527
- qayta ishlashda foydalanish uchun kirish fayllari moslashtirilganda;
- ma’lumotlarni bir dasturdan ikkinchi dasturga o’tkazishda;
- alohida keluvchilar bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun fayllar
so’ralganda;
- chiqish fayllarini yaratish yoki asosiy fayllarga tuzatish kiritish;
- kompyuter tomonidan muomalalar qayd etilishida;
- chiqish fayllari va hisobotlarning yuzaga kelishida;
- nazorat muolajalarini amalga oshirganda aniqlangan xatolarni tuzatgandan;
- xodimlar tomonidan chiqish ma’lumotlari va qurilmalaridan foydalanganda.
Kompyuter tizimidagi nazorat muolajalari avtomatlashtirilmagan tizimdagi
aynan shunday muolajalardan bir qator xususiyatlari bilan farq qilishi mumkin. Har
ikkala tizimda nazorat maqsadlarining mos tushishiga qaramay, bu maqsadga erishish
usuli farq qiladi, va o’z navbatida, auditga kirishishga katta ta’sir o’tkazadi.
Nazorat
nosamaradorlik
tavakkalchiligini
baholash
avtomatlashmagan
tizimdagi singari amalga oshiriladi. Nazorat muhiti, buxgalteriya
hisobi tizimi va
nazorat muolajalari to’g’risida to’plangan ma’lumot quyidagi xulosalarni asoslash
uchun etarli bo’lishi kerak:
Nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligi past baholanishi mumkin,
tizimning auditor tomonidan testdan o’tkazilishi samarali bo’ladi. Xatolarni topish
yoki ularning oldini olishga qaratilgan nazorat muolajalarining o’xshashligi
«xarajatlar - samaradorlik» usuli bilan tekshirilishi mumkin. Bunday holatda
auditorlar nazorat tizimini testdan o’tkazishni davom ettirishlari mumkin.
Nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligi past baholanishi mumkin,
lekin
audit nazorat tizimini testdan o’tkazgan holatda xarajatlar bo’yicha samarasiz bo’lishi
mumkin.
Nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligi yuqori baholanishi mumkin.
Nazorat va muolajalar sohasidagi siyosat xatolarni topish yoki ularning oldini olish
uchun etarli emasdek ko’rinadi. Bu holda tekshirishning odatdagi muolajalari
qo’llaniladi.
Nazoratning qaysi bir bosqichida bo’lishiga qaramay, nazorat tizimining
noo’xshashligi aniqlansa, tekshirishning odatiy muolajalarini qo’llash kerak bo’ladi.
Oddiy kompyuter tizimining tavsifnomalari.
Oddiy kompyuter tizimlariga ma’lumotlar to’laligicha markaziy kompyuterda
qayta ishlanadigan tizimlar kiradi.
Ma’lumotlarni umumiy qayta ishlash, qayta
ishlanayotgan yozuvlarning
muomalalar turi bo’yicha paketlarga (bo’laklar) guruhlashni ko’zda tutadi. Operator
kompyuterning kutubxonasidan kerakli bo’lgan dasturlar va asosiy fayllarni
chaqiradi. Tizimni ekspluatatsiya qilish bo’yicha qo’llanmadagi ko’rsatmalarga
binoan bir turdagi muomalalar, ayni bir xil dasturlar va asosiy fayllarni qo’llash bilan
amalga oshiriladi.
Nazorat umumiy muolajalarning tavsifnomasi.
Kompyuter tizimidagi nazorat muolajalarini ikki - umumiy va ustama
bosqichlarga bo’lish mumkin. Nazoratning umumiy muolajalari kompyuter
tizimining barcha yoki ko’pchilik funktsiyalari uchun qo’l keladi. Bularga, masalan,
528
dasturlar va ma’lumotlar bazasi fayllariga kirishni nazorat qilish kiradi. Nazoratning
ustama muolajalari kompyuter hisobining aniq funktsiyalari bilan bog’liq, masalan,
kirish ma’lumotlarni dasturiy tekshirish bilan bog’liq.
Nazoratning umumiy muolajalari asosan auditorlik tekshirishning boshlang’ich
bosqichida ko’rinadi.
Tashkiliy va jismoniy omillar.
Moddiy boyliklarning saqlanishi, yozuvlarning yuritilishi,
davriy solishtirish
kabi funktsional majburiyatlarning taqsimlanishi kompyuter tizimi uchun,
avtomatlashmagan tizimdagi singari, ahamiyatga ega. Shu bilan birga faqat
kompyuter tizimigagina xos bo’lgan bir qator muomalalarning, xususan, tizimda
tahlil,
dasturlashtirish, kutubxonaning yuritilishi, mashinaviy muomalalarning
mavjudligi ularning keyingi taqsimoti maqsadga muvofiqligini shart qilib qo’yadi.
Tizimning rivojlanishi va hujjatlashtirish.
Hujjatlashtirish - bu ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi asosiy
bo’g’inlarning yozma izohlanishidir. Hujjatlashtirishni tahlil qilish auditorlarga tizim
mohiyati haqida tasavvurga ega bo’lish va hujjatlashtirishning o’zining mosligini
baholash imkonini beradi. Ko’proq qiziqishni quyidagi bo’g’inlar tug’diradi:
vazifalarning izohlanishi,
dasturning izohlanishi, operatorlar uchun ko’rsatmalar,
foydalanuvchi bo’limlar uchun qo’llanma, o’zgarishlar hisobga olinadigan jurnal,
nazorat natijalarining bosib chiqarilishi.
Dasturlar va ma’lumotlar fayllarining himoyalanishi hamda nazorati.
Kompyuter tizimini himoya va nazorat qilish nazorat umumiy muolajalarining
asosiy qismidir. Buni esa kompyuterda saqlanadigan ma’lumotlar, foydalanuvchilar
uchun oson kirishligi, viruslar foydalanuvchilar tomonidan buzilishi yoki umuman
o’chirib tashlanishi ruxsatsiz o’zgartirilishi shart qilib qo’yadi. Dasturlar va
ma’lumotlar
fayllarini himoyalash, kirish fayllariga parol o’rnatish, dasturlar va
ma’lumotlar fayllarining rezerv nusxasini olish yoki bosh kompyuterda (server)
«oyna» diskini o’rnatish, tizimga joriy ma’lumotlarni faqat ma’lumotlar kiritishning
to’g’riligi tekshirilgandan so’ng kiritish yordamida amalga oshishi mumkin.
Nazoratning ustama muolajalari.
1. Ustama nazorat uch yo’nalish bo’yicha olib boriladi:
2. Kirish ma’lumotlarining nazorati;
3. Qayta ishlash jarayonining nazorati;
Chiqish ma’lumotlarining nazorati.
Kirish ma’lumotlarining nazorat muolajalari.
Kompyuter tizimining eng kuchsiz joyi bu ma’lumotlarni kiritish jarayoni
bo’lib, bunda xo’jalik muomalalari to’g’risidagi ma’lumotlar boshlang’ich
hujjatlardan dasturiy muhitga o’tkaziladi. Agar ma’lumot noto’g’ri kiritilgan bo’lsa,
ular qayta ishlash paytida ko’rilmasligi mumkin, lekin keyinroq topilgan xatoni
tuzatish oson kechmaydi. Qayta ishlash jarayonining nazorati asosiy dasturga
qurilgan ishdan chiqishning oldini olish yoki topish dasturchalari bilan bog’liq.
Nazoratning eng asosiy sohalari.
Ma’lumotlarning qabul qilinishi va tasdiqlanishi.
Hisoblash markazi etarli
darajada to’ldirilgan va tasdiqlangan ma’lumotlarnigina qayta ishlash uchun qabul
529
qilishi kerak. Ruxsat olish bu, qoida bo’yicha, kantselyariya (kompyuterning emas)
muolajasidir: xo’jalik muomalalari bo’yicha imzolar qo’ydirish yoki pechat bilan
tasdiqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: