4.2 masala. “Ramz” MChJ xodimlarining mehnatiga mehnatga haq to’lash haqidagi Nizom asosida
vaqtbay mukofotli va ishbay tizimi bo’yicha haq to’lanadi. Mukofotlash haqidagi Nizomga ko’ra
maoshga 35 % miqdorda mukofot belgilangan. Firma rahbari Meliev T. tomonidan 2014 yilga shtat
jadvali tasdiqlangan. 2014 yil sentyabrda “Ramz” MChJda ish vaqtini hisobga olish tabeliga
muvofiq shtat jadvali bo’yicha 15 xodim ishladi (shundan 7 tasi ishchilar), oltitasi o’rindoshlik
bo’yicha (Qosimova N.S., Muqimov G.S., Jumaev S.P. ), bittasi pudrat shartnomasi bo’yicha
(Muhammadiev A.S). Firma buxgalteri tomonidan ishchilarning ro’yxat bo’yicha o’rtacha soni 22
kishi (15+6+1) deb belgilangan.
Yusupov L.F. 2014 yil 1 maydan o’rindoshlik bo’yicha buxgalterlik lavozimiga qabul qilingan
(asos – shaxsiy arizasi, rahbarining ishga qabul qilish haqidagi buyrug’i yo’q).
Rahbarning 2014 yil 21 avgusdagi 20 – sonli buyrug’iga muvofiq ekspeditor Jumaev S.P. 14 avgust
2014 yildan o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shatilgan.
Haydovchi Jo’raev O.I 5 sentyabr 2014 yildan ishchilar shtati qisqarishiga ko’ra bo’shatilgan (4
sentyabr 2012 yildagi 25 sonli buyruq).
Talab qilinadi: 1.
Mehnat qonunchiligiga amal qilinishi to’g’riligini tekshiring.
2.
Xo’jalikning mehnatga haq to’lash bo’yicha ichki reglamenti (ish tartibi) shuningdek, 2014
yilga shtat jadvali borligi tekshirilsin;
3.
Yuqorida bayon qilingan vaziyat buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilganligi tekshirilsin.
4.
2014 yil sentyabr uchun 9 –son hisob-kitob to’lov qaydnomasi yozuvlari taqqoslansin (maosh
belgilash, ishdan bo’shatish, ta’til berish va boshqalar).
4.3 masala. 1. 2014 yil sentyabr uchun 9 –sonli hisoblash – to’lov qaytnomasiga muvofiq 26 190
000 so’m ish haqi hisoblangan.
2. Kotiba – referent Azimova A.S.ga vaqtinchalik mehnatga yaroqsizligi bo’yicha 597 700 so’m
nafaqa hisoblangan. Nafaqa hisoblash uchun asos 26 avgust 2014 yildan 22 sentyabr 2014 yilgacha
kasallik varaqasi hisoblanadi. Yanvardan mehnatga yaroqsizlik oyigacha 8 oy o’tgan. Hisobot
davrida quyidagi mukofotlar yozilgan: yanvardan iyulgacha – 1 400 000 so’m, avgust uchun – 119
000 so’m. 2014 yil sentyabrda 23 ish kuni mavjud.
Ish staji – bir yil 100 %lik nafaqa uchun rahbarining buyrug’i yo’q.
3. Ta’tilda bo’lgan vaqti uchun kassir Daminova I.V.ga 586 000 so’m hisoblanadi. Hisoblash uchun
asos – rahbarning 21 avgust 2014 yildan ta’til berish haqidagi (24 kun) 1 iyul 2014 yildagi 19 sonli
buyrug’i “Ramz” MChJda besh kunlik ish haftasi belgilangan.
4. May, iyun to’liq ishlangan, bu oylarning har biri uchun ish haqi 500 000 so’mni tashkil etdi.
Iyulda 15 ish kuni ishlangan, bu oy uchun ish haqi 3 000 000 so’m, har oylik mukofot – 100 000
so’m.
10 avgust 2014 yildagi 21 –son buyruqqa muvofiq buxgalter Sokolova L.F ga 13 avgust 2014
yildan ta’til berildi. (24 ish kuni). Avvalgi ta’til 2013 yilning 1 dan 24 iyulgacha berilgan. Hisobot
davri oylari to’liq ishlangan va ish haqqi summasi quyidagilarni tashkil etilgan:
Mayda – 100000 so’m (20 ish kuni);
Iyunda – 100000 so’m (20 ish kuni);
Iyulda – 100000 so’m (20 ish kuni);
Avgustda – 300000 so’m
Tashkilot buxgalteri tomonidan 1200000 so’m miqdorda ta’til uchun pul belgilangan.
5. Haydovchi Jo’raev O.ga dam olish nafaqasi va 8 oy uchun foydalanilmagan ta’tilga 407000 so’m
miqdorda kompensatsiya hisoblangan, uning oylik ish haqi 400000 so’m deb belgilangan edi.
Mukofotlash haqidagi Nizom bilan, shuningdek, har oyda oylik ish haqining 20 % miqdorida to’lov
ham ko’zda tutilgan. Hisob – kitob davrida unga hisoblanadi. (14 - jadval):