Amaliy audit


 Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

 

4. Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  xojalik  yurituvchi  subyektlar  nafaqat  milliy 

valutadan,  balki  O`zbekiston  qonunchiligiga  muvofiq,  chet  el  valutasidagi  pul 

mablag`laridan ham foydalanishlari mumkin. 

Xojalik 

subyektlari 

O`zbekiston 

Respublikasi 

Markaziy 

Banki 


boshqaruvining  qarori

3

  bilan  tasdiqlangan  «O`zbekiston    Respublikasi  banklarida 



ochiladigan  bank  schyotlari  to`g`risida»  yo`riqnoma  ga  muvofiq  xorijiy  valutada 

talab  qilib  olinguncha  depozit  schyotlarini  hamda  ikkilamchi  talab  qilib 

olinguncha, jamg`arma, muddatli va boshqa depozit schyotlarning xorijiy va milliy 

valutadagi turlarini ochishi mumkin. 

Mijozlar  tomonidan  xorijiy  valutada  talab  qilib  olinguncha  depozit 

schyotlarini  hamda  ikkilamchi  talab  qilib  olinguncha,  jamg`arma,  muddatli  va 

depozit  schyotlarning  xorijiy  va  boshqa  milliy  valutadagi  turlarini  ochish  uchun 

bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: 

1) tadbirkorlik subyektlari tomonidan: 

a)  schyot ochish to`g`risida ariza; 

b)  davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi; 

v)  imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha.  

                                                 

1

 Do’smuratov R. Audit asoslari. Darslik.-T.: 2003., 207- b. 



2

 Tulaxodjaeva M.M. va boshqalar. Audit. O’quv qo’llanma.-T.: 2004., 66-67 b. 

3

 2001 -yil 6 -oktabrdagi 5/4-son (1-son) qarori. 




322 

 

2)  tadbirkorlik  subyekti  bo`lmagan  rezident  yuridik  shaxslar,  jumladan 



budjet tashkilotlari tomonidan: 

a) schyot ochish to`g`risida ariza; 

b)  soliq  organlari  tomonidan  soliq  to`lovchining  identifikatsiya  raqami 

berilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;  

v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha. 

3) norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan: 

a) schyot ochish to`g`risida ariza; 

b)  agar  qonunchilikda  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo`lmasa,  soliq 

organlari  tomonidan  soliq  to`lovchining  identifikatsiya  raqami  berilganligi 

to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi; 

v) imzo namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha; 

4) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan: 

a) schyot ochish to`g`risida ariza; 

b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) 

taqdim qilinadi. 

Hujjatdagi ma'lumotlar schyot ochish to`g`risidagi arizaga yoziladi. 

Mazkur bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan schyot mavjud bo`lsa, faqat 

schyot ochish to`g`risida (belgilangan shaklda) ariza taqdim qilinadi. 

Sotilgan  mahsulot  (ish,  xizmat)  lar  to`lovi  uchun  quyidagi  xorijiy  valutalar 

qabul qilinishi mumkin: 

- AQSh dollari; 

- Ingliz funt sterlingi; 

- YEVRO; 

- Shveytsariya franki; 

- Yapon ienasi. 

«Xojalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda 

mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotishdan tushumni xorijiy valutada oladilar. 

Chet  eldan  mahsulotni  sotib  olish  ham  xorijiy  valutada  amalga  oshiriladi.  Ushbu 

operatsiyalarni amalga oshirish uchun ular O`zbekiston va chet el banklarida valuta 

schyotlarini  ochadilar.  Xorijiy  valuta  bilan  amalga  oshirilgan  operatsiyalarni  aks 

etish  O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Davlat  Soliq  qo`mitasi  va 

Markaziy  bank  qarori  bilan  tasdiqlangan  va  Adliya  vazirligi  tomonidan  2001-  yil 

16  -noyabrda  1085-son  bilan  ro`yxatga  olingan  «Chet  el  valutasidagi 

operatsiyalarni  buxgalteriya  hisobi,  statistika  va  boshqa  hisobotlarda  aks  ettirish 

tartibi to`g`risida Nizom» bilan tartibga solinadi. 

Valuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi chet el valutasining har bir turi 

(AQSh  dollari,  funt  sterling,  nemis  markasi  va  boshqalar)  bo`yicha  alohida  olib 

boriladi  va  xojalik  operatsiyalari  amalga  oshirilgan  sanasidagi  O`zbekiston 

Respublikasi Markaziy Banki belgilagan kurs bo`yicha «Mamlakat ichidagi valuta 

schyotlari» va «Chet eldagi valuta schyotlari» schyotlarida so`m ekvivalentida aks 

ettiriladi»

1



                                                 

1

 Tulaxodjaeva M.M. va boshqalar. Audit. O’quv qo’llanma.-T.: 2004. 68 b. 



 


323 

 

Bankdagi  valuta  schyotlari  bo`yicha  muomalalarni  tekshirish  mobaynida 



auditor quyidagilarga alohida e'tibor qaratishi lozim (9.2-jadval). 

9.2-jadval 

Valuta schyoti bo`yicha muomalalarni tekshirishdagi auditorlik muolajalari 

 

№ 



Auditorlik muolajalari 

1.  Joriy valuta muomalalari va kapitalning harakati bilan bog`liq valuta muomalalari huquqiy 

rejimiga rioya qilinishini tekshirish 

2.  Valuta  muomalalarini  amalga  oshirish  uchun  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy 

Bankining litsenziyasiga ega bo`lgan, vakolatli banklar orqali valuta muomalalarini amalga 

oshirishni tekshirish 

3.  Vakolatli  banklarda  ayrim  valuta  muomalalarini  amalga  oshirish  uchun  O`zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  Banki  tomonidan  beriladigan  ruxsatnomalar  va  litsenziyalarning 

mavjudligini tekshirish. 

4.  Yuridik shaxs-rezidentlar tomonidan ular ixtiyorida mavjud bo`lgan, legal kelib chiqishga 

ega  valuta  mablag`lari  chegarasida  chet  el  valutasidagi  hisob-kitoblarni  amalga 

oshirilganligini tekshirish 

 

Valuta  schyotlari  bo`yicha  muomalalarni  auditorlik  tekshiruvidan  o`tkazish 



bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham har bir valuta schyoti bo`yicha 

amalga oshiriladi. 

Bunda shuni e'tiborga olish kerakki, agar O`zbekiston korxonasining xorijiy 

bankda,  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Banki  litsenziyasi  bo`yicha  ochilgan 

schyoti  bo`lsa,  bu  litsenziya  unga  valuta  tushumini  qabul  qilish  uchun  asos  bo`la 

olmaydi.  Shuning  uchun  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Bankida  xorijiy 

bankdagi  schyotga  valutani  har  bir  kirimi  uchun  maxsus  ruxsatnoma  bo`lishi 

lozim. 


Audit  jarayonida,  rezident  bo`lib  hisoblangan,  eksport  qiluvchi  tashkilotlar 

valuta  tushumi  qabul  qilinishining  to`liqligi  va  to`g`piligini  tekshirishda,  auditor 

vakolatli  banklardagi  ularning  valuta  schyotlari  bo`yicha  quyidagilarni  aniqlashi 

kerak: 


-  tashkilot  valuta  tushumini  chet  ellik  hamkorining  reklamatsiyasini 

qoniqtirish  hisobiga  jarima  to`lash  yoki  zararlarni  qoplash,  ya'ni  o`zaro  talablarni 

hisobga olish to`g`risidagi talablarni; 

-  eksport  kontraktlari  kabi,  import  kontraktlarini  bajarish  mobaynida  ham 

o`zaro qarz surishish hollariga yo`l qo`yilmaganligi; 

-  O`zbekiston  Respublikasiga  o`tkazilishi  lozim  bo`lgan  va  xorijdagi 

rezidentning  ixtiyoriga  yoki  mulki  qatoriga  o`tgan  tushumdan  to`lovlar  amalga 

oshirilmaganligini. 




Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish