Amaliy audit


 Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

 

3. Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi 

Yuridik  va  jismoniy  shaxslar  o`zlariga  hisob-kitob  va  kassa  xizmatlarini 

ko`rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha 

banklarda  milliy  va  xorijiy  valutadagi  talab  qilib  olinguncha  depozit  schyotlar 

hamda depozit schyotlarning boshqa turlarini ochish huquqiga egalar. 

Banklarda  schyotni  ochish  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Banki 

boshqaruvining  2001 

yil  6  -oktyabrdagi  25G`4-son  (1-son)  qarori  bilan 



tasdiqlangan  «O`zbekiston  Respublikasi  banklarida  ochiladigan  bank  schyotlari 

to`g`risida  yo`riqnomaga  (O`zR  AV  29.09.2003  y.  1080-1-son  bilan  ro`yxatga 

olingan  O`zR  MB  Boshqaruvi  qaroriga  muvofiq  o`zgartirishlar  kiritilgan)  asosan 

amalga oshiriladi. 

Ushbu yo`riqnomaga muvofiq, bank (schyoti) schyoti deganda, bank schyoti 

shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (schyot egasi) schyotiga kelib tushgan pul 




320 

 

mablag`larini  qabul  qilish  va  kiritib  qo`yish,  mijozning  schyotidagi  tegishli 



mablag`larni  o`tkazish  va  berish  hamda  schyot  bo`yicha  boshqa  operatsiyalarni 

amalga  oshirish  to`g`risidagi  farmoyishlarni  bajarish  vazifasini  o`z  zimmasiga 

olishi  natijasida  bank  bilan  mijoz  o`rtasida  vujudga  keladigan  munosabatlar 

tushuniladi.  

Bank schyotlari quyidagi turlarga bo`linadi: 

a) talab qilib olinguncha (asosiy va ikkilamchi) depozit schyotlar; 

b) jamg`arma depozit schyotlar; 

v) muddatli depozit schyotlar; 

g)  depozit  schyotlarning  boshqa  turlari  (akkreditivlar  bo`yicha  muddatsiz 

foizsiz depozitlar va shu kabilar); 

d) ssuda schyotlari. 

Mijoz  tomonidan  har  qanday  schyot  ochilayotganda  bank  schyotiga  xizmat 

ko`rsatish  shartnomasi  tuziladi.  Bank  schyoti  shartnomasi  bo`yicha  yuzaga 

keladigan  munosabatlar  Fuqarolik  kodeksi  va  boshqa  qonunchilik  hujjatlari  bilan 

tartibga  solinadi.  Xojalik  yurituvchi  subyektning  birinchi  marta  milliy  valutada 

ochgan  talab  qilib  olinguncha  depozit  schyoti  uning  asosiy  schyoti  hisoblanadi. 

Mijozlar  qonunchilik  asosida  bir  yoki  bir  necha  banklarda  ikkilamchi  talab  qilib 

olinguncha depozit schyotlari ochishlari mumkin. 

Mijozlar  tomonidan  schyotlar  ochish  uchun  bankka  ushbu  Yo`riqnomada 

ko`zda tutilgan zaruriy hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab, banklar ikki bank 

ish kuni mobaynida ularga schyotlar ochishi shart (O`zR AV 29.09.2003 y. 1080-

1-son bilan ro`yxatga olingan O`zR MB Boshqaruvi qarori tahriridagi xat boshi). 

«Auditor bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditini bankdagi milliy va 

chet el valutasidagi pul mablag`lari to`g`risidagi ma'lumotlarni hamda ularga ilova 

qilingan soliq hisobotini tekshirishdan boshlaydi. Bunda dastavval bankda ochilgan 

schyotlar  soni  va  raqami  hamda  qaysi  bankda  ochilganligi  aniqlanadi.  Bu 

ma'lumotlar  auditorga  barcha  schyotlar  bo`yicha  bank  ko`chirmalarini  va  har  bir 

schyot bo`yicha hisob registrlarini tekshirish uchun kerak bo`ladi. 

So`ngra  auditor  korxona  va  bank  o`rtasidagi  o`zaro  munosabatlarning 

yuridik  asoslarini  aniqlaydi,  bank  xizmati  ko`rsatish  to`g`risidagi  shartnomaning 

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi normalariga muvofiqligini tekshiradi. 

Bankdagi  schyotlar  bo`yicha  pul    mablag`lari  kirimi  va  chiqimiga  doir 

muomalalar  bankda  tegishli  dastlabki  hujjatlar  bilan  rasmiylashtiriladi.  Ushbu 

dastlabki  hujjatlarning  shakllari  va  to`ldirish  tartibi  O`zbekiston  Respublikasi 

Markaziy  Banki  yo`riqnomalarida  belgilangan.  Bunday  hujjatlarga  quyidagilar 

kiradi: 


bank ko`chirmalari (bank tomonidan tasdiqlanib ilova qilingan hisob-kitob 

to`lov hujjatlarining shakllari bilan);  

to`lov topshiriqnomasi; 



to`lov talabnomasi; 

to`lov orderi; 



inkassa topshiriqnomasi (farmoyishi); 

hisob-kitob schyotiga naqd pul topshirish uchun ariza; 



valutani majburiy sotish uchun topshiriqnoma; 




321 

 



valuta sotib olish uchun topshiriqnoma; 

rezidentning  sotib  olingan  valutani  so`mga  aylantirish  to`g`risidagi 



farmoyishi va boshqalar;  

bank  hisob-kitob  hujjatlariga  ilova  qilinadigan  va  amalga  oshirilgan 



muomalalarning qonuniyligini asoslovchi dastlabki hujjatlar»

1



Yuqoridagilarga  asoslanib,  auditor  hujjatlarning  to`g`ri  rasmiylashtirilishini 

tekshiradi,  hujjatlarni  arifmetik  tekshiruv  va  bankdagi  schyotlar  bo`yicha  amalga 

oshirilgan muomalalarning qonuniyligini tekshiruvdan o`tkazadi. 

«Bank operatsiyalarini tekshirishda auditor banklarda hisob-kitob va boshqa 

schyotlar  mavjudligi  va  bank  operatsiyalarini  amalga  oshirishda  amaldagi 

qonunchilikka rioya qilinishini tekshiradi. Tekshiruv korxona tomonidan banklarda 

ochilgan  barcha  schyotlar  bo`yicha  amalga  oshiriladi.  Tegishli  schyotlar  bo`yicha 

ko`chirmalarda  qayd  etilgan  mablag`lar  qoldig`i  hisobda  mavjud  bo`lgan 

mablag`lar  qoldig`i  bilan  solishtiriladi.  Ko`chirmalarni  rasmiylashtirilishida 

suiste'molchiliklarni  yashirish  maqsadida  schyotning  debeti  va  krediti  bo`yicha 

oborot  atayin  bir  xil  summaga  kamaytirilishi  mumkin.  Shuning  uchun,  auditor 

bank ko`chirmalariga  muvofiq schyotning debeti va krediti bo`yicha oborot hisob 

registrlaridagi ko`rsatkichlar bilan muvofiqligini tekshirishi lozim»

2



Hisob-kitob  schyotiga  doir  muomalalarni  tekshirish  mobaynida  aniqlangan 

kamchiliklarni  auditor  ish  hujjatlarida  qayd  qilib  boradi  va  auditorlik 

tekshiruvining  mazkur  bo`limi  bo`yicha  tuziladigan  oraliq  dalolatnoma  bilan 

rasmiylashtiradi hamda auditorlik hisobotida aks ettiradi. 




Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish