Amaliy audit


 Ekologik auditning ahamiyati va mohiyati



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

2. Ekologik auditning ahamiyati va mohiyati. 

Korxonalarda  ekologik  menejmentni  joriy  qilish  ular  tomonidan  amalga 

oshirilayotgan  dastur  va  loyihalarning  maqsadlarini  ekologik  talablarga 

moslashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, u quyidagi standartlardan foydalanishni talab 

qiladi: Uzdavstandart, evropa halkaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) ning 14000 

seriyasi (ISO – 4000). 

Bizning  fikrimizcha  ekologik  menejment  korxona  umumiy  menejment 

tizimining  ajralmas  qismi  bo’lib,  u  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  ekologik 

siyosatni  ishlab  chiqarish,  uni  joriy  qilish,  ekologik  tadbirlarni  rejalashtirish  va 

taqsimoti 

Ekologik tadbirlarni 

ro’yhatini aniqlash va 

auditorlik amallarini 

tayinlash 

Ma’lumotlarni 

yig’ish va ularni 

tahlil qilish 

Muammolarni 

aniqlash va ularni 

guruxlash 

Texnik vositalar 

 

Ekologik audit 



tekshiruvini 

o’tkazish 

Boshqaruv vositalari 

Tekshiruv natijalarini 

xujjatlashtirish 

Ekspert xizmatidan 

foydalanish 

Tekshiruv 

natijalariga ko’ra 

taklif va tavsiyalar 

ishlab chiqish 

Tekshiruv ob’ektidagi 

ekologik vaziyatga 

baho berish 

 

Auditorlik hisoboti va 



xulosasini tuzish 

Tavsiyalarni amaliyotga joriy qilish 

Tavsiyalar samaradorligi monitoringini olib borish 



568 

 

ularni amalga oshirish ustidan nazoratni olib borish, olingan natijalarni baholash va 



ularni korxona moliyaviy holatiga ta’sirini o’rganishdan iborat bo’lgan jarayondir. 

Tabiatni  muhofaza  qilish  bilan  bog’lik  strategik  faoliyatni  amalga 

oshirishning  zaruriyati  1960  yillarda  ekologiya  faoliyatini  taxdidi  bilan  bog’liq 

holda paydo bo’ldi. Atrof muhitni muhofaza qilish usullari va vositalarini yaratish 

hamda  takomillashtirish  1970  yillarda  tabiatni  muhofaza  qilishning  maqsadli 

yo’nalishi etib belgilandi. Bu holat «trubaoxiri» (end – of - rire) qullangan ishlab 

chiqarish  jarayonining  oxirida  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  bilan  bog’liq  holda 

amalga  oshiriladi.  Lekin  bu  yo’nalishning  imkoniyatlari  tez  orada  tugatildi.  1978 

yilda  Jenevada  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  muammolari  bo’yicha  o’tkazilgan 

Halkaro  konferentsiyada  navbatdagi  atrof  muhitni  muhofaza  qilishning  strategik 

yo’nalishlari  aniqlanadi.  Bu  yo’nalish  ishlab  chiqarish  jarayonini  resurslardan 

tejamli  foydalanish,  kam  chiqindili  texnologiyalar  bilan  qurollantirishga,  atrof 

muhitni muhofaza qilishning yuqori xarajatli usullarini tadbiq etishga yo’naltirildi. 

Atrof  muqitni  muhofaza  qilishning  samarali  va  kam  xarajatli  usullarini  qidirish 

ekologik menejmentni rivojlantirishga olib keldi. 

1992  yilda  Buyuk  Britaniyada  ekologiya  menejmenti  bo’yicha  birinchi 

Evropa  standarti  joriy  etildi  –  British  Standart  for  Environmental  management 

systems (BS 7750). Bu standart tez orada Evropaning boshqa mamlakatlarida ham 

milliy  standart  sifatida  joriy  etila  boshladi.  Unga  asoslangan  xolda,  Evropa 

Ittifokining  ekologik  menejment  va  audit  bo’yicha  qo’llanma  (qoidalar  to’plami) 

1993  yilga  kengashida  qabul  qilindi:  1936F93  Ecomanagement  and  audit  scheme 

(EMAS). 


 EMAS talablariga javob beruvchi va asosida muhitni muhofaza qilish bilan 

bog’liq  faoliyatni  doimo  takomillashtirish  hisoblangan  ekologik  boshqarish  tizimi 

o’z ichiga atrof muhitni muhofaza qilish jarayonida davlat nazorati va tartibining 

bir  qismini  o’z  ichiga  oladi.  EMAS  ga  muvofiq  yaratilgan  tizimlarni 

takomillashtirish  ob’ekti  bo’lib  nafaqat  ekologik  boshqarish  tizimi,  balki  tabiatni 

muhofaza  qilish  davlat  nazorati  ham  kiritiladi.  EMAS  talablariga  muvofiq 

yaratilgan  tizimlar  foydalanilayotgan  texnologiyalarga  aniq talablarni qo’yadi. Bu 

tizimlarga  qo’yilgan  qat’iy  talablarndan  biri  bu  korxona  faoliyati,  ishlab 

chiqarilayotgan mahsulotlar, foydalanilayotgan material resurslari haqida jamiyatni 

va  mafaatdor  tomonlarini  har  tomonlama  axborot  bilan  ta’minlash  zarur, 

shuningdek,  korxonaning  ekologik  maqsad  va  vazifalarini  hamda  yillik  umumiy 

faoliyat natijalarini nashr ettirish ta’kidlanadi. 

Ekologik  boshqarish  sohasida  halqaro  standartlarni  ishlab  chiqish 

tug’risidagi qaror – Urugvayda ta’riflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv doirasida 

o’tkazilgan muzokaralarda va 1991 yilda Rio – de – Janeyroda BMT ning tabiatni 

asrash  va  uni  takomillashtirish  bo’yicha  o’tkazilgan  Konferentsiyasida  -  qabul 

qilindi. 

1946  yildan  beri  faoliyat  ko’rsatib  kelayotgan  standartlashtirish  halqaro 

tashkiloti  ISO  –  International  Standard  Organization)  tomonidan  1993  yili 

yaratilagn  «Ekologik  boshqarish»  texnika  komiteti  (ISO  FTC  207)  ekologik 

menejment bo’yicha halqaro standartlarni ishlab chiqishga kirishdi – 14000 seriyali 

ISO  standarti  halqaro  standartni  muhofaza  qilishning  yana  bir  ajoyib 




569 

 

tashabbuslaridan  biri  bo’ldi.  Ularni  yaratishda  asos  bo’lib,  BS  7750  Britaniya 



standarti,  shuningdek,  amalda  mavjud  bo’lgan  mahsulotlar  sifatnni  nazorat  qilish 

tizimlari bo’yicha xhlqaro standart – ISO 9000 standarti hisoblanadilar. ISO 14000 

standarti  o’z  ichiga  quyidagi  yo’nalishlarni  oladi:  ekologya  boshqaruv  tizimi, 

ekologik audit, ekologik xususiyatlarini baholash, hayot tsiklini baholash va atama 

hamda izohlarni o’z ichiga oladi. 

Ekologik  audit  korxonani  atrof  muhit  bilan  bog’liqligini  boshqarish 

mexanizmi  sifatida  XX  asrning  70-  yillarida  AQSh,  Kanada,  Buyuk  Britaniya, 

Germaniya  va  Niderlandiyada  tashkil  topdi  (2.1.12.-4bb).  «ekologik  menejment» 

tushunchasi  «atrof  muhitni  muhofaza  qilish»  yoki  «tabiatdan  foydalanishni 

boshqarish»  iboralari  sifatida  foydalaniladi.  Ekologik  havfsizlikni  ta’minlashda, 

atrof  muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiatdan  foydalanishni  boshqarish  tizimlari 

ostida ekologik  auditning  o’rni va  roli tushunish uchun  «ekologik boshqarish» va 

«ekologik menejment» tushunchalarining umumiy tomonlari va farqlarini aniqlash 

maqsadga muvofiqdir. 

Ekologik  auditning  ob’ekti  –  korxonalarning  atrof  muhitga  va  tabiat 

ob’ektlariga  ta’sir  ko’rsatishi  bilan  bog’liq  xo’jalik  hamda  boshqa  faoliyati, 

shuningdek bunday faoliyatning natijalari bo’lib hisoblanadi. 

Ekologik auditningg predmeti bo’lib quyidagilarni keltirish mumkin; 

-  korxonaning  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiatdan  foydalanish  bilan 

bog’liq faoliyat turlari; 

- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda atrof muhitning holati; 

- atrof muhitni boshqarish tizimining holati; 

-  tabiatni  muhofaza  qilish  qonunchiligi  va  belgilangan  ekologik  talablarga 

rioya qilinish darajasi; 

- korxonada tabiiy resurslardan foydalanish darajasi; 

-  korxonalarda  faoliyat  davomida  yuzaga  kelayotgan  chiqindilarni 

joylashtirish jarayoni; 

-  ekologik  xavfsizlik  bilan  bog’liq  qonungchilik  talablarini  buzilishi 

oqibatida yuzaga keladigan moliyaviy tavakkalchiliklar. 

Ekologik  auditni  o’tkazish  jarayonidi  u  yoki  bu  korxona,  ishlab  chiqarish 

yoki  texnologik  jarayonini  xavflilik  darajasi  bir  qator  omillar  yordamida 

o’rganiladi va ular atrof muhitga ta’siri baholanadi. 

Ekologik audit yo’nalishi bo’yicha Rossiya Federatsiyasida ma’lum darajada 

tajriba  yuzaga  kelgan  bo’lib,  uni  yaratilishiga  xalqaro  audit  bozorida  yuqori 

nufuzga  ega  bo’lgan  “Artur  Andersen”,  “KPMG”,  “Deloyt  end  Tush  “,  “Parays 

Uoterxaus Kupers” va “Ernest end Yang” kabi auditorlik kompaniyalari katta xissa 

qo’shishgan. 

Dissertatsiyada  ekologik  auditni  korxonani  boshqarish  tizimidagi  o’rnini 

aniqlash  uchun  uni  turli  belgilariga  ko’ra  tasniflanishini  ishlab  chiqish  zarurati 

tug’ildi.  Bizning  fikrimizcha  ekologik  auditni  quyidagi  belgilariga  ko’ra 

tasniflanishi amalaga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi; 

Korxona  darajasida  o’tkaziladigan  ekologik  audit  ushbu  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektni tabiiy muhitga ta’sirini o’rganish bilan chegaralansa, mintaqa darajasida 

o’tkaziladigan  ekologik  auditning  maqsadi  esa  ushbu  mintaqada  mavjud  yoki 




570 

 

yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  ekologik  muammolarni  o’rganish,  ularni  oldini 



olish yoki salbiy omillar ta’sirini imkoni boricha kamaytirishdan iborat bo’ladi.  

Mas’uliyat auditi. Mas’uliyat auditining maqsadi sotib olinishi yoki ijaraga 

olinishi  ko’zda  tutilgan  ko’chmas  mulk  bilan  bog’liq  ekologik  majburiyatlarini 

aniqlash hisoblanadi. Bunday majburiyatlar ushbu ko’chmas mulkdan foydalanish 

yoki  tugatish  natijasida  atrof  muxitga  etkazilgan  zarar  oqibatida  hisoblangan 

jarimalar ko’rinishida yuzaga keladi. 

Mos kelishlik auditi. Mos kelishlik nuqtai nazaridan o’tkaziladigan ekologik 

auditning  maqsadi  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  faoliyatiga  davlat  tomonidan 

qo’yilagan  ekologik  talablarga  rioya  qilinishi,  uning  ko’rsatgichlarini  ekologik 

me’yorlarga mos kelishliligi o’rganiladi. 

Ekologik boshqaruv tizimi auditi. Ekologik auditning bu yo’nalishi tekshiruv 

ob’ektida mavjud bo’lgan ekomenejment tizimining zaif bo’g’inlarini aniqlash va 

uni takomillashtirishga mo’ljallangan. 

Investitsion  loyihalar  auditi.  Ekologik  auditning  bu  yo’nalishida  yangi 

qurilish,  mavjud  ishlab  chiqarishlarni  kengaytirish,  rekonstruktsiya  qilish,  texnik 

qayta  qurollantirish,  ta’mirlash  uchun  investitsiyalar  jalb  qilishga  mo’ljallangan 

loyihalarni 

ekologik 

xavfsizlik 

nuqtai 


nazaridan 

o’rganib  chiqishgan 

mo’ljallangan. 

Ekologik  sug’urta  auditi.  Keyingi  yillarda  ekologik  audit  tekshiruvi 

jarayoniga  sug’urta  xodimlarini  jalb  qilish  keng  tus  olmoqda.  Sug’urta  auditining 

asosiy  maqsadi  keyinchalik  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  ekologik  talofatlar 

yoki texnogen holatlar natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazilishi mumkin 

bo’lgan zarani hisoblab uni sug’urta polisi bilan himoyalashaga mo’ljallangan. 

Sertifikatsiya  auditi.  Ekologik  auditning bu  yo’nalishida  davlatning  maxsus 

idoralari  tomonidan  korxona  mahsulotlariga  berilgan  ekologik  sertifikatlarning 

qonuniyligi va asosligini o’rganiladi. 

Moliyaviy  hisobot  auditi.  Moliyaviy  hisobot  auditida  esa  auditor  korxonani 

atrof  muhitini  muhofaza  qilish  bilan  bogliq  bo’lgan  tadbirlarni  amalga  oshirishga 

mo’ljallangan xarajatlar darajasi, ulardan foydalanish samaradorlik ko’rsatgichlari, 

ekolgiya  bilan  bog’liq  bo’lgan  soliqlarni  hisoblanishi  hamda  ularni  moliyaviy 

hisobotda aks ettirish jarayonini o’rganadi. 

Moliyaviy  vositalr  yordamida  tekshiruv  ob’ektida  ekologik  qonunchilikdan 

chetga  chiqishlar,  belgilangan  ekologik  tadbirlarni  to’liq  yoki  butunlay 

o’tkazilmasligi,  tabiiy  resurslardan  foydalanganlik  uchun  belgilangan  soliqlarni 

hisoblamaslik  yoki  noto’g’ri  hisoblash  kabi  yuzaga  kelagan  vaziyatlar  natijasi 

xo’jalik  yuritkvchi  sub’ektga  nisbatan  belgilanishi  mumkin  bo’lgan  moliyaviy 

jarimalar darajasi aniqlanadi. 

Ekologik audit tekshiruvining texnik vositalari tekshiruv ob’ektida ekologik 

vaziyatga  asosli  tarzda  baho  berish  uchun  zarur  hisoblanadi.  Ular  yordamida  er, 

suv  va  havo  xavzasiga  korxona  tomonidan  chiqindilarning,  hamda  ishlab 

chiqarilayotgan  mahsulotning  inson  salomatligi  uchun  xavfsizlik  darajasi 

o’rganiladi.  


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish