Amaliy audit



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
16-MAVZU. NAZORAT MASLAHATCHI AUDITORLIK TIZIMLARI VA 
AUDIT ISH SIFATI NAZORATI 
 


509 
REJA: 
16.1. Nazorat maslahatchi auditorlik tizimlar 
16.2. Nazorat maslahatchi auditorlik tizimlarininig o’xshash startegiyalari 
16.3. NMATni tashkil qilish tartibi 
 
16.1. Nazorat maslahatchi auditorlik tizimlar 
Nazorat maslahatchi auditorlik tizimlari (NMAT) auditorlik ob’ektlarining 
quyidagi guruhlariga mo’ljallab tashkil qilinishi mumkin: 
- buxgalteriya hisobi qo’lda yuritiladigan ob’ektlar; 
- buxgalteriya hisobi kompyuterlar qo’llab yuritiladigan ob’ektlar. 
Bu erda, kompyuter fayllarining mazmunini tashkil qiluvchi birlamchi 
buxgalteriya hujjatlarining asosiy qismi qayta ishlanadi. Bu holatda NMAT 
mijozning fayllaridan foydalanishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, auditni bajarish 
uchun qilinayotgan xarajatlarning qisqarishiga, uning aniqligi va operativligini 
oshirishga imkon beradi. 
Agar, mijozning buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan bo’lsa, u holda auditor 
o’z vazifalarini bajarishda 11-son O’zbekiston Respublikasi Audit Milliy andozasi 
«Ma’lumotlarning kompyuter ishlanmasi sharoitida audit» dan foydalanishi lozim. 
Xuddi shu andoza NMAT ishlab chiquvchi faoliyatga ham asos qilib olinishi 
kerak, chunki bu andoza unga avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimining 
xususiyatlarini to’g’ri hisobga olish imkonini beradi. Bundan tashqari, andoza 
mijozning hisobga doir ma’lumotlarini kompyuterda qayta ishlashni tashkil qilish 
shaklini aniqlash bo’yicha ishlarni tartibga solishga yordam beradi. Shu bilan birga 
bunda ma’lumotlarni qayta ishlashning markazlashgan darajasini aniqlash zarur: 
ma’lumotlar mahalliy kompyuterlarda yoki tizimga ulangan kompyuterlarda qayta 
ishlanadi. 
Bu savollarga javoblar mijozlarning ma’lum bir guruhlarini to’la tenglashtirib, 
NMATni tashkil qilishning strategiyasini belgilab beradi. Biroq, auditorlik tizimni 
tashkil qilishning imkonli strategiyalarini izohlashdan avval, bundan qanday vazifalar 
oldiga qo’yilishni aniqlash zarur. 
Auditorlik tizimi funktsional va ta’minlovchi qismlardan tashkil topgan 
bo’lishi kerak. 
Funktsional qism - bu iqtisodiy-matematik va iqtisodiy-tashkiliy modellar 
hamda uslublar, auditni amalga oshirish uslubiyoti va usullarining majmuasidir. 
Ta’minlovchi qism esa birinchi qismda ko’rsatilgan audit jarayonini avtomatlashtirish 
uchun qaratilgan bo’lib, axborot, dasturiy, texnikaviy va boshqa ta’minotdan tashkil 
topadi. Bu qismlarni biz quyida to’laroq ko’rib chiqishga harakat qilamiz. 
Audit - spetsifik soha bo’lib, bir tomondan, u moliyaviy va boshqa hujjatlarni 
tekshirish bo’lsa, ikkinchi tomondan, korxona hisobi va moliyaviy-xo’jalik faoliyatini 
yaxshilash bo’yicha mutaxassislar taklifini berishdir. Boshqacha qilib aytganda, 
bunday tizimlar nazorat va maslahat berish funktsiyalarini birlashtirishi kerak. Bu, 


510 
o’z navbatida, ularni ishlab chiqishga qo’shimcha qiyinchiliklar kiritadi. Bunday 
tizimlar nazorat maslahatchi auditorlik tizimlari (NMAT) deb ataladi. 
NMAT qanday vazifalarni amalga oshirishini, ya’ni uning funktsional qismi 
nimalardan iboratligini aniqlash uchun, tizimdan foydalanuvchilarni guruhlarga 
ajratish va bu guruhlarning har biri qanday maqsadlarni ko’zlashini aniqlash lozim.
Rasmda ko’rinib turibdiki, audit natijalaridan manfaatdor bo’lgan sub’ektlar 
quyidagilar: 
- kasaba qo’mitalari, ishchilar; 
- aktsiyadorlar, mulk egalari; 
- banklar, kreditorlar; 
- soliq va sug’urta qo’mitalari; 
- huquq va boshqa davlat organlari. 
Ajratilgan guruhlarning har biri audit natijalaridan o’z maqsadlarini 
ko’zlaydilar. Masalan, kasaba uyushmalari ish joylarining saqlanib qolishi, ish 
haqining oshirilishidan manfaatdor bo’lsa, aktsiyadorlar va mulk egalari - korxona 
rentabellik darajasining o’sishi va aktsiyalar qiymatining ortishidan, banklar va 
kreditlar - korxonaning to’lov qobiliyati va likvidligini aniqlashdan, davlat - 
tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining soliq va to’lovlarni o’z vaqtida to’lashidan 
manfaatdordir. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish