlarga mosligi; 
- hisob davrining cheklanganligi - ichki hisob-kitoblarga doir barcha 
majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo`lsa, aynan mana shu hisob davrida aks 
ettirilganligi; 
1
Umarova M. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. Darslik.-T.: 2004., 95-b. 



340 
Taqdim etish va bayon qilish - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning 
barchasi hisob va hisobotga oid me'yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan, 
turkumlangan va taqdim qilinganligi. 
Ushbu maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi vazifalar hal 
etilishi lozim: 
- auditor tekshiruv mobaynida hisobot ko`rsatkichlarida jiddiy xatolar 
yo`qligiga yetarli darajada ishonch hosil qilish; 
- dalillarni to`plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot 
bazasidan foydalanish; 
- auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun 
zarur bo`lgan me'yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va 
boshlang`ich hujjatlarni jamlash; 
- ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish; 
- soliqqa tortish bo`yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi me'yoriy 
hujjatlar paketini mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda 
shakllantirish. 
Auditor ichki hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo`yicha 
sintetik va analitik hisob registrlari korxonada qo`llaniladigan hisob shakliga (jurnal-
order, memorial-order, jadval va h.k.) bog`liqligini bilishi kerak. Masalan, 
buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida yuritiladigan korxonalarda 7-ASK 8-ASK va 
10-ACK jurnal-orderlar, jadval-avtomatlashtirilgan (yoki kompyuterlashtirilgan) 
shaklida – 4210 - «Mehnat haqi bo`yicha berilgan bo`nak», 6510 - «Sug`urta bo`yicha 
to`lovlar», 6710 - «Mehnat haqi bo`yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720 - 
«Deponentlangan mehnat haqi», 4220 - «Xizmat safari uchun berilgan bo`naklar», 
4230 - «Umumxojalik xarajatlari uchun berilgan bo`naklar», 4290- «Xodimlarga 
berilgan boshqa bo`naklar», 6870-«Hisobdor shaxslardan qarzlar», 4710 - «Kreditga 
sotilgan tovarlar bo`yicha xodimlarning qarzlari», 4720-«Berilgan qarzlar bo`yicha 
xodimlarning qarzlari», 4730 - «Moddiy zararni qoplash bo`yicha xodimlarning 
qarzlari» va 4790 - «Xodimlarning boshqa qarzlari» schyotlari bo`yicha debet va 
kredit oborotining mashinogrammalari tekshiriladi. 


341 
Hisob-kitob va kredit operatsiyalar auditining asosiy manbasi bo`lib quyidagi 
me'yoriy va dastlabki hujjatlar hamda buxgalteriya hisobi registrlari hisoblanadi (7.1-
jadval). 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish