Amaliy audit


 Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo`yicha hisob-



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

7. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo`yicha hisob-

kitoblar auditi 

Kreditlarni  berish  va  qoplash  bilan  bog`liq  bo`lgan  barcha  masalalar  bank 

qoidalari  va  qarz  oluvchi  korxona  hamda  bank  bilan  shartnomaviy  asosida 

tuziladigan  kredit  shartnomalari  bilan  tartibga  solinadi.  Unda  kreditlash  obyekti, 

kreditni  berish  va  qoplash  muddatlari,  foiz  stavkalari,  kreditdan  foydalanganligi 

uchun  foizlarni  hisoblash  va  to`lash  tartibi,  majburiyatlarni  ta'minlash  shakllari, 

kreditni  berish  va  qoplash  yuzasidan  tomonlar  huquqlari  va  majburiyatlari, 

hujjatlar ro`yxati va ularni bankka taqdim etish muddatlari va boshqa turli shartlar 

ko`zda tutiladi. 

Bank kreditlari va qarzlar bo`yicha hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan 

o`tkazish  uchun  ma'lumot  manbalar  quyidagilardan  iborat:  kredit  shartnomalari, 

kredit va qarzlaridan foydalanganligi uchun foizlar to`lash bo`yicha hisob-kitoblar, 

to`lov  hujjatlari  ilova  qilingan bank  ko`chirmalari, 3-sonli  jurnal-order va sintetik 

va  tahliliy  hisoblarning  boshqa  registrlari,  Bosh  kitob,  balans,  moliyaviy  natijalar 

to`g`risidagi hisobot va hokazolar. 

Bank  kreditlari  va  qarzlar  hisobini  auditorlik  tekshiruvidan  o`tkazishdan 

maqsad korxonaning olingan kreditlar va boshqa qarz mablag`larini aks ettiruvchi 

hisobot  ko`rsatkichlarining  ishonchliligi  to`g`risida  yetarli  dalil-isbotlarga  ega 

bo`lishdan iborat. 

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilar tekshirilishi kerak: 

- kredit va qarzlarning haqqoniyligi hamda hujjatlashtirilganligi; 

-  kredit  va  qarzlar  olinishining  asoslanganligini  aniqlash  (qarz 

mablag`larining olingan manbalari); 

-  qarz  mablag`lardan  maqsadli  foydalanish  va  ularni  to`liq  hamda  o`z 

vaqtida qaytarish (qarz mablag`lari qaysi maqsadlar uchun ishlatilgan, kreditlar va 

qarzlar bo`yicha qarzdorlik qanday qaytarilmoqda, muddati uzaytirilgan qarzdorlik 

mavjudligi); 

- qaytarilmagan kredit va qarzlarning qoldiqlari hamda ular bo`yicha foizlar 

to`lanishini baholash; 

-  kredit  va  qarzlar  bo`yicha  sintetik  hamda  analitik  hisobning  yuritilishini 

tekshirish  (kredit  va  qarzlarni  hisobga  oladigan  schyotlarning  qo`llanilishi,  qarz  

mablag`larini  olish  va  qaytarish  muomalalarini  aks  ettirish,  moliyaviy  natijalarni 

shakllantirish tamoyillariga rioya qilinishi). 

Auditorlik  dalil  (isbot)  larga  ega  bo`lish  uchun  turli  usullar  (hujjatlarni 

tekshirish, muomalalarni ko`pib chiqish, o`z  mablag`lari bilan qarz mablag`larning 



247 

 

nisbatini aniqlash maqsadida analitik amallarni bajarish) va axborot manbalaridan 



foydalaniladi. 

Bank  kreditlari  va  qarzlarni  auditorlik  tekshiruvidan  o`tkazishda  quyidagi 

ma'lumot manbalaridan foydalaniladi: 

- bank kreditlari va qarz olish masalalarini, buxgalteriya hisobini va soliqqa 

tortish muomalalarini tartibga soladigan me'yoriy hujjatlar; 

-  bank  kreditlari  va  qarzlar  bo`yicha  muomalalarni  rasmiylashtirish  va 

hisobda  aks  ettirishga  doir  shartnomalar  va  dastlabki  hujjatlar  (kredit  va  qarz 

shartnomalari,  kreditlar  bo`yicha  foiz  stavkalarining  o`zgarishi  to`g`risida  kredit 

shartnomalariga  qo`shimcha  qilinadigan  bitimlar,  kreditni  qaytarish  muddatlari, 

kredit shartnomalarining boshqa shartlari); 

- kredit shartnomasiga muvofiq qaytariladigan kredit va foiz summalarining 

akseptsiz (roziliksiz) hisobdan o`chirilishini tasdiqlaydigan memorial-orderlar. 

Yuqorida  ko`rsatilgan  muomalalarni  hisobda  aks  ettirishga  doir  sintetik  va 

analitik  hisob  registrlari  hamda  buxgalteriya  hisobotlari  puxta  tekshiruvdan 

o`tkaziladi.  Mazkur  sohani  tekshirish  uchun  zarur  axborotlar  moliyaviy 

hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi (7.3-jadval): 

 

7.3-jadval 




Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish