4. Mavzu bo’yicha masalalar. 4.1 masala. “Investment” MChJning moliyaviy hisoboti auditida quyidagilar aniqlandi:
Tekshirilayotgan davr uchun “Shubhali qarzlar bo’yicha rezervlar” schyoti bo’yicha oborot – qoldiq
qaydnomasi ma’lumotlariga muvofiq quyidagi ma’lumotlar ma’lum bo’ldi: debet oboroti yo’q,
kredit oboroti – 1500000 so’m, oxirgi hisobot sanasiga qoldiq – 1500000 so’m. Hisob siyosatida
tekshirilayotgan davrda buxgalteriya va soliq hisoblari uchun shubhali qarzlar bo’yicha rezervlar
shakllantirish ko’zda tutilmagan. Tekshirishga o’rnatilgan talablar buzilgan holda tuzilgan INV 17-
sonli shakldagi hisob-kitoblar inventarizatsiyasi dalolatnomasi ko’rsatildi.
Jumladan, “Debitorlik qarzlari schyotlari” deb nomlanuvchi I-bandida debitorlar nomi
ko’rsatilmagan holda shubhali qarzlar summasi aks ettirilgan.
Buxgalteriya hisobida, shuningdek, foydadan soliq bo’yicha baza shakllantirishga 1 500 000
so’mlik xarajatlar hisobga olingan.
Talab qilinadi: 1.
Ko’rsatilgan ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga
mosligini tekshiring.
2.
Auditor qanday usullar yoki auditorlik amallari bilan dalilllar yig’adi?
3.
Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarining asosiy
qoidalarini tushuntiring.
4.
Tekshiruv yakunlarini “Audit natijalari bo’yicha yozma xati” shaklida rasmiylashtiring.
4.2masala. “Audit va konsalting” auditorlik tashkiloti “Qo’yma cho’yan zavodi” MChJning
moliyaviy hisobotlari auditini o’tkazdi. Tekshiruv davomida quyidagilar aniqlandi: audit
qilinayotgan MChJ cho’yandan keng ko’lamda mahsulotlar ishlab chiqaradi. Jamiyatning ustav
kapitali to’liq 15000000 so’m summada shakllantirilgan. 2014 yildagi jamiyatning sof foydasi
22000000 so’m miqdorda bo’ldi. Joriy yil boshiga (2014y) taqsimlanmagan foyda 94000000
so’mni tashkil etdi. “Qo’yma cho’yan zavodi” MChJ Nizomida sof foydadan maxsus maqsadlar
uchun fond yaratish ko’zda tutilmagan. Ishtirokchilarning umumiy yig’ilishi qarori bilan ishchilarni
moddiy rag’batlantirish, xayriya va boshqa shunga o’xshash ehtiyojlar uchun tasdiqlangan smetaga
muvofiq avvalgi davr yakunlari bo’yicha shakllantirilgan sof foydaning 20 % dan ortiq bo’lmagan
qismini yo’naltirish qabul qilingan. Hisobot davri davomida direktorlar kengashining qaroriga ko’ra
tasdiqlangan smetaga qo’shimcha ravishda korxona ishchisiga 300000 so’m moddiy yordam
berilgan, “Hamdo’stlik” xayriya tashkiloti tomonidan notijorat hamkorlik sifatida 1000000 so’m
miqdorda kirish badali to’langan; xayriya uchun 900000 so’m mablag’ yo’naltirilgan. “Qo’yma
cho’yan zavodi” MChJ buxgalteriya hisobida yuqorida qayd etilgan 2200000 so’mlik joriy davr
xarajatlari. “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyoti debeti bo’yicha aks ettirilgan.
Natijada qilingan xarajatlar joriy davrning moliyaviy natijalariga ta’sir etmagan.