1-masala. Korxonaning asosiy vositalarining boshlang‘ich qiymati 2014 yil 31 yanvar holatiga 2600,0 ming so‘mni tashkil etadi. Korxonaning hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya qiymati



Download 42 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi42 Kb.
#598938
Bog'liq
11-Masalalar to`plami


1-MASALA. Korxonaning asosiy vositalarining boshlang‘ich qiymati 2014 yil 31 yanvar holatiga 2600,0 ming. so‘mni tashkil etadi. Korxonaning hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya qiymati 800,0 ming. so‘mni tashkil etadi. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra korxonaning yanvar oyi uchun mol mulk solig‘ini hisoblang.
2-MASALA. Korxonaning hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda 2014 yilda oyma-oy hisoblab chiqilgan amortizatsiya natijasida o‘rtacha yillik qiymati 2400,0 ming so‘mni tashkil etdi. Ushbu ma’lumotlarga asosan korxonaga 2014 yil uchun mol-mulk solig‘ini hisoblang.
3-MASALA. Korxonaning hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda 2014 yilda oyma-oy hisoblab chiqilgan amortizatsiya natijasida o‘rtacha yillik qiymati 2800,0 ming so‘mni tashkil etdi. Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotning umumiy realizatsiya hajmida eksportning ulushi 32 foizni tashkil etadi. Berilgan ma’lumotlarga asosan korxonaga 2014 yil uchun mol-mulk solig‘ini hisoblang.
4-masala. Sanoat korxonasi 2014 yilda jami 60000 kub. metr suv resurslaridan foydalangan bo‘lib, shundan 35 foizi yer osti manbalaridan, qolgan qismi esa yer usti manbalaridan olingan. Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
5-masala. Elektrostansiya tomonidan 2014 yilda 450 000 kb.metr yer usti suv resurslaridan, 50 000 kub.metr yer osti suv resurslaridan foydalangan. Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
6-masala. Kommunal xo‘jaligi tomonidan 2014 yilda 125 700 kb.metr aholi punktlarini yer osti suv manbalaridan foydalanib suv bilan ta’minlangan. Shuningdek o‘z iste’moli uchun 28 500 metr kub yer usti suv resurslaridan foydalangan. Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
7-masala. Yuridik shaxsni tashkil etgan holda tuzilgan dexqon xo‘jaligi tomonidan 2014 yilda 65 700 kb.metr yer usti suv resurslaridan foydalangan. Dexqon xo‘jaligi to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
8-masala. Neft qazib oluvchi korxona 2014 yilda 1600 tonna neft qazib olgan. Korxona qayta ishlash uchun 3500,0 ming so‘mga (QQS va aksiz solig‘isiz) realizatsiya qilgan. Korxonaning hisobot davrida to‘lashi lozim bo‘lgan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasini aniqlang?
9-masala. Ko‘mir qazib oluvchi korxona 2014 yilda 1 900,0 ming tonna ko‘mir qazib olgan va uning 800,0 ming tonnasini 84 000,0 ming so‘mga realizatsiya qilgan. Korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang?
10-masala. Kumush qazib oluvchi korxona 2014 yilda 1 200,0 tonna ko‘mir qazib olgan va 96 000,0 ming so‘mga realizatsiya qilgan. Korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang?
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish